1 jamoatchilik kengashi: Turg‘unpo‘lat daminov


Bugungi suhbatdoshimiz — “Fizika — Quyosh” institutining yetakchi olimi, texnika


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana03.08.2017
Hajmi0.5 Mb.
#12676
1   2   3   4   5   6

 Bugungi suhbatdoshimiz — “Fizika — Quyosh” institutining yetakchi olimi, texnika

fanlari  doktori,  professor  Rustam  Rahimov.

13

batlar sabab bo‘ladi.

Yoinki, bemor yashab turgan

uyning qurilish materiallari yuqori

darajadagi radiatsiyali bo‘lsa, eng

og‘ir va sog‘ayishi qiyin kechadigan

ko‘pgina  xastaliklarga  sababchi

bo‘lishi mumkin.

Statistik ma’lumotlarga qara-

ganda, xom g‘isht va paxsa devordan

qurilgan uylarda istiqomat qiladigan

kishilar beton uylarda yashovchilarga

nisbatan ancha kamroq kasallikka

chalinishi qayd etilgan. Ular, jumla-

dan, sariq kasalligi bilan kam og‘-

riydilar. Bu hol quyidagi omillarga

bog‘liq.  Xom  g‘isht  turli  zaharli

moddalarni ajoyib tarzda yutadi va

shu tariqa odamlarni zararli ta’-

sirlardan asraydi. Beton esa, xom

g‘ishtdan farqli ravishda, radiatsi-

yani o‘ziga yig‘ish xususiyatiga ega

va ko‘pincha o‘zi yuqori nurlanish

manbai bo‘lishi mumkin. Mana shu

ikki omil insonning immun tizimiga

kuchli ta’sir etadi.

Kasallik  chaqirishga  doimiy

kimyoviy qo‘zg‘atuvchi, masalan,

tamaki  korxonasidan  chiqadigan

tutun, lak-bo‘yoq ishlab chiqari-

shining gaz chiqindilari, ichimlik

suv hamda oziq-ovqatlarda og‘ir

metallar va shu kabilar sababchi

bo‘la oladi.

Biz kasalliklar rivojlanishi sa-

bablarini  quyidagi  guruhlarga

biriktirishga urindik:

— infeksiya (bakteriya, virus,

zamburug‘);

—  vujudning  turli  ksenobio-

tiklar (og‘ir metallar tuzlarining sin-

gishi, zaharli moddalarga to‘yinishi

va boshqalar) bilan yuklangani;

—  gormonlar  muvozana-

tining buzilishi;

—  boshqaruv  mexanizmlari-

ning buzilishi;

— vujudda, a’zolar va to‘qi-

malarda qon oqimining buzilishi;

—  modda  almashinuvining

buzilishi;

— tan jarohatlari;

— ruhiy-hissiy zo‘riqishlar;

— ichak me’yoriy mikroflorasi

tarkibining buzilishi.

Patologik jarayon rivojlanishiga

moyil  bo‘lgan  omillar  quyidagi-

lardan iborat:

— irsiy moyillik, unga asab tizi-

mining qaysi turiga mansubligi ko‘r-

satkichlari kiradi (turli omillar ta’-

siriga vujudning javob berish tezligi

va turini belgilaydi);

— ayrim modda almashinuv

jarayonlari  kechishining  faolligi,

masalan,  ksenobiotiklar  aks-

faolligi tezligini aniqlaydi;

— antigen tashuvchilik (ayrim

kasalliklarga moyilligini aniqlaydi)

va boshqalar;

— tashqi noxush omillar: past

yoki baland harorat, uning keskin

o‘zgaruvchanligi,  radiatsiyaning,

ultrabinafsha nurlar, ozon va bosh-

qalarning haddan ziyodligi, ruhiy-

hissiy zo‘riqishlarning ortib ketishi,

zararli odatlar — chekish, spirtli

ichimliklar ichish, ovqatlanishning

buzilishi, shirin va yog‘lik yegulik-

larga ruju qo‘yish, oqsilga to‘yinma-

gan ovqatlar iste’moli va boshqalar.

—  Kasalliklarni  infraqizil

nurlatgichlar bilan davolash haqida

ham to‘xtalsangiz.

— Kasallik rivojlanishi jarayo-

nida bir omilning ta’siri qandaydir

klinik belgilarini ko‘rsatgan ikkinchi

buzilishlarning rivojlanishiga turtki

bo‘lishi mumkin. Shu bois, klinik

belgilarini namoyon etgan kasal-

likni muvofiqlikda davolash ko‘pin-

cha uning asl sababini yo‘qotishga

ko‘maklashmaydi.

Har qanday odamning biron

bir a’zosi alohida kasallanmaydi,

kishi  xastalikka  to‘liq  chalinadi.

Lerish yozganidek, “Kasallik — bu

ikki qismdan iborat bo‘lgan drama,

ulardan birinchisi chiroq o‘chganida

to‘qimalarimizda ma’yus sukunat

ichra o‘ynaladi. Og‘riq va boshqa

noxushliklarning paydo bo‘lishi, bu

— deyarli har doim ikkinchi qism-

dir”. Shu bois samarali davolash

uchun kasallikning klinik belgilarini

namoyon etgan a’zolar ish faoli-

yatini tiklabgina qolmay, hali “jim

turgan”  a’zolarni  ham  davolash

kerak bo‘ladi. Infraqizil nurlatgich

lampalarning 15 xil turi mavjud.

Ularning  hammasi  har  xil  xas-

taliklarga ko‘ra ishlatiladi. Infraqizil

nurlatgichlarni ko‘k lampalar bilan

adashtirish yaramaydi. Ko‘k lampa

nuri ko‘zni buzadi, u ko‘z billur-

chasini  qaritadi,  uni  onkologik

kasalliklarda qo‘llanilmaydi.

Bemorni  davolashga  nisbatan

faqat shunday kompleks yondashuv,

nafaqat kasallik alomatlarini, balki

eng  asosiysi,  asl  sog‘ayish  uchun

muvofiq ravishda, xastalik sabablarini

bartaraf etishga imkon beradi.



—  Rustam  Hakimovich,  Siz

ixtiro qilgan “Boyitilgan faol kalsiy”

biologik qo‘shimchasi o‘zining foy-

dali jihatlari bilan juda ko‘p yurt-

doshlarimizga  yordam  bermoqda.

Shu haqda ham to‘xtalib o‘tsangiz.

— “Boyitilgan faol kalsiy” bio-

logik  qo‘shimcha  yuqori  texno-

logiyalarni qo‘llash bilan maxsus

faollashtirishdan o‘tkazilib, tarki-

bida kalsiy moddasi mavjud sof pre-

paratlardan tayyorlangan va yaxshi

o‘zlashtiruvchanlik xususiyatiga ega.

Kalsiy  suyaklar  mustahkam-

ligini ta’minlovchi asosiy unsur hi-

soblanib, uning 99 foizi suyak va 1

foizi yumshoq to‘qimalarda bo‘ladi.

Kalsiy  hujayralarning  o‘sishi  va

faoliyatiga,  shuningdek,  ichakda

oziq  moddalarining  so‘rilishida

ishtirok etuvchi hujayra va to‘qima

suyuqliklarining  doimiy  tarkibiy

qismi bo‘lib hisoblanadi. Kalsiy or-

ganizmning himoya kuchini mus-

tahkamlaydi va uning tashqi agres-

siv omillarga va infeksiyalarga chi-

damliligini oshiradi, organizmning

allergik holatini bir me’yorga soladi

va asosiy fermentlarning kofermenti

bo‘lib hisoblanadi. Kalsiy mushaklar

reaksiyasi, qonning quyulishi, asab

signallarining  uzatilishi,  yurak

mushagining ritmi va funksiyasi kabi

jarayonlarda, bolalar suyak shakl-

lanishi va osteoporoz (suyak tar-

kibining  mo‘rtlashuvi)ning  oldini

olishda muhim o‘rin tutadi.



IBN  SINO  DARSXONASI

13


1414

Homila dunyoga kelguniga qa-

dar kalsiyning ilk zaxirasini ona-

sidan oladi. Tug‘ilganidan keyin esa

organizm  kalsiyni  tashqaridan

oladi.


Sabzavotlar, ko‘katlar, meva-

lar,  sut  —  bularning  barchasi

vujudni  kalsiy  bilan  ta’minlaydi.

Shuningdek, organizmda kalsiyni

kamaytiradigan  omillar  ham

mavjud.  Bu  chekish,  alkogol,

tarkibida shakar bo‘lgan mahsulot

va ichimliklarni iste’mol etish, bir

qator  gormonal  preparatlarni

qabul qilish hisoblanadi.

Ko‘pchilik kishilar kalsiy miq-

dorini oshirish uchun sut mahsu-

lotlarini ko‘p iste’mol qilish kerak,

deb o‘ylaydilar. Ammo bu yanglish

fikr. Ularda kalsiy miqdori ko‘p

bo‘lgani bilan, organizmga laktat

shaklida kirgani bois, uzoq saqlanib

qolmaydi. Yangi uzilgan sabzavot

va mevalar sut mahsulotlariga qa-

raganda organizmni ko‘proq kalsiy

bilan ta’minlaydi.

Nima  sababdan  bu  mineral

ozuqa  homilador  ayollar  uchun

shunchalik muhim? Homilaning,

keyinroq esa yangi tug‘ilgan go‘-

dakning to‘g‘ri rivojlanishi nimaga

bog‘liq? Kalsiy homilaning normal

jismoniy  rivojlanishi  uchun  eng

muhim minerallardan biri hisob-

lanadi, chunki tug‘ilajak bolaning

suyak va tishlari, asab tizimi, mu-

shaklari, terisi, ichki a’zolari, so-

chi va tirnoqlarining shakllanishida

ishtirok etadi. Hali tug‘ilmagan bola

uchun kalsiyning yagona manbai ona

vujudi  bo‘lgani  bois,  homilador

ayolning mazkur mineralga nisba-

tan ehtiyoji ikki barobar ortadi. Bu

davrda kalsiyning kundalik me’yori

1500 dan to 2000 milligrammgacha

bo‘lib,  homilador  ayol  tarkibida

kalsiy moddasi mavjud mahsulotlar

va  “Boyitilgan  faol  kalsiy”  bio-

qo‘shimchasini  iste’mol  etib

to‘ldirishi mumkin.

Bolalikda va yoshlikda vujud

normal rivojlanishi uchun me’yor-

dagi kalsiy miqdori bilan ta’min-

lanishi kerak. 9 dan 18

yoshgacha  bo‘lgan

bolalarga bu rivojlanish

davrida  har  kuni  eng

kamida 1300 milligramm

kalsiy zarur. Buni e’ti-

borda tutganlar uchun

kelgusi hayoti mobay-

nida suyaklarining sinishi

yoki boshqa asoratlarga

yo‘liqish  xavfi  ka-

mayadi.


“Boyitilgan  faol

kalsiy” biologik qo‘shim-

chasi kam harakatlana-

digan, ko‘proq o‘tirgan

tarzda hayot kechiruvchi

kishilarga, yuqori dara-

jada  asabiylashishda

tavsiya  etiladi.  Qattiq

hayajonlanish, stress holati, infek-

sion kasalliklar organizmda kalsiy-

ning  sarflanishini  kuchaytiradi.

Shuningdek, beldagi og‘riqlar, qo-

matning  buzilishi,  tishlar,  tirnoq

va sochlarning mo‘rtlashuvi, mu-

shaklar tirishishi, ayniqsa, kecha-

lari qo‘llarning qaltirashi, ichaklar

og‘rig‘i (ich qotishi), suyak sinishi

xavfi bo‘lgan osteoporozning rivoj-

lanishida,  ayniqsa,  qirq  yoshdan

oshgan ayollarga “Boyitilgan faol

kalsiy”  biologik  qo‘shimchasidan

foydalanish kerak.

Uyqusizlikdan  aziyat  cheka-

diganlar kechasiga bir stakan qatiqga

“Boyitilgan  faol  kalsiy”  biologik

qo‘shimcha suspenziyasini qo‘shib

ichsalar, uxlashga yordam beradi.

“Boyitilgan faol kalsiy” biologik

qo‘shimchasi suspenziya shaklida

chiqariladi. Uni homilador va emi-

zikli ayollar ovqatdan yarim soat

oldin 1-2 osh qoshiqdan 3 mahal

ichishlari tavsiya etiladi. Sun’iy ra-

vishda ovqatlantiriladigan chaqaloq-

larga sutkalik me’yor 1-1,5 choy

qoshiqni tashkil etadi. 2 yoshdan

dan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga

bir choy qoshiqdan 3 marta ovqat-

dan 30 daqiqa oldin ichish kerak. 9

yoshdan boshlab osh qoshiqda 3

mahaldan ichish tavsiya etiladi. Katta

yoshdagilarga o‘n kun davomida

osh  qoshiqda  3  mahaldan  ov-

qatdan oldin ichish foydalidir.

O‘tkir allergik holatlarda, jig‘il-

don qaynash va oshqozon og‘riqla-

rida,  bemorlik  vaqtida  va  undan

keyingi davrda, jarrohlik amaliyo-

tidan so‘ng, reabilitatsiya holatida,

uzoq muddat qimirlamay qolgan-

da, kuchli dorilar qabul qilganda,

kasb faoliyatiga ko‘ra og‘ir jismoniy

mehnat yoki xavfli sharoitlarda ish-

laganda, sportchilar va og‘ir mashq-

lar  bilan  shug‘ullanganda  “Boyi-

tilgan faol kalsiy” biologik qo‘shim-

chasini qabul qilish 2-3 marta ko‘-

paytirilishi maqsadga muvofiqdir.

Mazkur  biologik  qo‘shimcha

doimiy ravishda qabul qilinganida

suyaklar va tishlar doimo mustah-

kam va sog‘lom bo‘ladi, yurak urishi

ritmi bir maromga tushadi, qonda

xolesterin miqdori kamayadi, mu-

shaklar tirishishi yo‘qoladi, bolalar-

ning bo‘yi o‘sishi jarayoni me’yorga

muvofiq bo‘ladi, qonning quyulishi

yaxshilanadi.  Shuni  ham  yodda

tutish kerakki, kalsiy moddasi suyak-

ka faqat ko‘p harakatlanish bilan

kiradi. Harakat — bu, hayotdir, deb

bejiz aytilmagan.

Gulchehra MUHAMMADJON

suhbatlashdi.



IBN  SINO  DARSXONASI

15

KO`NGIL  KO`ZGUSI

Oila axloqining shakllanishida

har bir oila a’zosi o‘z oilasi jami-

yatning  ajralmas  bo‘lagi  ekan-

ligini his qilish bilan birga, qu-

yidagilarga e’tiqodi kuchli bo‘li-

shi lozim: inson o‘z tafakkurini

boyitishi,  qalbini  ma’rifatchilik-

ka, ma’naviyat olamiga undashi,

hayotda  to‘q  va  to‘kis  yashash

uchun mehnatga layoqati, shar-

qona an’analarga sadoqati, bola-

larini  qo‘riqlovchi  posbon,  oila

tarbiyasini jamiyatning eng ustu-

vor tarbiyasi, deb qarashi zarur.

Ushbu  tuyg‘ularni  farzandlarga

singdira oladigan oiladagina sog‘-

lom turmush tarziga erishish va

bola  tarbiyasida  muhim  qadam

qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Prezidentimizning  O‘zbek-

iston  Respublikasi  Konsti-

tutsiyasining  19  yilligiga  ba-

g‘ishlangan  tantanali  marosim-

dagi ma’ruzasida “Ongli yashay-

digan  har  bir  odam  yaxshi

anglaydiki,  bu  yorug‘  olamda

hayot bor ekan, oila bor. Oila

bor ekan, hayot abadiyligi, be-

baho  ne’mat  bo‘lmish  farzand

bor. Farzand bor ekan, odam-

zod hamisha kelajagini o‘ylab,

ezgu  orzu  va  intilishlar  bilan

yashaydi”, deb ta’kidlagan edi.

Bir so‘z bilan aytganda, har

bir  “nikoh  shartnomasi”  oila

mustahkamligi  garovi,  oilani

huquqiy  jihatdan  sug‘urtalash

sifatida namoyon bo‘ladi.

Kelinchak  ne-ne  orzu-

umidlar, bokira tuyg‘ular, totli

entikishlar bilan o‘zga xonadon

ostonasini  hatlaydi.  U  yangi

turmushdan baxt kutadi, bosh-

qalarga ham baxt tilaydi. Shirin

xayollar ila ibo bilan entikadi —

erta-indin onalik baxti kutmoqda

NIKOH  MUQADDAS,

SHARTNOMA  FARZ

Mustaqillikka erishganimizdan keyin yurtimizda

oilani mustahkamlash, uning jamiyat hayotidagi

o‘rni va nufizini oshirishga e’tibor kuchaydi.

Respublikamizda 2012-yil — “Mustahkam oila yili”

deb e’lon qilinishi bejiz emas. Uning zamirida

oilaga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish va oila

institutini har taraflama rivojlantirish maqsadi

ko‘zlangan.

15

Oyday  qizim,  bokira  qizim,



Borgan  uying  baxt  qasri  bo‘lsin.

Ey, sen ota qadrdon o‘g‘lim,

Xonadoning  baxtlarga  to‘lsin.

Inoq  bo‘ling  qaldirg‘ochlarday,

O‘z  uyiga  mehri  ziyoda.

Zurriyotlar  ko‘ring  paydar-pay,

Kamlik ko‘rmay yashang dunyoda.

Oyday  qizim,  bokira  qizim,

Borgan  uying  baxt  qasri  bo‘lsin.

Ey, sen ota qadrdon o‘g‘lim,

Xonadoning  baxtlarga  to‘lsin.

Inoq  bo‘ling  qaldirg‘ochlarday,

O‘z  uyiga  mehri  ziyoda.

Zurriyotlar  ko‘ring  paydar-pay,

Kamlik ko‘rmay yashang dunyoda.

16

16

uni, e’zozdagi  bekalik! Ammo...



hamisha ham u ardoqli bo‘lar-

mikan?  Chunki  hujjatlarda  u

chindan-da  shu  yigitning  jufti

haloli  ekani  aks  etmagan  —

qonuniy nikohdan o‘tmay tur-

mush  qurishgan  —  bu  muam-

molar  tug‘dirmaydimi?  Far-

zand dunyoga kelgach, “Bola-

ning otasi kim?” degan savollar,

otalikni belgilash, degan masala

o‘rtada  ko‘ndalang  bo‘lmay-

dimi?!


Uyiga bolasini opichlab kel-

gan ayol yashashga qaror qilib-

di. Hatto mahallaning boobro‘

keksalari  ikki  yosh  orasiga  tu-

shib, er-xotinni murosaga kelti-

rib  qo‘yishdi  ham.  Biroq  tur-

mushidan  ko‘ngli  to‘lmagan

erkak  sayoq  yurishni  qo‘yma-

gach, ayol ko‘rgan xo‘rliklariga

chidolmadi. Balki farzandlarini

hech  kimning  ko‘magisiz  ham

ulg‘aytirdi, deylik, ammo ertaga

ular voyaga yetgach, “ota” de-

gan  so‘z  nimaligini  tushuntira

olarmikan?!

Oilani,  farzand  qadrini

bilmagan  insondan  nima  ham

kutish  mumkin?  Achinarlisi,

uning biror marotaba bo‘lsa ham

nikoh  uyi  ostonasiga  qadam

qo‘ymagani...

Qo‘shni  ayollarning  og‘iz

to‘ldirib,  turmush  o‘rtoqlarini

maqtashi-yu, nikoh chog‘idagi

voqealarni  ipidan-ignasigacha

gapirishi uni battar o‘ksintiradi.

Esiz,  nega  o‘shanda  otasining

ra’yiga  qarshi  bormadi.  Qiz

bolaga bunday so‘zlarni aytish

shunchalar  ormidi-ya?  Yoki

onasining o‘gayligi uni otasidan

yiroqlatdimi?  To‘y  arafasidagi

qaror  keyingi  hayotining  de-

bochasi ekanini endi tushunib

turibdi.  Erining  sharti  bilan

nikohni  qonuniy  qayd  etma-

gani boshiga ne-ne savdolarni

orttirib olganini endi afsus bilan

eslaydi.  Faqatgina  qaynona-

sining ko‘ngliga qarab, boshqa

yumushlarga  ulgura  olmagan

kelin  eridan  dakki  eshitgani

eshitgan edi. Oiladagi notinchlik

sabab ketma-ket dunyoga kelgan

nosog‘lom bolalar ham turmu-

shini yanada chigallashtirdi.

O‘g‘lining  xotiniga  bepi-

sandligi qaynonaga qo‘l keldi.

Kelinga  o‘tkazgan  zulmlari

yetmaganday  uning  mol-

mulkiga ham ega chiqdi. Nima

qilsin,  biror  huquq  idorasiga

murojaat  etay  desa,  taqdim

etishga  hech  bir  hujjati  yo‘q.

Bolalari  uchun  nafaqa  talab

qilay  desa  ham  shu  to‘siqqa

duch  keladi.  Hatto  ijaraga  uy

olib  kun  kechirish  uchun  za-

rur  bo‘ladigan  buyumlardan

ham  mosuvo.  “Nima  qilsam

ekan,  bu  vaziyatdan  qanday

chiqish  mumkin?”  deya  kelin

boshini changallab qoldi...

Turmushda ro‘y berayotgan

ba’zi  noxush  hollarning  oldini

olish  uchun  hukumatimiz  to-

monidan  er-xotinning  haq-

huquqlari,  har  birining  mol-

mulkdagi  ulushi  qonuniy  taq-

simlanib,  shartnoma  asosida

tartibga solinyapti.

Nikoh  shartnomasi  de-

ganda, nikohlanuvchi shaxslar

er va xotinning nikohda bo‘lgan

davrida yo bo‘lmasa er-xotin-

ning nikohi bekor qilingan taq-

dirda ularning mulkiy huquq va

majburiyatlarini  belgilovchi

kelishuvi  tushuniladi.  Bosh-

qacha qilib aytganda, bu shart-

noma  er-xotinning  mulkiy

masalalarni  nizomlashmasdan

hal  qilish  yuzasidan  kelishu-

vidir.  Bu  shartnoma  nikohga

kiruvchi shaxslar roziligi bilan

yozma  ravishda  faqat  notarial

tartibda rasmiylashtiriladi. Res-

publikamizda  nikoh  shartno-

masini  tuzish  miqyosi  fu-

qarolar  faolligi  sababli  keng

qamrovga  ega  emas.  Ba’zan,

aholi o‘rtasida nikoh shartno-

masini tuzishi er-xotinning bir-

biriga  ishonmasligidan  dalolat

beradi,  degan  tushuncha  ham

bunga to‘sqinlik qiladi. Aslida bu

bir yoqlama fikr bo‘lib, zamo-

naviy  yoshlar  bunday  yuzaki

qarashlarni  noto‘g‘ri  deb  hi-

soblamoqdalar.  Ha,  nikoh

shartnomasining  tub  mohi-

yatini yosh avlodga izchil sing-

dirib borish maqsadga muvofiq.

Nikoh shartnomasining imzo-

lanishi er-xotinda bir-biriga va

oilasiga  nisbatan  mas’uliyat

hissini uyg‘otadi. Kelin-kuyov-

larning nikohdan so‘ng qayerda

istiqomat  qilishi,  kimning

ta’minotida bo‘lishi, oila barbod

bo‘lgan  taqdirda  kim  qayerda

yashashi, bunday  holatda oila

ta’minotini kim amalga oshirishi

yuzasidan  jiddiy  fikr  qilishga,

anglashilmovchiliklarni  o‘z

vaqtida bartaraf etishga undaydi.

Yoshlarning turli adashish va

noxush  yo‘llarga  kirib  ketmas-

ligida oila axloqining roli beqiyos-

dir. Islom Karimovning “Yuksak

ma’naviyat — yengilmas kuch”

kitobida  ma’naviy  tarbiyaning

ahamiyatiga alohida e’tibor beril-

ganligi bejiz emas. Bizda shaxs-

ning faolligi va iste’dodi oila er-

kinligi  bilan  mutanosib  olib

boriladi. Shuning uchun oilaning

moddiy  va  huquqiy  imkoni-

yatlarini  yaratish  jamiyatning

asosiy vazifalaridan biridir.

Soliha O‘RMONOVA,

Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani

FHDYO  bo‘limi  mudiri

KO`NGIL  KO`ZGUSI


17

1.  Asosiy  oziq  moddalar:

oqsil, yog‘lar va karbon suvlar.

2. Vitaminlar hamda mineral

elementlar.  Ushbu  moddalar

inson hayoti davomida muhim

vazifalarni  bajaradi.  Mineral

elementlar  bolalarning  dastlab-

ki o‘sish davrida nafaqat to‘qi-

malar  shakllanishida,  balki

barcha  fermentativ  tizim  faoli-

yatida ishtirok etib, qonning os-

motik bosimini ma’lum darajada

saqlab  turadi,  kislotali  ishqor

muvozanatiga  bevosita  ta’sir

etadi. Ayrim birikmalarning hu-

jayralar  pardasi  orqali  o‘tishiga

ko‘maklashadi.  Hayot  uchun

zarur  barcha  suyuqliklarning

tarkibiy  qismi  sifatida  alohida

vazifani  o‘taydi.

Ona suti sun’iy sutga nisba-

tan yengil hazm bo‘ladi. Ko‘krak

suti bolani ba’zi infeksiya va ka-

salliklardan  saqlaydi.  Go‘dak

uzoq  vaqt  emizilmasa,  onada

mastit va boshqa sut bezi kasal-

liklari kelib chiqadi. Ko‘krak bi-

lan emizishning yana bir ijobiy

tomoni,  onaning  homilador-

likdan  saqlanish  xususiyatidir.

Agar  yangi  tuqqan  ayol,

bolasini boshqa sun’iy aralash-

malar  bermay,  faqat  ko‘krak

suti bilan boqsa, shu vaqt jara-

yonida  ovulyasiya  sodir  bo‘l-

maydi.  Hayz  ko‘rish  boshlan-

maydi. O‘z-o‘zidan homila ham

bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik  kontratseptiv

vositalar ko‘krak bilan emizish-

ga  ta’sir  qilmaydi,  shuning

uchun  ham  ular  ona  va  bola

sog‘ligi uchun xavfsizdir. Faqat

kombinatsiyalangan  “oral”

kontratseptiv  vositalarni  ishla-

tish  mumkin  emas,  chunki

“estrogen”  garmoni  ona  suti

sifatiga  va  miqdoriga  ma’lum

darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi.



Ona  sutining  xosiyatlari.

Bolani  tug‘ilganidan  6  oylik

bo‘lgunga  qadar  faqat  ko‘krak

suti  bilan  emizish  maqsadga

muvofiqdir.  Bu  vaqt  davomida

ona suti go‘dakning oqsil, yog‘,

uglevod,  vitamin,  mineral

moddalar va suvga bo‘lgan tala-

bini  to‘liq  qondiradi.  Ona  suti

kasalliklarni  paydo  qiluvchi

mikrob va viruslarga qarshi ku-

rashadigan  moddalarga  boy

bo‘lib,  ular  go‘dakni  turli

yuqumli  kasalliklardan  himoya

qiladi. Bolani emizish, onaning

sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib,

ayollarda  uchraydigan  sut  bezi

va tuxumdon o‘smalaridan saq-

laydi. Ona suti go‘dak organizmi

uchun juda zarur bo‘lgan kalsiy

moddasining  so‘rilishiga  yor-

dam  berib,  raxit  kasalligining

oldini  oladi.  Shuningdek,

oshqozon  ichak  devorlarini

mustahkamlab,  himoyaviy  xu-

susiyatini  oshiradi.  Sut  tarki-

bidagi  temir  moddasi  bolani  6

oylik  bo‘lgunga  qadar  kam-

qonlikdan saqlaydi. Emizikli ona

taomi  tarkibida  sut,  go‘sht

mahsulotlari  va  ho‘l  mevalar,

sabzavot  yetarli  bo‘lishi  zarur,

shundagina ko‘krak suti miqdor

va sifat jihatidan yaxshi bo‘ladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling