1 jamoatchilik kengashi: Turg‘unpo‘lat daminov


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana03.08.2017
Hajmi0.5 Mb.
#12676
1   2   3   4   5   6

SIM-SIM

7


8

laridan “Andijon polkasi”, rus

xalq musiqasi “ ïîëå áåðåçà

ñòîÿëî”,  O‘zbekiston  kom-

pozitorlari  ijodidan  V.Ro‘-

zimatovaning  “Buvijon”,

A.Ikromovning  “Bog‘cha

opam”,  N.Norxodjayevning

“Navro‘zim  sho‘x  sozim”,

V.Motsartning  “Alegretto”  va

boshqa  asarlar  o‘rin  olgan.

O‘zbekiston  Respublikasi

xalq  cholg‘u  ansambllari  fao-

liyati  xususida  O‘zbekiston

Respublikasi  xalq  ta’limi  a’lo-

chisi,  professor,  “Sug‘di-

yona”  milliy  cholg‘u  kamer

orkestri  rahbari  Feruza  Abdu-

rahimova  fikr  bildirar  ekan:

“Anvar  Liviyevning  o‘quv

qo‘llanmalari  nafaqat  ilk  bor

nashrdan  chiqqan  sohaga  oid

qo‘llanma,  balki  bolajonlarga

kuyni  o‘zlashtirish  barobarida

nota  savodidan  saboq  beradi.

Muallifning  bolalar  uchun

musiqiy  tarbiya  metodik  qo‘l-

lanmasi  yordamida  jajjigina

bolajonlar  dutor,  rubob,  soz,

doira, nog‘ora, kabi xalq chol-

g‘ularida  kuylar  ijro  etishdi.

Bolalar qisqa ikki yil davomida

notani  tushunib,  ansamblda

musiqa  chalishni  o‘rganib

oldilar”,  —  deb  aytdi.

Ma’lumki,  bolalik  davrida

musiqa savodini olish, kelajakda

har  qanday  sohani  o‘zlash-

tirishda,  estetik  didli,  komil

shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida

samarali vositadir. Ammo ko‘p

sonli  bolalar  musiqa  jamoa-

larida  yangilangan  xalq  chol-

g‘ularidagi  ijro  ta’limi  deyarli

mavjud emas. Ba’zi  musiqa ja-

moalarda esa faqatgina notadan

saboq  berilmoqda,  bunday

ta’lim o‘zida ilmiy asos va aniq

tizimni aks ettirmaydi. Ansambl

va orkestrlarning ba’zi rahbar-

lari malaka va tajribaga ega bo‘l-

magan  musiqachilar  bo‘lib,

natijada  ko‘p  sonli  maktabga-

cha ta’lim, maktab va maktab-

dan  tashqari  ta’lim  muassasa-

laridagi musiqa darslari og‘zaki

an’anaviy  musiqalarni  eshit-

gan  holda  yod  olib,  ijro  etish

bilan  chegaralanmoqda.

Bolalar  va  o‘quvchilarga

cholg‘ularda  nota  yordamida

ijro  etishni  o‘rgatish  uchun

ma’lum  sharoit  talab  etiladi,

xususan,  ko‘p  sonli  ansambl

va  orkestrlar  yaratish,  tarkib-

dagi  har  bir  ijrochi  uchun

alohida  yuqori  sifatli  musiqiy

hamda  torli  cholg‘ular  taqdim

etilishi; maktabgacha ta’lim va

maktab ansambli va orkestrlari

tashkiloti  tomonidan  metodik

qo‘llanmalarni  nashr  etish;

ushbu  ansambl  va  orkestr-

larning  malakali  mutaxas-

sislarini  har  tomonlama  qo‘l-

lab-quvvatlash;  musiqiy  ja-

moalar  ta’lim  jarayonlarini

olib  borishlari  uchun  yaxshi

sharoit  yaratib  berish;  mak-

tabgacha  ta’lim  va  maktab-

larning  eng  yaxshi  musiqa

jamoalari  faoliyatini  televi-

deniye,  radio  va  OAV  hamda

ko‘rik  tanlov,  festivallarda

targ‘ib  qilish;  eng  yaxshi

musiqa  jamoalari  ishtirok-

chilari  va  rahbarlarini  rag‘-

batlantirish.

Ushbu  maqsadlar  maktab

va  maktabdan  tashqari  ta’lim

muassasalari  uchun  yuqori

malakali  musiqa  xodimlari  va

o‘qituvchilarni jalb etish bilan

amalga  oshiriladi.  Ular  turli

tarkibdagi  jamoa  uchun  ixti-

soslashgan  darslar  olib  borib,

musiqa  san’atiga  oid  mavzu-

larda  ma’ruzalar  o‘qiy  olish-

lari  lozim.  Bu  vazifa  muta-

xassisdan  musiqiy  adabiyot-

larni mukammal bilishni, o‘z-

bek va jahon musiqasidan chu-

qur  xabardor  bo‘lishni,  shu-

ningdek,  xalq  cholg‘u  an-

sambl va orkestrlari tarkibining

ijro  imkoniyatlarini  tushunish

va ular bilan ishlashda malakaga

ega bo‘lishini talab etadi.

Ko‘zlangan  maqsadlarning

amalga oshishi, mavjud yutuq-

larning  mustahkamlanishi,

yosh  avlodning  estetik  kamol

topishida  muhim  omillardan

bo‘lib  xizmat  qiladi.

Anvar LIVIYEV,

O‘zbekistonda xizmat

ko‘rsatgan madaniyat xodimi

SIM-SIM

8


9

Tarixda o‘tgan buyuk  tibbiyot

olimlari  avvalo,  buyuk  faylasuflar

bo‘lishgan.  Ular    tabiatni,  uning

bo‘lagi  bo‘lmish  insonni  bir  bu-

tunlikda  ekanligini  sezib,  yara-

lishning  asosiy  mantig‘idan  xa-

bardor  bo‘lganlar.  Falsafa  ilmini

o‘rgangan    shifokor,  bemorni  na-

faqat  dori-yu  darmon  bilan,  balki

ishontirish orqali sog‘aytira  oladi.

Darvoqe, jonga oro kiruvchi tibbiyot

ahlini  san’atkorga  iqtibos  etish

mumkin.  Gorgiy  nomli  yunon

faylasufini  ta’kidlashicha:  “San’at

odamlarni boshqa hunarlardan ko‘ra

ko‘proq  ishontiradi”.  Har  ezgu

natijaning  boshlanmasi  ishonch

ekan,  bemorning  sog‘ayishiga

mustahkam ishonch uyg‘otayotgan

shifokor,  bir  vaqtning  o‘zida  ham

faylasuf, ham san’atkordir.

Bugunda  tibbiyotning  hali

insonga ma’lum bo‘lmagan sirlari,

mo‘jizalari  kashf  etilmoqda.

Ishonch orqali ruhiyat va ong osti

imkoniyatlaridan  foydalanilib,

ruhiy,  onkologik,  insult,  infarkt,

yurak kasalliklari, arterial bosim va

turli    kasalliklar  bilan  og‘rigan

bemorlar shifokor tavsiyalari bilan

davo topmoqdalar.

Tanadagi har bir tirik a’zo qal-

bimizdagi  hissiyot,  ongimizda

tug‘ilayotgan fikrlardan xabardordir.

Agar  bemor  o‘z  kasalligini  yengib

o‘tishi haqida ishonch bilan, og‘rigan

a’zosiga  “men  shifo  topaman”,

“kasallikni  yengishga  kuchim

yetadi”,  “kun  sayin  sog‘ligim

tiklanib  bormoqda”  deb  fikran

buyruq bersa,  qisqa muddat ichida,

albatta  kutilgan  natija  namoyon

bo‘ladi.  Olam  botiniy  va  zohiriy

tushunchalardan  tashkil  topgan.

Hayotimizning  90  foizini  botiniy,

ya’ni nomoddiy tushunchalar bosh-

qarar ekan. Fikrimizda tan olingan

botiniy haqiqat esa moddiy ko‘rinish

kasb eta boshlaydi. Inson ruhi ham

xuddi  organizm  kabi  bemorlikka

uchraydi. Ruh kasalligiga ongimizda

paydo  bo‘luvchi  salbiy  fikrlar,

ishonchsizlik, kechira olmaslik kabi

holatlar olib kelar ekan. Shifokorlar

“Barcha  kasalliklar  sababi  kechira

olmaslikdir”  —  deb  ta’kidlashadi.

Insonlarni  kechiring,  ularni  kam-

chiliklari bilan seving. Kelisholmay

yurgan  do‘stlaringiz,  tanishlarin-

gizdan kechirim so‘rang, muloyim

muomalani  yo‘lga  qo‘ying.  Inson

atrofdagilari, o‘zi va hayoti  haqidagi

salbiy fikr va hislaridan forig‘ bo‘lib,

“men sog‘man”, “men baxtliman”,

“maqsadlarimga albatta erishaman”

— deya ishonch ila takrorlashi zarur.

Tananing  har  bir  a’zosi  ushbu

fikrlar bilan oziqlanadi, tasavvur esa

moddiy ko‘rinish kasb eta boshlaydi.

Ushbu  davolash  metodi  orqali

mo‘jizakor  mahorati  bilan  olamga

mashhur  doktor  Karl  Simonton

saraton  kasalliklarini  davolash

markazida 1000 dan ziyod bemorlarni

sog‘lom  hayotga  qaytardi.  Uning

Martin Bofman ismli bemori shular

qatoriga kirib, 34 yoshida orqa miya

saratoni kasalligiga chalingani haqidagi

tashxisni oladi. U hech umidsizlikka

tushmay, hayoti va  sog‘ligi  uchun

kurashishga qaror qiladi.

Har  kuni  2  bora  15  daqiqa

davomida fikran o‘zining tanasi hamda

kasalligini  ko‘z  oldiga  keltirib,

saratonning kichrayib borayotganini

tasavvur etadi.  Bemor ushbu jara-

yonni butun tanasi ila his etadi. U

har  kuni  sog‘ayishining  ulkan

imkoniyatlari haqida ishonch bilan

o‘ylay boshlaydi. Uning aytishicha:

“Men ongimga tanovvul etayotgan

taomim sog‘ligimni tiklaydi, tanamni

kuch-qudrat  bilan  to‘ldiradi,  deb

singdira  boshladim.  Meni  yaxshi

ko‘ruvchi insonlarni esladim. Negaki,

sevgi  sog‘ayish  jarayonini  kuchay-

tiruvchi hissiyotdir”.

Shubhasiz, tirik tanamiz mo‘-

jizakor shifokor misoli, uning im-

koniyatlariga  qat’iy  ishonishimiz

darkor. Har sahar yorqin shafaqni

kuzatganingizda,  ko‘zingizni  asta

yuming  va  tabiat  bilan  ruhan

suhbatga kiring. Organizmingizning

har bir zarrasini  muzdek va mu-

saffo tong shamolidan, ilk quyosh

zarrasidan  orom  olayotganini,

tanangizning kuch qudratga to‘lib

borayotganini  tasavvur  eting.

Ko‘nglingizdagi g‘uborlarni, salbiy

xotiralarni tong shamoli uzoqlarga

uchirib  ketayotganini  his  eting.

Kechirimli bo‘ling, toki qalbingiz

ko‘rinmas tugunlardan forig‘ bo‘l-

sin. Axir, inson sog‘lik, muhabbat

va baxt uchun yaralgan! Buni his

etish  uchun  o‘zingizga  imkon

bering.

Dilafruz  IMOMOVA



SHIFOBAXSHLIGI

San’at — zamin qalbidir.  Insonning umrini  ham

bir hikoya, rang tasvir asari yoki go‘zal kuyga

qiyoslash  mumkin.  Har  kim    o‘z  asarining  bosh

qahramoni.  Ne  ajabki,    borliqning  har  zarrasi

san’at  bilan  yo‘g‘rilgan.  Biron  kasbning  eng  mohir

ustasini  ham  san’atkor  deymiz.  Ammo,  insonlar

dardiga  malham  beruvchi,  davo  ulashuvchi

shifokorlar  faoliyati  oliy  san’at  yanglig‘dir.

TIBBIYOT SAN’ATINING

TIBBIYOT SAN’ATINING

TIBBIYOT SAN’ATINING

TIBBIYOT SAN’ATINING

TIBBIYOT SAN’ATINING



SOG‘LOM  OILA

9

2  «Sog‘lom  avlod  uchun»,  2012-yil,  6-son.



10

Samimiyat  inson  xarakteridagi

ana shunday go‘zal sifatlardan biri

bo‘lib,  u  insonning  beg‘uborligini,

beg‘arazligini ko‘rsatadi.

Fransuz  faylasufi Deni  Didro

yozganidek,  “samimiylik  —  haqi-

qatning  joni  va  halol  odamning

belgisidir”.  Ulug‘  kishilar  hayotiga

nazar  tashlar  ekanmiz,  ular  na-

qadar  oddiy  va  samimiy,  halol  va

kamtar bo‘lganlarini bilib olamiz.

Samimiy  kishi  o‘z  xatti-hara-

katiga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi,

xatolaridan tegishli xulosa chiqarishga

harakat qiladi, vijdon amriga bo‘y-

sunib yashaydi. Hamma ham aybini

bo‘yniga olmaydi, olgisi kelib tursa

ham, bo‘yni yor bermaydi:  biron

bir sharoitga yoxud biron bir kimsaga

to‘nkashga urinadi. Faqat samimiy,

mard kishilargina  xato va kamchilik-

larini tan olib, vijdonan ish qiladilar.

Xato qilmaydigan inson bo‘lmaydi.

Lekin ana shu xatoni takrorlamaslik

kerak.  Alisher  Navoiy  bu  haqda

shunday  degan:  “Sahvi  xato

bashariyat lozimidir. Xato va sahvin

anglab  mutanabbih  bo‘lg‘on

saodatmand odamiydir”.

Yaxshilik qilish shunday yuk-

sak,  olijanob  fazilatki,  unga  zar-

racha g‘araz aralashmasligi zarur.

Birovga yaxshilik qilaman dey-

digan odam iltimos-u iltijolarni kutib

INSON  ZIYNATI

SAMIMIYLIK  —

Tarbiya  tufayli

shakllangan  yaxshi

fazilatlarimiz  bizni  inson

sifatida  yuksaltiradi,

jamiyatda  o‘z  munosib

o‘rnimizni  topishimizda

ko‘mak  beradi.

OSMON  TO‘LA  YULDUZ

o‘tirmaydi. Shunday qilmoq kerakki,

yor-birodarlaringiz yordamga muh-

tojligini  bildingiz,  o‘ziga  bildir-

masdan  uning  hojatini  chiqaring.

Shunda  u    bir  umr  sizdan  min-

natdor bo‘lib yuradi. Bunday yax-

shilikni samimiylik deydilar.

Samimiyat  to‘g‘rilik  va  haq-

go‘ylik bilan uzviy bog‘liq.

To‘g‘rilik  vijdonlilik  belgisi

bo‘lib,  halol  va  samimiy  odam-

largina ana shu fazilatga ega bo‘la oladi.

Mutafakkirlardan  biri  aytganidek,

“halol odam uchun eng og‘ir haqo-

rat uni nohaqlikda gumon qilishdir”.

Shuning uchun ham bolani nohaq-

dan urushsangiz, u yig‘lab yubora-

di. Halol odamlar doimo haqiqat-

go‘y bo‘ladilar va shunga intiladilar.

O‘z davrida Abu Rayhon Beruniy

bunday degan: “Haqiqatni bilmoq

uchun avvalo o‘z qalbingni ko‘p-

chilik kishilarni yo‘ldan ozdiruvchi

xususiyatlardan va odamni haqiqat

oldida ko‘r qilib qo‘yuvchi sabab-

lardan tozalab olmog‘ing lozim”.

Sofdil, haqgo‘y odamning so‘zi

bilan  ishi  bir  bo‘lib,  uning  hayot

yo‘li har doim to‘g‘ri va ravondir.

Bunday kishi uchun haqiqat qan-

chalik achchiq bo‘lsa ham, u hamma

narsadan yuqori. U haqiqatni o‘ziga

topshirilgan  vazifani  adolatli  hal

qilishda, kishilar o‘rtasidagi ishonch-

ga putur yetkazmaslikda, deb biladi.

Nohaqlik, vijdonsizlik, yolg‘onchilik

kabi qusurlarni, ular kichik yoki katta

bo‘lishidan qat’i nazar, keltirib chi-

qaradigan sabablarni aniqlash, kishi-

larni ularga nafrat ruhida tarbiyalash

va nihoyat jamiyat hayotidan butkul

yo‘qotib  tashlash  —  har  bir  kishi

uchun qonun bo‘lib qolmog‘i zarur.

Bu juda muhimdir, chunki aldash

va nohaqlik  shunday yaramas illatki,

u jamiyatga juda katta zarar keltiradi,

eng  avvalo,  kishilar  o‘rtasida

ishonchsizlik tug‘diradi.

Shunday  kishilar  borki,  ular

haqida  “bir  so‘zli”,  “va’dasiga

vafodor”, “aytdimi — qiladi” deb

baho  beradilar.  Demak,  bunday

odamga  ishonish  mumkin.  Siz

do‘stingizga biron gapni telefonda

aytib qo‘yishni va’da bergandingiz,

lekin ish bilan bo‘lib, yodingizdan

ko‘tarilib qoldi. Keyinchalik esingizga

tushsa-yu qo‘l siltasangiz, juda no-

to‘g‘ri ish qilgan bo‘lasiz. Va’da ber-

dingizmi,  muhim  yoki  nomuhim

bo‘lishidan  qat’i  nazar,  uni  baja-

rishingiz shart. Biz ko‘pincha ana

shunday  ishlarni  mayda-chuyda

narsalar deb, ularga katta ahamiyat

bermay,  bir-birimizni  kechirib

o‘tamiz.  Natijada  o‘zaro  muno-

sabatdagi  bu  ehtiyotsizligimiz

odatga  aylanib,  turmushimizga

subutsizlik oralab qoladi.

Ayrimlar “Axir bunday mayda-

chuydalar  munosabatlarga  rahna

solmaydi-ku”,  deb  o‘ylaydilar.

Bunday o‘ylash jiddiy xatodir. Axir,

mayda xatolarimiz asta-sekin katta

xatolarga  aylanadi.  Bugun  oddiy

va’dangizni  bajarmasangiz,  ertaga

ishlab  chiqarish  rejasini  bajarishni

unutsangiz, do‘stlaringiz, hamkasb-

laringiz,  bola-chaqalaringiz  oldida

asta-sekin obro‘yingiz ketadi. Oxir-

oqibatda odamlar nazaridan qolasiz.

Bir so‘zli odam bo‘lish mum-

kinmi? Bu yerda aniq bir narsa deyish,

tayyor  andoza  berish  ancha  qiyin.

Biroq shunday xarakterga ega bo‘lish

uchun odam o‘z-o‘zini tarbiyalashi

kerak. Ya’ni, bir so‘z aytishdan avval

o‘n bora o‘ylab, keyin pushaymon

bo‘lib  qolmaslik  uchun  qaroringiz

to‘g‘riligiga  ishonch  hosil  qilmo-

g‘ingiz  lozim.  Shundagina  aytgan

gapingizning  ustidan  chiqishingiz

oson bo‘ladi.

Uddaburon, puxta, saranjom-

sarishta  kishi  intizomli  bo‘ladi.

Kishining  intizomliligi  mehnat

10


11

jarayonidagina emas, kishilar bilan

munosabatda ham namoyon bo‘ladi.

Har bir ishda intizomlilik, saran-

jomlik zarur bo‘lib, tartibsizlik esa

beburdlik hisoblanadi.

Afsuski, ayrim kishilar jamiyat

tomonidan o‘rnatilgan tartib-qoida-

larga  amal  qilmaydilar.  Shunday

hollar  uchrab  turadiki,  ma’lum

vaqtga  belgilangan  yig‘ilishlar  o‘z

vaqtida  boshlanmaydi.  Oramizda

yig‘ilishga o‘z vaqtida kelishni o‘ziga

ravo ko‘rmaydigan, kechikishni ayb

deb bilmaydigan kishilar ham bor.

Yig‘ilishlarni o‘z vaqtida boshlamay-

digan  rahbarlar  ham  bor.  “Bosh-

liqlar kechikmaydilar, biroq ushla-

nib qoladilar”, deb o‘zimizni ovu-

tib, bundaylarga chidab kelamiz. Inti-

zomsiz kishi o‘zgalar vaqtiga xiyonat

qilibgina qolmasdan, ishlab chiqa-

rishga jiddiy zarar keltiradi.

Masalan,  O‘zbekiston  Yozuv-

chilar uyushmasi raisi bo‘lgan mash-

hur bir yozuvchi birgal soat 5 ga maj-

lis  chaqiradi.  Taklif  qilinganlar  bir

soat kechikib keladilar. Bu payt rais

bilan  kotiba  kun  tartibidagi  masa-

lalarni muhokama qilib o‘tirishardi.

Hamma joy-joyiga o‘tirgach, rais jid-

diy tarzda “Shunday qilib, uchinchi

masalaga o‘tamiz”, deya so‘z boshlay-

di. Bu vaziyat yozuvchilarga shunchalik

ta’sir qilibdiki, ular shundan keyin

yig‘ilishga  kechikmay  keladigan

bo‘lishibdi. Zotan, intizomlilik aniq-

likda zohir bo‘ladi. Intizomlilik — ja-

miyatimizda qabul qilingan tartib va

qoidalarni  bajarish,  o‘zining  xulq-

atvori, xatti-harakati uchun jamiyat

oldida, o‘rtoqlari oldida, vijdoni oldi-

da javobgarlikni seza bilish, demakdir.

Insonga husn bag‘ishlaydigan yana

bir fazilat — ozodalik, pokizalikdir.

Ozodalik  va  pokizalik  zarurligini

hamma yaxshi biladi. Lekin unga amal

qilishga kelganda, hamma bir xil emas:

ba’zilar tamaki qoldiqlarini, tramvay

chiptalarini,   konfet  qog‘ozlarini

duch kelgan joyga tashlayveradi. Bunga

arzimagan  “mayda-chuyda”  deb

qaraydi yoki supuradigan farroshlar

bor-ku, deb o‘ylaydi.

Faqat  o‘z  uyida  emas,  balki

ishxonada,  ko‘cha-ko‘yda,  ido-

rada,  istirohat  bog‘larida,  kino-

teatrda — hamma joyda ozodalikni

saqlash har bir madaniyatli kishi-

ning  vazifasidir.  Ish  joyini  sa-

ranjom-sarishta saqlaydigan, asbob-

uskunalarni joy-joyiga qulay joy-

lashtiradigan, tartib bilan puxta ish

yuritadigan  kishilargina  vaqtdan

unumli foydalana oladilar. Darha-

qiqat ish jarayonini to‘g‘ri tashkil

qilish  muvaffaqiyat  garovidir.

Shunday ishlash lozimki, biron bir

harakat ham bekorga ketmasin.

Korxonalarda,  muassasa  va

tashkilotlarda xodim qanday ishla-

yotganiga  e’tibor  beriladi-yu,  lekin

shu xodim qanday kiyinganiga, uning

ish joyiga, qanday sharoitda mehnat

qilayotganiga  yetarli  ahamiyat

berilmaydi. Binobarin, yuksak mehnat

madaniyati uchun kurash ana shu

oddiy  narsalardan  boshlanadi.

Ozodalik va tartib bo‘lmagan joyda ish

sifatidan  putur  ketadi,  ish  unumi

kamayadi,  texnologiya  intizomini

buzish hollari vujudga  keladi.

Odamgarchilik — kishidagi eng

yaxshi fazilatlardan biri. Bu, avvalo,

o‘zgalarga hurmat bilan qaramoq,

o‘zgalar fikrini tushunmoq va uni

hisobga  olmoq,  har  bir  kishiga

uning  individual  xususiyatlarini

hisobga  olib,  shunga  yarasha

muomala qila bilmoq, demakdir.

Hamkasbingiz,  do‘stingiz,  o‘r-

tog‘ingiz noto‘g‘ri ish qilib qo‘ydi,

xatti-harakati,  xulq-atvori  sizga

yoqmayapti, deylik. Lekin buni yotig‘i

bilan aytish lozim. Zero yotig‘i bilan

aytilmagan  gap  ko‘pchilikka  og‘ir

botadi.  Shirinso‘zlik  bilan  aytilgan

dashnom, nasihatlar kishida e’tiroz

tug‘dirmaydi,  balki  unda  o‘ziga

tanqidiy ko‘z bilan qarashi hamda

o‘zining xulq-atvor va xatti-harakatini

o‘zi  to‘g‘ri  baholab  olishi  uchun

imkon tug‘diradi.

Odamiylik  yana  o‘z-o‘zini

nazorat  qila  bilishda  namoyon

bo‘ladi. Qo‘rs va jahldor kishigina

o‘zini  ham,  tevarak-atrofdagi

insonlarni ham tahqirlaydi, qildan

qiyiq  qidirib,  o‘zgalarga  zarda

qiladi,  achchiqlanadi,  g‘azab-

lanadi,  jahl  ustida  boshqalarni

koyiydi,  sirkasi  suv  ko‘tarmay,

odamlarning dilini xufton qiladi.

Inson samimiylik, to‘g‘rilik, bir

so‘zlilik, aniq va puxtalik, intizom-

lilik va saranjom-sarishtalik, ozodalik

kabi  fazilatlarni  tabiiy  ehtiyoj,

kundalik  odat  qilib  o‘zida  shakl-

lantirsa,  bunday  kishi  o‘zi  uchun

ham, jamiyat uchun ham katta foyda

keltiradi.  Mamlakatimiz  ham

tarbiyali, bilimli, yaxshi fazilatga ega

insonlar tufayli ravnaq topib boradi.

Muhammadjon  ZARIPOV,

TDPU  professori

OSMON  TO‘LA  YULDUZ

11


1212

IBN  SINO  DARSXONASI

—  Rustam  Hakimovich,  siz

fizik olimsiz, tibbiyotga oid kasal-

liklarni  davolashingizning  siri

nimada?

— Odatda fanlar kimyo, fizika,

biologiya,  tibbiyot  va  shu  kabi

sohalarga shartli ravishda bo‘linadi.

Garchi hayot mexanizmlari shartli

tarzda  bo‘lib  tashlansa-da,  tabiat

o‘zining barcha qonunlaridan bir-

varakay  foydalanaveradi.  Hodisa-

larning, ayniqsa, hayot kabi murak-

kab  jarayonning  asl  sabablarini

o‘rganish  uchun  mana  bu  qismi

biologiya  yoki  fizikaga,  boshqasi

tibbiyot yoki fiziologiyaga taalluqli

demay, muammoga har taraflama

yondashish zarur. Faqat shundagina

turli kasalliklar, ayniqsa, onkologik,

virusli, qon tomirlariga oid, diabet,

shizofreniya va boshqalar bilan kura-

shish muammolarini muvaffaqiyatli

hal etish mumkin. Inson hamma

narsani mukammal darajada keng va

chuqur bila olmasligi bois, o‘ziga o‘zi

ko‘p savol beradi. Bizningcha, turli

soha olimlarining birgalikdagi hara-

katlarigina inson salomatligining eng

murakkab muammolarini hal etish

imkonini beradi.

An’anaga ko‘ra, bu muammo-

larning barchasi tibbiyot xodimlari

shug‘ullanadigan soha hisoblanadi.

Biroq atrofga bir qarang. Siz rent-

gen qurilmasini, UZI, komputer

tomografiyasi, kardiograf mutaxas-

sislarini ko‘rasiz... Hammasini sanab

adog‘iga yetolmaysiz! Hatto do-

rilarni  ham  tibbiyot  xodimlari

emas,  kimyogarlar  yaratadi.

Boshqacha  aytganda,  uslublar,

jihozlar,  dorilarni  shifokorlar

emas, turli mutaxassislar yaratadi.

Tibbiyot  xodimlari  muammoni

qo‘yib, o‘z bilim va tajribalaridan

foydalangan holda uni eng so‘nggi

bosqichda hal etadilar.

Salomatlik muammolari — bu

faqatgina tibbiyot sohasi muam-

mosi emasligi va uni majmuiy hal

etish  kerakligini  hisobga  olgan

holda,  kasalliklar  mexanizmini

nafaqat shifokorlar nuqtai nazari

bilan, balki yanada kengroq ko‘rib

chiqish zarur.



— Kasalliklarning kelib chiqish

sabablari nimada deb o‘ylaysiz?

— Inson vujudida sodir bo‘la-

yotgan modda almashinuvi jara-

yonlariga nafaqat jamiyatdagi katta

muammolar, hatto odamlar o‘rta-

sidagi oddiygina munosabatlar ham

ijobiy  va  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.

Shuningdek,  insonning  sog‘lom

bo‘lib yurishiga har turli kimyoviy

moddalar va jismoniy omillar ham

kuchli ta’sir etadi.

Basharti, vujudda ro‘y beradi-

gan jarayonlarni oxirigacha anglash

va ularga ta’sir ko‘rsatishni istasak,

har qancha qiyinchilik tug‘dirmasin,

kasallik sababchisi bo‘lishi mumkin,

deb hisoblangan biron bir omilni

nazardan qochirmaslik kerak. Aslida

bunga anchagina omillar (jismoniy,

kimyoviy va hokazo) birvarakay ta’-

sir qiladi. Masalan, agar inson har

doim kuchli asabiy hayajon (stress)

holatida bo‘lsa, har qancha davola-

shimizga qaramay, aytaylik, oshqo-

zon yarasi xastaligida, asosiy sabab-

chi bartaraf etilmagani tufayli, kel-

gusida uni kasallikdan forig‘ etmaydi.

Bu holatda kasallikning rivojlanishiga

shaxsiy yoki jamiyatdagi munosa-


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling