1. Jinsiy organiar. Birlamchi jinsiy hujayralarning kelib


Download 89 Kb.
bet5/8
Sana16.04.2023
Hajmi89 Kb.
#1360310
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9.SIYDIK AYIRISH VA JINSIY ORGANLARNING TUZILISHI

Urug' olib ketuvchi yoi. Bu yo'l ustki tomondan ikki qavatli epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo'lib, unda kutikula aniq ko'rinib turadi. Ichki qismi shilliq pardadan iborat. Shilliq pardada siyrak biriktiruvchi to'qima bor. Unda ichki, o'rta va tash-qi muskul qatlamlar joylashgan.
Urug' olib ketuvchi yo'lning muskul qavatini, peristaltik harakati tufayli sperma bu yo'lda surilib harakatlanadi va eyakulyasiya vaqtida uning chiqib ketishi ta'minlanadi.
Urug' pufakchalari. Urug' pufakchasi, yoki xaltasi urug' olib ketuvchi yo'lning kengaygan joyi bo'lib, uning devori uch qavatdan: shilliq, muskul va biriktiruvchi to'qimadan iborat.
Urug' pufakchasi - urug' saqlovchi joy deb hisoblanar edi. Keyingi ma'lumotlarga qaraganda, bu pufakcha qo'shimcha jinsiy bez bo'lib, suyuqlik ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik spermaga aralashib, uni suyultiradi va neytrallaydi.
Urug' otuvchi kanal. Bu kanalning ichki shilliq qavati epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo'lib, unda yaxshi rivojlanmagan muskul ham bor. Tashqi tomondan biriktiruvchi to'qima bilan o'ralgan. Bu kanal devorida ba'zi ortiqlar bor. Ularning ba'zilari urug' pufakchasi bilan bir xil tuzilgan va shuning uchun qo'shimcha pufakcha ham deb hisoblanadi. Boshqalari esa prostata bezining naylarini eslatadi.
Prostata bezi. Bu bez urogenital sinus murtagidan rivojlanib, siydik chiqaruv kanaliga ochiladi. Bu bez muskulh a'zo bo'lib, uning bez qismi alveolalar, sekretor bo'limlar va naylardan iborat. Unda muskuldan tashqari, biriktiruvchi to'qima ham bo'ladi. Bu ikkala to'qima bezni 30-50 ta bo'laklarga ajratadi. Muskul tutamlari eyakulyasiya vaqtida bez bo'laklaridan sekretni chiqarib yuboradi. Bezning oxirgi bo'lagining naylari, siydik chiqaruv kanalining prostata qismiga ochiladi.
Prostata bezining sekreti yopishqoq bo'lib, ishqoriy muhitga ega bo'lgan (RN-8-8,4), oq rangli suyuqlikdir. Bu sekretning tarkibida suv, nukleoprotein, iesitin, xolin, spermin (spermaga maxsus hid berib turuvchi organik modda), kaliy tuziari va boshqa tuzlar bo'ladi. Bundan tashqari, prostata bezidan prostoglandin moddasi ham ishlab chiqariladi. Bu modda lipid tabiatli biologik faol modda bo'lib, uning A, ye, F guruhlari bor. Shulardan F prostoglandin silliq muskuUarni qisqartirsa, ye turi muskuUarni bo'shashtiradi. Uning bu xususiyatlaridan tug'ish-abort paytlarida foydalaniladi. Bundan tashqari, prostoglandin yurak qisqarishi, buyrakda ionlar reabsorbsiyasi va arterial bosimni boshqaradi. Qarilikda prostata bezining kanallari yopilib, sekret ishlab chiqarmaydi.
Urug'don do'mboqchasi. Siydik chiqaruv kanalining orqa devorida o'rnashgan. Uning yuzasi epiteliy to'qima bilan qoplangan bo'lib, ichki qismi silliq muskul va biriktiruvchi to'qimalardan tuzilgan. Urug'don do'mboqchasida nerv tolalari ko'p bo'lib, ularning qo'zg'alishi tufayli creksiya va eyakulyasiyaning ba'zi fazalari yuzaga keladi. Urug'don do'mboqchasi, ereksiya vaqtida eyakulyatning siydik pufagiga qarab oqishiga yo'l qo'ymaydi va siydik chiqishiga qaishilik ko'isatadi, siydik chiqayotganda aksincha faoliyat ko'isatadi.
Bulbouretral bezlar. No'xat urug'i kattaligidagi bir juft bez bo'lib, yo'li siydik chiqaruv kanalining boshlanish qismiga ochiladi. Sekretor Ixi'lirnlarining orasida, silliq muskul tolalarini saqlovchi biriktiruvchi to'qima bo'ladi. Chiqaaxv naylari va uning shoxobchalari har xil shakldagi kengaygan joylar hosil qilgan bo'lib, bir qavatli epiteliy to'qimasi bilan qoplangan. Bu bezning sekreti, spermatozoidning erkin harakatiga yordam beruvchi l)iologik faol moddalardir.
Jinsiy olat. Jinsiy olat asosini uchta g'ovaksimon tana: ikkita jinsiy olat H'wak tanasi va bitta siydik chiqaruv kanalining g'ovak moddasi tashkil i-iadi. Ularning har biri zich fibroz parda bilan o'ralgan bo'lib, oqsil parda ilrb ataladi va ichki aylana, tashqi bo'ylama kollagen fibrillalardan tashkil lopgan. Oqsil pardadan g'ovaksimon tana ichiga, ko'p sonli biriktiruvchi io'qimadan iborat to'siqlar ketadi. Bu to'siqlar lakunar bo'shliqlar Nislemasini tashkil etadi. Ularning ichki qismi endoteliy bilan qoplangan Ixi'lib, venoz qon bilan to'lgan bo'ladi. Bu to'siqlarda silliq muskul hujayralari va clastik tolalar joylashgan. Ereksiya holatida bu lakunar bo'shliqlar kuchli kenpayadi, ular orasidagi to'siqlar yupqalashadi va spermatozoid tashqariga otilib chiqadi.
Urg'ochilik jinsiy organlari. Urg'ochilik jinsiy sistemasi bir juft (uxiimdon, bachadon nayi, bachadon, qin va tashqi jinsiy a'zolardan iborat.
'I'uxumdon. Tuxumdon ikkita vazifani bajaradi. Birinchidan, tuxum liujayraiii yetishtirib chiqarsa, ikkinchidan, jinsiy gormonlar ishlab

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling