3-savolga javob: Ushbu jinoyat yuzasidan komissiyaviy ektspertiza o‘tkazilish asosini tushuntirib bering ?
Birinchi navbatda ekspertiza ushbu holatni aniqlash uchun o’tkaziladi yani Navro’zovni qachondan beri bu kasallikni yuqtirganligi va uning qonida OITSni qanday darajadagi turi mavjudligi. Kamissiyaviy ekspertiza o’tkazish uchun esa tergovchi yoki prokuror tomonidan belgilangan qaror asos bo’ladi. Komissiyaviy ekspertiza JPK ni 177-moddasida belgilangan tartibda murakkab ekspertiza hisoblanadi. Bunda har bir Navro’zov bergan va qonidan olgan bemorlar alohida ko’rib chiqilishi lozim. Ekspertlar o’zaro maslahatlashadi va ikki yoki undan ortiq ekspertlar umumiy xulosaga kelib turib bir qarorga keladi.
Bu holat ko’rish kerak bo’lgan asosiy jihatlar qon natijasida qay darajada ziyon yetkazilganligi yani ularning sog’lig’iga ushbu donorlik olgandan so’ng qanday holatlar kelib chiqqanligi, agarda o’lim holati kelib chiqqan taqdirda bu ishni og’irlashtiruchi holat hisoblanadi.
Komissiyaviy ektspertiza tayinlash to‘g‘risida
Q A R O R
2022 yil 22 may Mirzo Ulug‘bek tumani
(kun, oy) (hudud)
Mirzo Ulug‘bek tumani Prokrotura tergovchisi 1-darajali yurist Gafarov Zafar 20342013-sonli jinoyat ishi materiallari bilan tanishib, quyidagilarni
A N I Q L A D I M:
Navro’zov tomonidan o’z qon tarkibida OITS borligini bila turib donorlik qilish natijasida boshqa shaxslarga yuqtirish holati va ularning holati qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 172, 173, 174 va 180-moddalarini qo‘llab,
Q A R O R Q I L D I M:
1. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlansin
va uni o‘tkazish Qayumov Rovshan, Muzaffarov Saidislom va Nuriddinov TEMURga topshirilsin.
2. Ekspertlar bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki
dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchining, tergovchining
yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek, xulosa
berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun JKning
238, 240-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida
ogohlantirilib, ekspert oldiga hal qilish uchun quyidagi savollar
qo‘yilsin:
Nozo‘raki o‘lim holatlarida sud-tibbiy ekspertizasi hal etishi
uchun ekspert oldiga quyidagi savollar qo‘yiladi:
2.1. Holat qanday sababga ko‘ra yuz bergan?
2.2. Holat yuz bergan vaqt aniqlansin.
2.3. vaziyatdan so’ng Nazarovni holati o‘zgartirilganmi?
2.4. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop
moddalar iste’mol qilish bilan o‘lim o‘rtasida sababiy bog‘lanish
mavjudmi?
2.5.. Shaxs hayotiylik davrida qanday kasalliklar bilan og‘rigan?
2.6. Hayotiy kasalliklar va o‘lim o‘rtasida sababiy bog‘lanish bormi?
2.7. Tan jarohat yetkazilishining mexanizmi, muddati va og‘irlik
darajasi aniqlansin.
2.8. Tan jarohat yetkazilishi va o‘limning sodir bo‘lishi o‘rtasida
sababiy bog‘lanish bormi?
3. Ekspert ixtiyoriga Qayumov RovshanMuzaffarov Saidislom va Nuriddinov Temurga yuborilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |