1. Jinoyat protsessual ishtirokchilarni aniqlang va ularning ushbu jinoyat doirasidagi huquq va majburiyatlarini tushuntiring


Fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish huquqi to‘g‘risida


Download 34.58 Kb.
bet8/11
Sana30.04.2023
Hajmi34.58 Kb.
#1404192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
gafarov zafar JPK 3ta kazus javob

Fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish huquqi to‘g‘risida
X A B A R N O M A
05.01.2018 yilda Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan Obidovning sog’lig’iga zarar yetkazilganligi holati yuzasidan Mamurov va Lisov shaxslariga nisbatan JKning 105-moddasi 1-qism va 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Mamurov va Lisov shaxslari ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etish uchun jalb qilingan. Jinoyat oqibatida ayblanuvchilar Mamurov va Lisov shaxslari Sizga
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 276-moddasiga asosan, xayblanuvchilarga nisbatan fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atishga haqli ekanligini ma’lum qilaman. Shu sababli, Mirobod tuman prokuraturasining tergovchisi Gafarov Zafarga, Obidovga yetkazilgan moddiy va mulkiy zararlarning miqdorini ko‘rsatgan holda fuqaroviy da’vo arizasi taqdim etishingiz lozim bo‘ladi.
Mirobod tuman prokuraturasi
tergovchisi 1-darajali yurist
(imzo)
Gafarov Zafar
2018 yil 15 yanvar
chiq. № 15/12-15-15
Fuqaroviy da’vogar tariqasida e’tirof etish haqida
Q A R O R
2018 yil 17 yanvar Mirobod tuman
(kun, oy) (hudud)

Obidovning sog’lig’iga zarar yetkazilganligi holati yuzasidan Mamurov va Lisov shaxslariga nisbatan № 15/12-15-15-sonli jinoyat ishi materiallari bilan tanishib, quyidagilarni



A N I Q L A D I M:
Mamurov va Lisov shaxslari Obidovning sog’lig’iga zarar yetkazilganligi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning105-moddasi 1-qismi nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.
Ayblanuvchilar Mamurov va Lisov jinoiy qilmishi bilan fuqaro Obidovga 24000000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Fuqaro Obidov 2018 yil “17” yanvar da da’vo arizasida uni
fuqaroviy da’vogar tariqasida e’tirof etishni so‘raganligini
inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 56, 64, 275, 276 va
277-moddalarini qo‘llab,
Q A R O R Q I L D I M:
1. Obidov mazkur jinoyat ishi bo‘yicha fuqaroviy da’vogar tariqasida e’tirof etilsin va unga bu haqda e’lon qilinsin.
2. Qarorning nusxasi Mirobod tuman prokuroriga yuborilsin.
tergovchisi 1-darajali yurist Gafarov Zafar

3 Kazus.
Navro’zov Osiyo mamlakatlarining birida tarjimon bo’lib ishlagan vaqtida OITS virusini yuqtirib olgan. O’zbekistonga qaytib kelgach, u bankda ish boshlab, kasalligi to‘g‘risida xabardor holatda, qon berib donorlik qildi.
Navro‘zovning qoni quyilgan bemorlardan biri OITS virusidan vafot etdi. Ushbu holatda shifokorlar infeksiya manbasini izlab topishga majbur bo’lishdi. Shifokorlar tomonidan Navro’zov virus tashuvchisi ekanligi aniqlanganda, ular uning kasalligi va kasallikni boshqa odamlarga yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida tilxat yozdirib ogohlantirishdi. Biroq, Navro‘zov o‘ziga berilgan ogohlantirishga e’tibor qaratmay, turli kasalxonalarda donor sifatida qon berishni davom ettirdi.

Download 34.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling