Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlash to‘g‘risida
Q A R O R
2023 yil 16 mart Toshkent shahri
(kun, oy) (hudud)
Chilonzor tumani Prokrotura tergovchisi 2-darajali yurist Gafarov Zafar, No-21032023-sonli jinoyat ishi materiallari bilan tanishib, quyidagilarni
A N I Q L A D I M:
Ziyayevning o’z rafiqasini o’ldirganlik holatini aniqlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 172, 173, 174 va 180-moddalarini qo‘llab,
Q A R O R Q I L D I M:
1. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlansin
va uni o‘tkazish Qayumov Rovshanga topshirilsin.
2. Ekspert bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki
dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchining, tergovchining
yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek, xulosa
berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun JKning
238, 240-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida
ogohlantirilib, ekspert oldiga hal qilish uchun quyidagi savollar
qo‘yilsin:
Nozo‘raki o‘lim holatlarida sud-tibbiy ekspertizasi hal etishi
uchun ekspert oldiga quyidagi savollar qo‘yiladi:
2.1. O‘lim qanday sababga ko‘ra yuz bergan?
2.2. O‘lim yuz bergan vaqt aniqlansin.
2.3. O‘limdan so‘ng murdaning holati o‘zgartirilganmi?
2.4. Shaxs o‘limidan oldin ovqatlanganmi? Agar ovqatlangan bo‘lsa,
qachon va qanday ovqatlarni iste’mol qilgan?
501
2.5. Shaxs o‘limidan oldin spirtli ichimliklar, giyohvandlik
vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilganmi? Agar iste’mol
qilgan bo‘lsa, qanday miqdorda, mastlik darajasi qanday?
2.6. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop
moddalar iste’mol qilish bilan o‘lim o‘rtasida sababiy bog‘lanish
mavjudmi?
2.7. Shaxs hayotiylik davrida qanday kasalliklar bilan og‘rigan?
2.8. Hayotiy kasalliklar va o‘lim o‘rtasida sababiy bog‘lanish bormi?
2.9. Murda tanasida tan jarohatlari mavjudmi? Ular hayotiymi?
2.10. Tan jarohat yetkazilishining mexanizmi, muddati va og‘irlik
darajasi aniqlansin.
2.11. Tan jarohat yetkazilishi va o‘limning sodir bo‘lishi o‘rtasida
sababiy bog‘lanish bormi?
3. Ekspert ixtiyoriga Qayumov Rovshanga yuborilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |