1. Navro‘zovning harakatlariga JPK belgilangan asoslarga ko’ra, jinoyat ishini qo’zg’atish mumkinmi?
2. Jinoyat protsessual ishtirokchilarni aniqlang va ularning ushbu jinoyat doirasidagi huquq va majburiyatlarini tushuntiring.
3. Ushbu jinoyat yuzasidan komissiyaviy ektspertiza o‘tkazilish asosini tushuntirib bering.
4. Navro‘zovga nisbatan qo’llaniladigan ehtiyot choralarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladimi?
Javob:
1-savolga javob: Navro‘zovning harakatlariga JPK belgilangan asoslarga ko’ra, jinoyat ishini qo’zg’atish mumkinmi?
Navro’zning harakatlari JPK belgilangan asoslarga ko’ra jinoyat ishi qo’zg’atish mumkin. O 'zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 321-moddasiga muvofiq vakolatli mansabdor organlar va shaxslar xuddi shu moddada belgilangan jinoyat belgilari mavjud bo' lgan taqdirda jinoyat ishini qo ' zg ' atishlari shart. Bunday holatda Navro'zov o'z kasalligi haqida bilar edi va boshqa odamlarning sog'lig'iga xavf tug'dirdi va beparvolik bilan harakat qilishni davom ettirdi va bu jinoyat sifatida tan olinishi kerak chunki O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 113-moddasiga binoan "jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasallik yoki OIV infektsiyasi/OITS tarqalishi"bo'yicha jinoyat sodir etayotganini bilar edi shu sabadan ham jinoiy ish qo’zg’atilinadi. Birinchi navbatda u shifokorlar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi va ichki ishlar organlari JPK ni 345-moddasiga asosan ichki ishlar tergovchilari tomonidan amalga oshiradi va Navro’zovga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atadi.-savolga javob:Navro’zning harakatlari JPK belgilangan asoslarga ko’ra jinoyat ishi qo’zg’atish mumkin. Birinchi navbatda u shifokorlar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi va ichki ishlar organlari JPK ni 345-moddasiga asosan ichki ishlar tergovchilari tomonidan amalga oshiradi va Navro’zovga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atadi.
2-savolga javob: Jinoyat protsessual ishtirokchilarni aniqlang va ularning ushbu jinoyat doirasidagi huquq va majburiyatlarini tushuntiring ?
Ushbu kazusda ayblanuvchi Navro’zov, jabrlanuvchilar esa u qon bergan va uning qonidan donor olgan barcha bemorlar, guvohlar esa ularning ishini yuritgan doktorlar va boshqa hamshiralar hisoblanadi.
Barcha hodisalarda aytib o'tilganidek, bu holatda ham jinoyat-protsessual huquqining ishtirokchilari quyidagi shaxslar bo'ladi:
Navro'zov gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida;
Ushbu jinoyatni tekshiradigan tergovchi;
Tergovning qonuniyligini nazorat qiladigan va sudda ayblaydigan prokuror;
Ishni ko'rib chiqadigan va qaror chiqaradigan sudya.
Ushbu jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanib qo’yilgan. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi o'z huquq va erkinliklarini himoya qilish, advokat olish, jinoyat ishi materiallari bilan tanishish va dalillar jarayonida ishtirok etish huquqiga ega. Tergovchi va prokuror tergov va ayblov xulosasida qonuniylikka rioya qilishlari shart. Sudya tomonlar taqdim etgan dalillar asosida haqqoniy qaror qabul qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |