1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralashtiruvchi
- Ishlatilish maqsadiga ko‘ra
Rekuperativ (yoki yuzali) issiqlik almashgichda issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan
devor orqali ajratilgan va issiqlik birinchi issiqlik tashuvchi muxitdan ikkinchisiga ularni ajratuvchi devor orqali o‘tadi. Regenerativ issiqlik almashgichda kattiq jismdan tarkib topgan bir xil yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontakda bo‘ladi. Kattiq jism unga tegib o‘tgan issiqlik tashuvchidan issiqlik olib isiydi; boshqa issiqlik tashuvchi o‘tganda esa kattiq jism o‘z issiqligini unga berib soviydi. Shunday qilib bunday qurilmalar (regeneratorlar) da issiqlik tashuvchi agentlarning xarakatidan tashqari kattiq jismning mavjud bo‘lishi zarur. Aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlarning o‘zaro uchrashuvi va aralashuvchi natijasida issiqlikning almashinishi yuz beradi. Issiqlik almashinish qurilmalari quyidagi belgilarga ko‘ra turlarga bo‘linadi: 1. Konstruktiv tuzilishi ko‘ra. 2. Ishlatilish maqsadiga ko‘ra. 3. Issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishiga ko‘ra. 4. Issiqlik berish usuliga ko‘ra turlariga bo‘linadi. Konstruktiv tuzilishi ko‘ra: – trubadan qilingan qurilmalar (qobik trubali, “truba ichida truba”, zmeyevikli va boshqalar; issiqlik almashinish yuzasi listli materialdan tayyorlangan qurilmalar (plastinali, spiralsimon va boshqalar); issiqlik almashinish yuzasini tayyorlashda nometall materiallar (grafit, plastmassa, shisha va xokazo) dan foydalanilgan qurilmadir; Ishlatilish maqsadiga ko‘ra – sovitkichlar, isitkichlar, bug‘latgichlar, kondensatorlar; Issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishiga ko‘ra – to‘g‘ri, qarama-qarshi, kesishgan va xokazo yo‘nalishli qurilmalar. Issiqlik berish usuliga ko‘ra issiqlik almashinish qurilmalari quyidagilarga bo‘linadi: 1) yuzali issiqlik almashinish qurilmalari, bularda issiqlik bir muxitdan ikkinchi muxitga ajratib turuvchi sirt (yuza) orqali o‘tadi; 2) aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari, bularda ish muxitlar bevosita o‘zaro aralashadi. Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligida kimyo va unga tutash bo‘lgan sanoat tarmoqlari uchun ishlab chiqarilgan issiqlik almashinish qurilmalarining taxminan 80% ni qobiq-trubali qurilmalar tashkil etadi. Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini tayyorlash oson, ishlatish esa qulaydir. Qobiq-trubali qurilmalar universal bo‘lib, undan xaroratlar keng intervalda o‘zgargan paytda xam foydalaniladi. Bundan tashqari, qobiqli-trubali qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishi turlicha bo‘lishi mumkin. “Truba ichida truba” tipidagi va po‘latdan qilingan zmeyevikli issiqlik almashinish qurilmalari issiqlik qurilmalarining umumiy xajmi ichida taxminan 8% ni, cho‘yandan tayyorlangan namlanadigan qurilmalar esa 2% ni tashkil etadi. Spiralsimon va plastinali xamda xavo bilan sovitiladigan issiqlik almashinish qurilmalarining ulushi xozircha kam, biroq yangi qurilayotgan texnologiya liniyalarida bunday qurilmalar keng o‘rin olmokda. Sanoat qurilmalarida issiqlik almashinishning shart-sharoitlari xar xil bo‘ladi. Issiqlik almashinish qurilmalari turlicha agregat xolatga (gaz, bug‘, tomchili suyuqlik, emulg‘siya va boshqalar) va xar xil xarorat, bosim va fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan ish muxiti uchun ishlatiladi. Sanoatda chiqariladigan issiqlik almashinish qurilmalari tipi, o‘lchamlari, parametrlari va materiallari bo‘yicha juda keng nomenklaturaga ega. Shu sababdan xar bir konkret sharoit uchun xamma kursatkitchlari bo‘yicha optimal bo‘lgan qurilma tanlab olish imkoniyati mavjud. Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlashda quyidagi umumiy qonuniyatlarga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling