1 jamoatchilik kengashi: Turg‘unpo‘lat daminov


Yaxshi  ovqatlanmaslikdan


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana03.08.2017
Hajmi0.5 Mb.
#12676
1   2   3   4   5   6

Yaxshi  ovqatlanmaslikdan

kelib chiqadigan kasalliklar. In-

son sog‘lom bo‘lishi va barakali

mehnat qilishi uchun me’yorda

sifatli ovqatlanishi zarur. Ko‘p-

gina kasalliklar to‘yib ovqatlan-

maslikdan kelib chiqadi. Orga-

nizm  uchun  zarur  bo‘lgan  ov-

qatlarni  yemagan  yoki  to‘yib

ovqatlanmagan  kishi,  kasal  va

darmonsiz bo‘ladi. Shuningdek,

to‘yib  ovqatlanmaslik  quyidagi

muammolarni  keltirib  chiqar-

ishi  mumkin:

—  sekin  o‘sish  yoki  yetarli

vaznga ega bo‘lmaslik;

—  yurish,  gapirish  va

fikrlash  sustligi;

—  qorinning  kattaligi,  qo‘l

va oyoqlarning ozg‘inligi;

—  uzoq  davom  etuvchi

ko‘plab kasalliklar va infeksion

kasalliklar  og‘ir  kechadi  va

ko‘pincha o‘limga olib keladi.

To‘g‘ri ovqatlanishning aha-

miyati.  To‘g‘ri  ovqatlanmaydi-

gan  odamlarda  to‘yib  ovqat-

lanmaslik kasalligi yuzaga kela-

di. Bu kasallik ovqatlanmaslikn-

ing har qanday turidan: “umu-

miy  to‘ymaslik”  va  “yetarlicha



Ona suti — sut bezlarining faol ishlashi tufayli vujudga

kelib, chaqaloq uchun beqiyos tabiiy taomdir.

Tadqiqotchilar  ona  suti  tarkibida  oziq  moddalarning

10 dan ortiq guruhini aniqlab, ularni ikki katta

guruhga  ajratadilar.

3  «Sog‘lom  avlod  uchun»,  2012-yil,  6-son.

ONA  SUTI...

ONALIK  VA  BOLALIK

17


18

ONALIK  VA  BOLALIK

18

to‘ymaslik”  yoki  qaysidir  ov-



qatlarni  juda  ko‘p  yeyishdan

kelib  chiqadi.  Har  qanday

odamda  to‘ymaslikning  oddiy

turi kelib chiqishi mumkin, le-

kin  bu  quyidagilar  uchun  ay-

niqsa xavflidir:

— bolalarning yaxshi ulg‘a-

yishi va sog‘lom bo‘lishi uchun

to‘la  qiymatli  ovqatlar  bo‘lishi

kerak;


—  tug‘ish  yoshidagi  ayol-

lar,  ayniqsa  ular  homilador

yoki  emizikli  bo‘lsalar  o‘zlari

va  chaqaloqning  sog‘lom  bo‘-

lishi  hamda  o‘z  kundalik

yumushlarini  bajarishi  uchun

qo‘shimcha  ovqat  iste’mol

qilishlari  kerak.

Oqsilga boy bo‘lgan parranda

mahsulotlaridan  biri  tuxumdir.

Emizilayotgan bolalarga tuxum-

ni pishirib yoki ovqatga aralash-

tirib  berish  mumkin.  Tuxum

ko‘krak  suti  bilan  bir  qatorda,

bola o‘sgan sari berilsa ham bo‘-

ladi. Qaynatilgan tuxum po‘stini

yaxshilab ezib ovqatga aralash-

tirib  berilsa,  u  yaralar  paydo

bo‘layotgan,  tishlar  to‘kilayot-

gan  va  mushaklar  tortishayot-

gan  homilador  ayollar  orga-

nizmini  zarur  kalsiy  bilan  ta’-

minlaydi.

Go‘sht  mahsulotlaridan  ji-

gar,  yurak,  buyrak,  ayniqsa,

oqsil,  vitamin  va  temir  mod-

dasiga boydir. Shuningdek, bal-

iq juda to‘yimli mahsulot hiso-

blanadi.

Loviya,  no‘xat,  mosh  ham

oqsil  manbaiga  boy.  Ularning

ozgina kurtak chiqarganlari vi-

taminlarga  boy  bo‘lib,  ovqatga

ishlatilsa  yaxshi  natija  beradi.

Yosh  bolalarning  ovqatiga

pishirilgan,  po‘sti  archilgan  va

ezilgan loviya qo‘shish mumkin.

Yashil  bargli  o‘simliklar

tarkibida  biroz  temir  va  oqsil

hamda  ko‘plab  “A”  vitamini

bor.  Ayniqsa  loviya,  no‘xat,

oshqovoq  va  qovoqcha  (ka-

bochka) larning barglari oziqli

moddalarga boy. Shu bois ularni

quritib,  to‘yib  iste’mol  qilish

va bola ovqatiga qo‘shib berish

foydali.

Guruch, bug‘doy va boshqa

don  mahsulotlarini  tegirmon-

da po‘stidan ajratilmagan hol-

da  yanchilgani  to‘yimliroqdir.

O‘rtacha yanchilgan guruch va

bug‘doy,  mayda  yanchilgan

mahsulotga  nisbatan  oqsil,  vi-

tamin  va  minerallarga  boydir.

Bug‘doy,  jo‘xori  va  guruch-

lardagi  oqsillar  yoki  moshlar

bilan iste’mol qilinganda orga-

nizmga  yaxshiroq singadi.

Sabzavotlar  hamda  guruch-

ni suvda me’yoridan ortiq pishir-

ib yuborish  ular tarkibida oqsil-

lar  yo‘qolib,  vitaminlarning

kamayishiga olib keladi. Qaynat-

madan ortgan suvni ichish yoki

boshqa ovqatga qo‘shib ishlatish

mumkin.

Ko‘plab  yovvoyi  va  rezavor



mevalar  tabiiy  shakarga,  xusu-

san, “S” vitaminiga boy bo‘ladi.

Ular  qo‘shimcha  vitaminlar  va

quvvat  manbaidir.

To‘lqin NODIROV,

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Jamoat sog‘ligini saqlash maktabi

ilmiy izlanuvchisi.



19

Hayot  mahalla  fuqarolar  yi-

g‘ini  raisidan  ulkan  hayotiy  taj-

riba,  yuksak  aql-zakovat,  go‘zal

xulq  sohibi  bo‘lishini  taqozo

etmoqda. Axir oqsoqol degani elga

yo‘lboshchi,  yoshlarga  murabbiy

degani. Uning tafakkuri har qan-

day  chigal  masalani  ham  yecha

olish  salohiyatiga  ega  bo‘lishi,

insonlar taqdirida katta ahamiyatga

ega.  Biz  Olmazor  tumani,  Gu-

ruchariq mahalla fuqarolar yig‘ini

raisi  Mirvohid  Magirpovni  ana

shu mavzuda suhbatga tortdik.

—  Oqsoqollik  lavozimi  meni

jamoatchilik bilan hamfikr bo‘lib

ishlashga,  ularning  dardi  va  qu-

vonchiga sherik bo‘lishga, odam-

lar qalbini tushuna olishga da’vat

etadi, — deydi Mirvohid aka.  —

Joriy yilning “Mustahkam oila yili”

deb  nomlanishi  esa,  biz  mahalla

oqsoqollari zimmasiga yanada katta

mas’uliyat  yuklaydi.

Mahallamiz aholisi soni 4694

nafar. Shularning qariyb 70 foizini

yoshlar  tashkil  etadiki,  bu  ja-

moatchiligimizni  har  lahza  ogoh

yashashga,  yoshlarga  to‘g‘ri  yo‘l

ko‘rsatishga,  kelajakka  komil

ishonch bilan boqishga undaydi. Bu

qatlamning salkam ikki ming nafari

maktab  yoshidagi  bolalar  hisob-

lanadi. Mahalla hududida joylashgan

28-umumta’lim maktabida o‘quv-

chilarni oilaga tayyorlash maqsadida

“Orasta qizlar maktabi”, “Yosh oila

quruvchilar maktabi” tashkil qilingan.

“Orasta  qizlar  maktabi”da

mahalla  xotin-qizlar  qo‘mitasi

vakillari  va  ayol  o‘qituvchi-

murabbiylar  hamkorligida  milliy

urf-odatlarimizni  asrab-avaylash,

kiyinish  odobi,  tani  sihatlik,

sog‘lom turmush tarzi  mavzulari-

dan saboqlar o‘tiladi.

“Yosh  oila  quruvchilar  mak-

tabi”da esa tibbiy mutaxassislar va

mutasaddi  idoralar  xodimlari

ishtirokida,  yigit-qizlarga  oila-

muqaddas dargoh ekanligi haqida

ta’lim-tarbiya berilmoqda.

— Mustahkam oila yilida ish

bilan bandlik muammosi qanday

hal  etilishi  masalasida,  mahal-

ladagi  33  nafar  tadbirkor  bilan

hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, yangi ish

o‘rinlari  yaratish  choralarini

ko‘ryapmiz. Yoshlarni sportga osh-

no etish orqali sog‘lom turmush-

Xalqimiz azal-azaldan jamoa bo‘lib, kengash

qurib,  bahamjihatlik  bilan  umrguzaronlik  qilgan.

Bu — milliy tabiatimizga singib, asrlar davomida

shakllangan muqaddas an’ana.

O‘zini-o‘zi boshqarish organi — Mahalla

fuqarolar  yig‘ini  ana  shu  an’analarning  ijtimoiy

ifodasi, desak adashmaymiz. Bugun mahalla

institutiga katta vakolatlar berilib, unga davlat

va jamiyat o‘rtasidagi muhim bo‘g‘in sifatida

ishonch  bildirilmoqda.

AHIL  MAHALLA —

JAMIYAT    TAYANCHI

2012-YIL  —  MUSTAHKAM  OILA  YILI

tarzini  qaror  toptirishga  alohida

e’tibor  qaratmoqdamiz.

—  Yurtboshimiz  tomonidan

O‘zbekiston bolalar sportini rivoj-

lantirish  jamg‘armasi  Homiylik

kengashining navbatdagi yig‘ilishi

o‘tkazilib,  unda  shu  vaqtgacha

amalga  oshirilgan  ishlar  va

istiqboldagi vazifalar bilan bog‘liq

masalalar  muhokama  etilgani

barchamizga ma’lum.

Ayniqsa qizlarni sportga keng

jalb  etish,  ular  muntazam  om-

maviy sport bilan  shug‘ullanishi

uchun  zarur  shart-sharoitlar

yaratish bu borada ustuvor yo‘na-

lishlardan biri bo‘lib turibdi.

Respublikamizda  muntazam

o‘tkazib  kelinayotgan  uch  bos-

qichli  sport  o‘yinlari  —  “Umid

nihollari”,  “Barkamol  avlod”  va

“Unversiada”  musobaqalari  yur-

timiz  bayrog‘ini  baland  ko‘tara-

digan,  yurt  sha’ni,  xalq  g‘ururi

yo‘lida  kurashadigan  mahoratli

sportchilarni tarbiyalashda o‘ziga xos

maktab  vazifasini  o‘tamoqda.

Guruchariq mahallasi yoshlari ham

bunday musobaqalarda faollik bilan

ishtirok etib kelayotir. Mahallada

bolalar sportini rivojlantirish uchun

Toshkent shahar hamda Olmazor

tumani  sport  majmualari  bilan

shartnomalar tuzilib, bu yoshlarni

ruhan va ma’nan chiniqishga un-

damoqda. Har yili ish rejasi asosida

150 nafarga yaqin mahalla bolalari

“Istiqlol”  sport  majmuasi,  “Bu-

loqcha”  suv  havzalariga  yubo-

rilyapti, kam ta’minlangan, boquv-

chisini yo‘qotgan oilalar bolalariga

bunday tadbirlar esa bepul qatna-

shish imkoniyatini yaratayapti.

Mamlakatimizda  sport  om-

19


20

2012-YIL  —  MUSTAHKAM  OILA  YILI

20

maviylashgani  tufayli  mahal-



lamizda ham futbol, stol tennisi,

shaxmat-shashka,  karate,  boks,

yengil atletika, kurash va boshqa

turlar  bilan  shug‘ullanuvchi

yoshlar soni ortib boryapti. Natija

esa faxr qilsa arzigudek. Masalan,

Hasan Abdushukurov karate bo‘-

yicha  O‘zbekiston  chempionati

g‘oliblaridan.  Bir  qator  davlatlar,

jumladan,  Singapur,  Hindiston,

Italiya,  Yaponiya,  Janubiy  Ko-

reyada bo‘lib o‘tgan sport muso-

baqalari, Osiyo birinchiliklarining

ishtirokchisi, qora belbog‘ sohibi.

Xojiakbar Qodirov boks bo‘yicha

1999-yilgi  Toshkent  shahar

chempioni, 2012-yil esa Toshkent

shahar terma jamoasiga nomzod,

Respublika  musobaqalari  sovrin-

dori, 1-toifali sportchi (murabbiyi

— M.Ahmedov). Futbol yo‘nali-

shida Behruz Begmatov — Jahon

chempionati  saralash  musoba-

qalari  ishtirokchisi,  Osiyo  muso-

baqalari  kumush  medal  sohibi,

uch karra shahar chempioni, sport

ustasi (murabbiyi —  R.Imomov).

Mana shunday  sportchilar nafaqat

mahallamiz,  balki  yurtimiz  sha’-

nini munosib himoya qilib kela-

yotgani  barchamizning  faxri-

mizdir.  Demoqchimanki,  jahon

chempionlari  oddiygina  mahal-

ladan chiqayotgani kishiga hayrat,

zavq-shavq bag‘ishlaydi.

Mahallalarda  “Ota-onalar

universitet”larini  tashkil  qilinishi,

farzandlar  tarbiyasini  shakllan-

tirishni asosiy vazifa etib belgilashi,

biz mahalla muassasalari oldiga   ham

muhim  vazifalarni  ko‘ndalang

qo‘ydi.


Oila  institutini  tashkil  qilish

dasturi asosida esa mahalladagi 13 ta

ko‘chaga,  13  nafar  ziyoli  fuqa-

rolar, onaxon-u otaxonlardan ibo-

rat “ko‘chaboshi”lar saylandi. Ular

bugun  yoshlarga,  yosh  oilalarga

o‘zlarining  namunali  hayotidan

kelib  chiqib  to‘g‘ri  yo‘l  ko‘rsat-

moqda. Har haftaning payshanba

kuni  xotin-qizlarning

huquqiy savodxonligini

oshirish  maqsadida

huquqshunoslarni taklif

etib,  turli  mavzularda

suhbatlar  uyushtirib,

yosh  oilalarni  qiziq-

tirgan savollariga javob-

lar  berilmoqda,  —

deydi oqsoqol.

Biz mahalla faoliyati

bilan tanishishda davom

etar ekanmiz, onalik va

bolalikni himoya qilish

borasida “Sog‘lom avlod

uchun” xalqaro xayriya

jamg‘armasining  tu-

mandagi vakillari, ma-

halla  xotin-qizlar  qo‘-

mitasi  va  19-oilaviy  poliklinika

shifokorlari o‘zaro yaqin hamkorlik

qilayotganiga  guvoh  bo‘ldik.

Ayollarning reproduktiv salomat-

ligini mustahkamlash, sog‘lom bola

dunyoga kelishini ta’minlash, yosh

avlodni barkamol qilib jismoniy va

ma’naviy  jihatdan  shakllantirish

yuzasidan  amalga  oshirilayotgan

ishlar  samaradorligini  oshirish

bo‘yicha 52 ta yosh oila bilan ilmiy-

amaliy  yo‘nalishda  suhbatlar

o‘tkazilgan.

Bu  haqda  poliklinikaning

mahalladagi  mas’ul  shifokori

Gulnora Umarova quyidagi fikr-

larni ma’lum qildi: “Mahallamizda

har oyning ikkinchi haftasi “sog‘-

lomlashtirish haftaligi”, deb belgi-

langan. “Ona va bola salomatligini

muhofaza  qilish  hamda  sog‘lom

avlodni  shakllantirishga  doir

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘-

risida”gi 1096-sonli Buyruq ijrosiga

binoan,  2009—2013-yillarda

reproduktiv salomatlikni mustah-

kamlash, sog‘lom bola tug‘ilishiga

erishish,  jismoniy  va  ma’naviy

barkamol  avlodni  voyaga  yetka-

zish, ona va bola salomatligini nazo-

rat qilish uchun tibbiy tekshiruvlar

o‘tkazib  kelinmoqda.  Bu  tekshi-

ruvlar  okulist,  kardiolog,  nevro-

patolog,  ortoped,  endokrinolog,

dermatolog,  ginekolog  mutaxas-

sislar  yordamida  o‘tkaziladi.

Tekshiruvdan  oldin  ma’ruzalar

o‘qiladi,  savol-javoblar  qilinadi.

Ayni tadbir bizga aholini ruhan va

ma’nan  yaqinlashtirib  ular  bilan

yaqindan  ishlashga  qulay  imko-

niyat tug‘diradi.

 Mahallaning ozoda va shinam

ko‘chalaridan borar ekanmiz, ko‘-

zimiz  barq  urib  o‘sayotgan  ni-

hollarga tushdi. Mahallada bahor

mavsumida hashar yo‘li bilan sal-

kam 1300 tup mevali daraxt ko‘-

chatlari  ekishgan  ekan.  Son-

sanoqsiz bu nihollar erta bir kun

ko‘kka bo‘y cho‘zib mahalla ko‘cha-

lariga ko‘rk, xonadonlariga esa rizq-

ro‘z bo‘lishini ko‘z oldimizga keltirib,

ezgulik nihollarini qadagan yosh-

lardan bag‘oyat xursand bo‘ldik.

“Vatan — kindik qonim to‘-

kilgan go‘sha” deya bejiz aytish-

magan. Mahalla esa mo‘jaz Vatan!

Biz  bir  mahalla  faoliyati  bilan

tanishish  asnosida,  bu  tuzilma

jamiyatimizning  ham  ma’naviy,

ham madaniy tayanchi ekanligiga

yana bir karra amin bo‘ldik.

Sherzod  QURBONOV

tayyorladi.


21

O‘zbekistonda amalga

oshirilayotgan islohotlar

ijtimoiy hayotning

barcha sohalarini

demokratlashtirishga,

xalqimiz turmush

tarzining yanada

farovonlashuviga,

mamlakatimiz obodligi

va taraqqiyotini

ta’minlashga, uning

dunyo miqyosidagi

obro‘-e’tiborini yanada

yuksaltirishga, ayniqsa,

yosh avlodni har

jihatdan barkamol qilib

tarbiyalashga

qaratilgandir.

Jamiyatimiz asosi bo‘lmish

oila  institutini  yanada  mus-

tahkamlash  va  rivojlantirish,

oilalar,  ayniqsa,  yosh  oilalar-

ning  huquqiy  va  ijtimoiy-

iqtisodiy manfaatlarini himoya

qilish hamda qo‘llab-quvvatlash

borasidagi  ishlarni  sifat  jiha-

tidan  yangi  bosqichga  ko‘ta-

rish,  jismonan  sog‘lom,  ma’-

naviy yetuk, har sohada bilim-

don avlodni tarbiyalashda oila-

ning  rolini  oshirish,  sog‘lom

oilani  shakllantirishda  mahal-

laning  mavqeini  mustahkam-

lashga doir aniq maqsadga yo‘-

naltirilgan  keng  ko‘lamli

chora-tadbirlar  majmuini

amalga  oshirish  maqsadida,

2012-yil  mamlakatimizda

“Mustahkam oila yili” deb e’lon

qilindi.

Yosh avlodni tarbiyalash va

uni komillikka yetkazish oiladan

boshlanishini  hisobga  olsak,

tabiiyki,  inson  o‘z  hayotini

OILA MA’NAVIYATI —

MILLAT  QADRIYATI

oilasiz tasavvur qila olmaydi.

Har  bir  ota-ona  farzand

tarbiyasida  ular  ongiga  o‘zaro

totuvlik,  mehr-oqibat,  meh-

natsevarlik, vatanparvarlik kabi

hayotbaxsh  qadriyatlarimizni

singdirib borsalar nur ustiga a’lo

nur  bo‘ladi.

Bunda oila bekalari hisob-

langan ayollarning o‘rni va roli

ayniqsa  katta.  Rizouddin  ibn

Faxriddin,  “xotinlari  tarbiyali

bo‘lgan xalq tarbiyali, xotinlari

tarbiyasiz  bo‘lgan  xalq  tar-

biyasiz  bo‘lib,  ayollari  tirish-

qoq, tadbirkor, irodali bo‘lgan

xalq boydir. Insonlar har vaqt

ayollar istagan kabi bo‘lganlar,

agarda  buyuk  va  fazilatli

odamlarga  ehtiyojingiz  bo‘lsa,

ayollarga buyuklik  va fazilatlarni

o‘rgatingiz”, deya o‘git bergan.

Demak,  momolarimiz,

onalarimiz,  opa-singillarimiz

aql-u  zakovatli,  bilimli,

tarbiyali,  hayoli,  ya’ni,  hayot

va  oila  maktabini  o‘tagan,

ajdodlar pandini qalbiga sing-

dirgan  bo‘lsa,  mustahkam

oilaning asos-tayanchi bo‘ladi.

Bolasining  polvon bo‘lishini

istagan  erkaklar  ayollarini

asrasinlar, bolam qatordagi nor

bo‘lsin,  degan  onalar  esa  go‘-

daklarini albatta ikki yil ko‘krak

suti  bilan  parvarish  qilsinlar,

degan hikmatomuz gap bor.

Xalqimizda “keng  fe’l — ket-

mas davlat” degan yana bir pur-

ma’no gap bor. Shu bois, mus-

tahkam  oila  qo‘rg‘onini  saqlash

uchun ota-onalar bilan farzand-

larning go‘zal fe’l-atvorlari ham-

ohang bo‘lishi lozim.

Farzandlar  kamoli,  ular

kelajagi — ota-ona qo‘lida. Ota

—  oila  ustuni,  farzandlarga

g‘amxo‘r, mehribon murabbiy.

O‘z  navbatida,  farzandini

bag‘riga bosib qalb qo‘ri, yurak

tafti bilan kamolotga yetaklovchi

muqaddas zot bo‘lish onalarga

xosdir. Xalqimizda shunday naql

bor: “Ota — aql, ona — idrok”,

“Ota  —  bilak,  ona  —  yurak”.

Beshikdagi  bola  ona  sutiga,

uning  sehrli  allasiga  qanchalik

muhtoj  bo‘lsa,  onalar  tarbi-

yasiga  ham  shunchalik  ehti-

yojmanddir.

Balog‘at yoshiga yetib, tur-

mush qurish vaqti kelganda ikki

tomon yigit va qizning axloqli,

odobli, ilmli va hunarli ekanini,

uning    do‘sti,  yoki  dugonasi

kimligini albatta surishtirsin.

Darhaqiqat, milliy urf-odat

va  an’analarimizni  yosh  avlod

ongiga  singdirish,  ularni  yetuk

shaxs etib voyaga yetkazishning

ta’sirchan  vositalaridan  biri

ekan,  bunda  buyuk  allomalar

asarlariga murojaat etish, ular-

ning o‘gitlarini  hayotga tatbiq

etish davr talabi hisoblanadi.

Farzandlarimiz mustahkam

oilaning  tarbiyali  a’zolari

bo‘lishi  uchun  mahalla,  oila,

maktab  birgalikda  ma’naviy-

ma’rifiy  ishlarni  amalga

oshirishi  darkor.

Prezident  Islom  Karimov

“Yuksak ma’naviyat — yengil-

mas  kuch”  asarida,  ota-bobo-

larimiz qadimdan bebaho boylik

bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim

va tarbiyani inson kamoloti va

millat  ravnaqining  eng  asosiy

JIYDA  GULI

21


22

JIYDA  GULI

sharti va  garovi, deb bilganligini

alohida ta’kidlab o‘tgan.

Turkiy xalqlarning XI asrga

mansub  eng  yirik  yozma

yodgorligi  —  Yusuf  Xos

Hojibning  “Qutadg‘u  bilig”

asarida “Ota-ona o‘z farzandini

bilimdon,  odobli  qilib

tarbiyalamog‘i uchun uni jiddiy

nazorat  qilishi  lozim.  Har  bir

oila farzandining kamol topishi,

baxtli  bo‘lishida  ilk  tarbiyachi

ota-onadir”, deya ta’kidlagan.

Hazrati  inson,  avvalo,

bilim,  aql-u  idrok  tufayli

muhtaram,  shuning  uchun,

bilim olishga intilish lozim.



Bilikli so‘zi pand, nasihat, adab,

Biliglikni o‘gdi ajam ham arab.

Tavarsizga bilgi tuganmas tavar,

Hisabsizqa bilgi yarilmas hisab.

deb yozadi bilimni saodatga

eltuvchi  yo‘l,  deya  ta’riflagan

bobomiz.


Oila qo‘rg‘onining mustah-kam

bo‘lishi  uchun  ota-ona  ilm-u

ma’rifat,  axloq-odob  sabog‘i-

dan  xabardor  bo‘lgan,  halol,

teran  fikrlovchi  insonlar  bo‘l-

mog‘i  lozim.  Shunday  kishi-

largina  farzandlarining  barka-

mol bo‘lib voyaga yetishishida

mas’ul bo‘la oladilar.

Darhaqiqat,  inson  oilada

kamolga yetadi. Undagi  yaxshi

fazilat  yoki yomon illatlar ham

shu maskanda shakllanadi.

Oila mustahkamligi jamiyat

taraqqiyotida  hal qiluvchi omil-

lardan  hisoblanadi.  Negaki,

jamiyatning  ma’naviy  sog‘-

lomligi oila sog‘lomligiga bog‘liq.

Mehr-oqibatli  oilada  dunyoga

kelgan,  shakllangan  bola  ota-

ona,  aka-ukalari,  opa-singil-

lariga,  qolaversa,  o‘zi  yasha-

yotgan jamiyatga mehr-oqibatli,

shafqatli, o‘z oilasi, o‘z xalqi va

yurtiga  fidoyi  bo‘lib  voyaga

yetadi.


Agar  oila  barqaror,  tinch

bo‘lmasa,  kishining  halovati

buziladi,  ishlash,  fikrlash

qobiliyati susayadi. Zero oila —

halovat maskani hamdir.

Buyuk  ajdodlarimizdan

meros  bo‘lib  kelayotgan  asar-

lardan farzand tarbiyasi — oila

mustahkamligi  asosi  ekanli-

gining isbotini ko‘rmoqdamiz.

Oila jamiyat taraqqiyotiga faol

ta’sir  ko‘rsatuvchi  ijtimoiy

hodisadir.  Oila hayotning aba-

diyligini, avlodlar davomiyligini

ta’minlaydigan, muqaddas urf-

odatlarni  saqlaydigan,  kelajak

nasllarni  voyaga  yetkazadigan

muqaddas tarbiya dargohi ekanini

hamisha  yodda  saqlamog‘imiz

lozim.


Aziza ZAYNITDINOVA,

O‘zMU  dotsenti

22


23

Yurtboshimiz Islom Karimov

“Yuksak ma’naviyat — yengilmas

kuch”  asarida  “Insonning  ruhiy

kamoloti haqida gapirar ekanmiz,

albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz

erishib bo‘lmaydi. Xalqimiz hayotida

musiqa san’ati azaldan beqiyos o‘rin

tutib keladi. Samarqand yaqinidagi

Mo‘minobod qishlog‘ida 3 ming

300  yil  muqaddam  suyakdan

yasalgan  nay  cholg‘usi  topilgani

ham shundan dalolat beradi.

Musiqa sadolari qaysi xalq yoki

millat  tomonidan  ijro  etilmasin,

eng ezgu, yuksak va nozik insoniy

kechinmalarni ifoda etadi”, deya

ta’kidlagan.

Uzoq  o‘tmishdan  buyon  in-

sonning ruhiga taskin, quvvat berib

keluvchi,  sehrli  cholg‘u  atalmish

nayning sehri nimada ekan?

Roviylarning aytishicha, qadim

zamonlarda  sehrli  Qaqnus  qushi

bo‘lgan  ekan.  U  umr  bo‘yi  o‘r-

monda yolg‘iz yashab, shox-shabba

to‘plab tog‘dek g‘aram yig‘arkan. U

ulkan  g‘aramga  so‘nggi  xasni

tumshug‘ida  keltirib,  g‘aram

cho‘qqisiga qo‘yib o‘zi uning ustida

bir pas orom olarkanda, shunday

xonish  qilishga  tushar  ekanki,

uning  nolai  navosidan  butun

o‘rmondagi  parranda-yu  darran-

dalar to‘planishib mast bo‘lib qolar

ekan. Xonish avji pardasiga chiq-

qanda, sherdan to qumursqagacha

uxlab qolarkan. Shunda uning tum-

shug‘idan chiqqan, parcha “cho‘g‘li

oh” dan g‘aramga o‘t tushib, o‘zi

kuyib kul bo‘lar, kultepaning osti-

dan esa palapon chiqar, palapon ham

kuchga to‘lib Qaqnusga aylanar ekan.

Kunlarning  birida  o‘rmonga

sayrga chiqqan musiqani sevuvchi

dono Faylaqus Qaqnus sayrashini

eshitib, unga oshiq bo‘lib qolibdi.

So‘ng uni asta kuzatib, tumshug‘ida

odatdagi  qushlarnikidek  bir  juft

emas, bir necha teshikchalar bor-

ligini  payqab  qolib,  uning  sehrli

navosi sirini bilib olibdi.

U taqlidan bir qarich qamish

poyasini kesib olib, uni Qaqnus-

ning  tumshug‘idagi  teshiklarga

qiyosan teshib puflagan ekan un-

dan kuy yangray boshlabdi. Nay

ana shunday paydo bo‘lgan emish.

Nay haqida yana qanchadan-qancha

afsona va rivoyatlar bisyor.

Keling, nayning tuzilishi haqida

to‘xtalib,  Faylaqusning  nechog‘li

topqir va donoligiga tan beraylik.

Puflab chalinadigan bu musiqa

asbobi,  Sharq  mamlakatlari,  xu-

susan, O‘rta Osiyoda keng tarqalgan.

Nay bo‘ylamasiga va yonlamasiga

ushlab chalinuvchi yakka musiqa

asbobi hisoblanadi.

Mutaxassislarning  aytishicha,

yonlamasiga  ushlab  chalinadigan

nay turi yetakchi nay, deb ataladi.

Nayning eng qadimgi turi cho‘pon

naydir. Bu musiqa asbobi tayyor-

lanish mahsullariga ko‘ra turlicha

nomlar  bilan  ataladi:  garov  nay,

yog‘och nay, mis nay va boshqalar.

Mazkur naylarning diametri 20-30

millimetr  va  eng  uzuni  450-520

millimetrgacha bo‘lishi mumkin.

Nay  kanalining  bir  uchi

(yuqorisi) tiqin bilan berkitilib,

ana shu qismiga yaqin yon tomonida

puflanadigan teshigi hamda uning

pastrog‘ida 6 ta chalg‘ich barmoq

teshiklari bo‘ladi. Bu teshiklar bar-

moqlar bilan to‘la yoki yarim ber-

kitish  va  puflash  kuchini  o‘zgar-

tirish natijasida 2,5 oktava diapa-

zondagi  tovushqator  hosil  qilish

mumkin. Barmoq bilan berkitila-

digan teshiklarning qarama-qarshi

tomonida tovushlar muvozanatini

saqlashga yordam beradigan 2 yoki

3 ta teshik ham bo‘ladi.

An’anaviy o‘zbek va tojik chol-

g‘u  ansambllari  tarkibida  nay

yetakchi sozlardandir. Kuy bosh-

lanadigan  pardaga  bog‘liq  holda

nayga  moslab  boshqa  asboblar

sozlangan.

Xulosa qilib aytganda, naydagi

barmoq  chalgich  teshikchalar

berkitilishi  soniga  qarab  milliy

sozandalarimiz orasida “besh qo‘l”,

“to‘rt qo‘l”, “uch qo‘l” deb nom-

lanuvchi  soz  turlari  qo‘llangan.

Hozirda nay asbobining o‘rni yak-

kanavoz va jo‘rnavoz soz sifatida

yanada  kengaydi,  undan  xalq

cholg‘u ansambllari  va orkestrlari

foydalanishning yangicha usullari

yuzaga keldi.

Zero,  nay  Qaqnus  qushining

tumshug‘idan  chiqqan  ishq  o‘ti-

ning ohu navosi ekan, uning sehri

ham shunda bo‘lsa, ajab emas!

Sherzod  QURBONOV



Nay  navosi  qorong‘i  hujraga  quyosh  nurlari  tirqishdan

kirib munavvar nur baxsh etgandek, qalb burjiga

yog‘du,  xasta  dilga  charog‘onlik  baxsh  etadi.  Inson

ruhini  ko‘ngilning  eng  nozik  cho‘qqilariga  chiqishiga

qanot  bog‘lab  beradi.  Naydan  kuy  taralganda  chaman

ichra  xonish  qilayotgan  bulbul  to‘xtab  qolarmish,

deganlari ham bejiz  emas.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling