1. Jinoyat ishlar bo’yicha Zarafshon shahar sudi tashkiliy tuzilish


Jinoyat ishlar bo’yicha Zarafshon shahar sudida ish yuritish tartibi


Download 200.51 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi200.51 Kb.
#1006955
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

3. Jinoyat ishlar bo’yicha Zarafshon shahar sudida ish yuritish tartibi.
Jinoyat ishlari boʼyicha Zarafshon shahar sudida (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) ish yuritishning asosiy qoidalari bayon etilgan boʼlib, hujjatlarni qayd etish, rasmiylashtirish, saqlash va foydalanish, sud qarorlarini ijroga qaratish, sud ishlari va hujjatlarning harakatini tegishli shakllarda aks ettirish, kadrlarga oid ishlarni yuritish, ijro boʼyicha nazorat olib borish tartibini belgilaydi. Sudda ish yuritish amaldagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda yagona tizim asosida mazkur Yoʼriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Ish yuritish shtat jadvalida koʼrsatilgan yoki mansab Yoʼriqnomasida belgilangan sud apparati xodimlari tomonidan olib boriladi. Mavjud lavozimlar uchun xizmat vazifalari Oliy sud Rayosatining 2020 yil 26 noyabrdagi “Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʼyicha tumanlararo, tuman shahar sudlari, jinoyat ishlari boʼyicha tuman, shahar sudlari va tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari sud apparati xodimlarining mansab yoʼriqnomalarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi RS-61-20-sonli qarori bilan belgilanib, lavozimga tayinlangan sud apparati xodimi xizmat vazifasi bilan toʼliq tanishtiriladi. Sud raisi xizmat yuzasidan zarurat boʼlgan hollarda sud apparati xodimlari oʼrtasida vazifalarini qayta taqsimlashga haqli. Yoʼriqnoma talablari asosida ish yuritishni tashkillashtirish sud raisining oʼrinbosari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Sudyalar va sud apparati xodimlari oʼzlariga koʼrib chiqish uchun topshirilgan hujjatlarni saqlash va ularning ijrosini taʼminlash uchun shaxsan javobgardir. Sud apparati xodimlari oʼzlariga koʼrib chiqish uchun topshirilgan xizmatga oid hujjatlar, muayyan ish bilan bogʼliq tafsilotlar, shuningdek, sudning “E-XSUD” axborot tizimida (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) mavjud maʼlumotlar bilan boshqa shaxslarni tanishtirishi, ularga axborot taqdim etishi, suratga olishi va tarqatishi man qilinadi.
Xizmatga oid hujjatlarni ommaviy axborot vositalarida oshkor qilish, ulardan maʼruza va nutqlarda foydalanishga faqat sud raisining ruxsati bilan yoʼl qoʼyiladi. Sudda qogʼozni tejash va undan oqilona foydalanish, ortiqcha vaqt va mehnat sarfini oldini olish maqsadida ish yuritish axborot tizimi asosida amalga oshiriladi. Аxborot tizimidan foydalangan holda hujjatlarni qayd etish, rasmiylashtirish, saqlash va foydalanish, sud qarorlarini ijroga qaratish, sud faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni tayyorlash va shakllantirish, kadrlarga oid ishlarni yuritish, ijro boʼyicha nazorat olib borish tartibi Oliy sud Rayosatining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etiladi. Sud apparati xodimi mehnat taʼtilida boʼlganda yoki boshqa sabablarga koʼra oʼz vazifasini bajara olmagan hollarda uning vazifasini mansab yoʼriqnomasi boʼyicha biriktirilgan xodim yoki sud raisining topshirigʼiga muvofiq boshqa xodim bajaradi. Shuningdek, xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilganda yoki boshqa ishga oʼtkazilganda, uning ish yurituvida boʼlgan barcha hujjatlar yangi tayinlangan xodimga yoki uning vazifasini bajarish vaqtincha yuklatilgan xodimga topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida topshiriladi. Sudga shaxsan topshirilgan, elektron pochta manzillari orqali hamda pochta aloqa xizmatlari orqali kelgan hujjatlar va murojaatlar sud devonxonasi orqali qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi. Shaxsan topshirilgan hujjat va murojaatlar ish kuni davomida qabul qilinadi. Hujjat va murojaatlarni qabul qilishda barcha hujjatlarning asli va nusxasi ilovada ko‘rsatilgan hujjatlar soni va nomi bo‘yicha tekshiriladi. Sudga murojaat qiluvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjat va murojaatlarning ilovasidagi hujjatlar ko‘rsatilgan sonidan ko‘pligi yoki kamligi, asl nusxasi deb ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxasi taqdim etish holatlari aniqlangan taqdirda, mas’ul sud xodimi tomonidan ulardagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun murojaat qiluvchilarga qaytariladi. Tegishli kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng hujjat va murojaatlar qabul qilinadi.
Agarda murojaat qiluvchilar hujjatlarni kamchiliklar bilan qabul qilishni talab qilsa, hujjat va murojaatlar qabul qilinishi shart. Bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzilib, u sudning mas’ul xodimlari va murojaat qiluvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan imzolanadi. Murojaat qiluvchi yoki uning qonuniy vakili dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu haqda uning sabablari ko‘rsatilgan holda dalolatnomaga qayd etiladi. Dalolatnomaning bir nusxasi murojaat qiluvchi yoki uning qonuniy vakiliga taqdim etiladi, uni qabul qilish rad etilgan hollarda esa, ularga pochta orqali yuboriladi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi yig‘majildga qo‘shiladi, uchinchi nusxasi esa taqdim etilgan hujjatlarga ilova qilinadi. Konvert, banderol, maxsus aloqa xizmatidan kelayotgan jo‘natmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega, shuningdek boshqa har qanday pochta jo‘natmalari sud devonxonasida ochiladi va ularning to‘liqligi tekshiriladi. Hujjat va murojaatlar to‘liq rasmiylashtirilmagan, ularning ilovasidagi hujjatlar ko‘rsatilgan sonidan ko‘p yoki kam bo‘lgan, asli deb ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxasi taqdim etilgan yoki ularga doir ilovalarning shikastlanganligi va ochilganda mavjud bo‘lmasa, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi xat-jildni jo‘natuvchi tashkilotga yoki shaxsga yuboriladi, ikkinchisi esa devonxonaning o‘zida qoladi . Kelib tushgan sud ishlari bo‘yicha ularning jildlari, ishdagi hujjatlar esa uning ro‘yxati bilan solishtiriladi. Pochta konverti hujjatlarga ilova qilinadi. Bitta pochta konvertida bir nechta bir-biriga taalluqli bo‘lmagan hujjat va murojaatlar kelib tushgan taqdirda, konvert ularning eng muhimiga, qolgan hujjatlarga esa uning nusxasi ilova qilinadi. Kelib tushgan barcha hujjat va murojaatlarning birinchi betini pastki o‘ng burchagiga, agarda bunga imkoniyat bo‘lmasa, varaqning matndan bo‘sh joyiga ro‘yxatga olish shtampi qo‘yilib, unda kelib tushgan sana, ro‘yxatga olingan (axborot tizimi orqali berilgan) tartib raqami va ilovalari soni ko‘rsatiladi. Ro‘yxatga olish shtampi asosiy murojaat yoki hujjatlarga qo‘yiladi. Hujjat va murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda devonxona xodimi tomonidan axborot tizimi orqali ularga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar bor yoki yo‘qligi tekshiriladi. Har bir hujjat va murojaat devonxona xodimi tomonidan axborot tizimida bir marta ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Avval yuborilgan hujjat takroran (pochta, faks va shunga o‘xshash boshqa aloqa vositalari orqali) kelgan taqdirda, ular ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan avvalgi hujjatga qo‘shib ko‘rish uchun mas’ul ijrochiga topshiriladi. Yil tugagach, ko‘rilmay qolgan ish, hujjat va murojaatlar yangi yilga qoldiq sifatida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sudi, shuningdek boshqa muassasalardan sudlarning faoliyatiga taalluqli, ayni vaqtda rahbariyat qarorini talab etuvchi hujjatlar devonxonada axborot tizimi orqali ro‘yxatga olinib, darhol (bir soat mobaynida) ko‘rib chiqish uchun sud raisi yoki uning o‘rinbosariga beriladi. Hujjatlarni ijro etuvchilarga berish ularning kelib tushgan kunida, ish vaqti bo‘lmagan vaqtda kelib tushganda keyingi ish kunida amalga oshirilishi kerak. Sudga kelib tushgan ish, shikoyat (protest)lar sud devonxonasi tomonidan qat’iy ravishda faqat axborot tizimi orqali sudyalar o‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlanadi. Sudga kelib tushgan ish, shikoyat (protest) va materiallardan tashqari hujjat, murojaat, topshiriq va boshqalar sud rahbariyati tomonidan ijrochilar o‘rtasida qo‘l yozma shaklida taqsimlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Bir necha ijrochilar tomonidan ijro etiladigan hujjat va murojaatlarning asli asosiy ijrochi (rahbar ustxatida birinchi ko‘rsatilgan)ga uning nusxalari esa qolgan ijrochilarga beriladi. Bunday hujjat va murojaatlarni ijrochilarga taqdim etish elektron shaklda axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Nazoratga olingan hujjat yoki murojaatlar uni nazoratga olgan sud raisi yoki o‘rinbosariga axborot berib, masala to‘liq hal etilgandan keyin nazoratdan chiqariladi. Bu haqdagi ma’lumotlar axborot tizimida qayd etiladi va tegishli yig‘majildda saqlanadi. Ijro etish muddati kelgan hujjat yoki murojaatlar bo‘yicha sud devonxonasi tomonidan ijrochiga, ijro muddati o‘tkazib yuborilgan hujjat yoki murojaatlar bo‘yicha esa sud rahbariyatiga axborot beriladi. Sud tarkibiy tuzilmalarining chiqish raqamlari qayd etilishi va nomenklatura bo‘yicha yig‘majildlariga raqam berilishi quyidagi indekslar bilan belgilanadi: "1" Devonxona; "2" Arxiv. Ushbu indekslar zarurat tug‘ilganda davom ettirilishi mumkin. Pochta orqali kelgan hujjat va murojaatlar qog‘oz shaklidagi hujjat va murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari asosida hamda axborot tizimi orqali yuborish turiga qarab alohida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ijrochiga topshiriladi. Kelgan telegramma qabul qilingan sana va vaqti belgilangan holda tilxat orqali qabul qilinadi, hujjat va murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda muhimligiga qarab belgilangan muddatda ijrochiga topshiriladi. “Xizmat doirasida foydalanish uchun” (XDFU) belgilari qo‘yilgan hujjatlar faks, telegramma va shunga o‘xshash aloqa vositalari hamda elektron pochta orqali yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalariga asosan sudga murojaat qilish ularda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga axborot tizimi orqali Oliy sudning Interaktiv xizmatlar portali (my.sud.uz)da joylashtirilgan “Murojaat” rukni orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin. Hujjat va murojaatlar elektron shaklda kelib tushganda, agarda murojaat qiluvchi o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda (elektron shakllantirilgan murojaatdan tashqari) sud devonxonasi tomonidan quyidagi hujjatlar (mazkur hujjatlar mavjud bo‘lgan hollarda) qog‘ozga chiqariladi:
a) ariza, iltimosnoma, apellyatsiya shikoyati (protesti), qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi iltimosnoma va shunga o‘xshash asosiy murojaatlar); b) elektron shaklda kelgan murojaatlarning ilovalari ko‘rsatilgan ro‘yxat (mazkur ilovalar elektron dastur orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi). Sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda kelib tushgan hujjat va murojaatlar shu kunning o‘zida yoki keyingi ish kunining birinchi yarmida sud devonxonasi tomonidan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Elektron shaklda kelgan (elektron shakllantirilgan hujjat yoki murojaatlardan tashqari) hujjat yoki murojaatlar sud devonxonasi tomonidan ularning birinchi varag‘i (hujjat yoki murojaatlarga ilova qilingan hujjatlardan tashqari) qog‘ozga chiqarilib, ularning birinchi varag‘iga “Elektron shaklda kelgan” shtampi qo‘yiladi. Elektron shakldagi hujjat va murojaatlar yuborish turiga qarab mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Sudyalar va sud apparati xodimlari ish, murojaat va hujjatlar bilan ishlashning barcha bosqichlarini mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda va muddatlarda axborot tizimiga qayd etish lozim. Ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ish va hujjatlar ijrochilarga topshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tegishli elektron raqamli imzolangan yoki skaner yordamida elektron shaklga keltirilgan (imzolangan holda) ishlarga taalluqli bo‘lmagan hujjat va murojaatlar axborot tizimi orqali ro‘yxatga olinadi va shu tizimda elektron shaklda saqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjat va murojaatlar kelgan kunning o‘zida yoki keyingi ish kunining birinchi yarmidan kechiktirmasdan mas’ul ijrochiga axborot tizim orqali avtomatik ravishda shakllanadigan ro‘yxat asosida imzo orqali topshiriladi. Hujjat va murojaatlar yuborilganligi yoki topshirilganligi haqidagi ma’lumotlar, ular yuborilgan yoki topshirilgan kunning o‘zida axborot tizimiga qayd etiladi. Sudya va sud apparati xodimlari o‘zlarining ish yurituvida bo‘lgan ish va hujjatlarning saqlanishi, shuningdek mazkur Yo‘riqnoma talablariga to‘liq rioya qilish yuzasidan shaxsan javobgardir. Qalbaki sud hujjatlari, ijro varaqalari va boshqa hujjatlar aniqlangan taqdirda, sudyalar va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari bu haqda sud raisiga axborot berishi shart. Ish va boshqa hujjatlar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda, bu haqda zudlik bilan sud raisi xabardor qilinishi lozim. Hujjatlarning yo‘qolishi yoki yaroqsiz holga kelishi holatlari haqida dalolatnoma tuziladi. Zarur hollarda esa, yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan hujjatlar aniqlangan paytdan boshlab o‘n kunlik muddat ichida xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin. Ish yo‘qolgan taqdirda, belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi shart. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish natijalari haqida sud rahbariyatiga u tamomlangan paytdan boshlab uch kunlik muddatda tegishli hujjatlar ilova qilingan holda axborot taqdim etiladi. Axborot xatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiyani tayinlash, komissiyaning xulosalarini tasdiqlash haqidagi buyruqlar; xizmat tekshiruvi natijalari va unga ilova qilinadigan hujjatlar; ish yo‘qolgan taqdirda esa, ishni tiklash haqidagi buyruq, tushuntirish xatlari va boshqa mazkur holatga bog‘liq hujjatlar.



Download 200.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling