1. Jinsiy organiar. Birlamchi jinsiy hujayralarning kelib


Download 89 Kb.
bet4/8
Sana16.04.2023
Hajmi89 Kb.
#1360310
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9.SIYDIK AYIRISH VA JINSIY ORGANLARNING TUZILISHI

Sudralib vuruvchilarning erkagida bir juft urug'don, urug'don ortig'i, urug' yo'li, kopulyativ organlar mavjud. Urg'ochilarida bir juft ovalsimon tuxumdon, tuxum yo'li bor.
Qushlarning erkagida bir juft dukkaksimon urug'don bo'Ub, ko'payish oldidan kattalashadi. Urug'dondan urug' yo'li boshlanib, kloakaga yaqin joyda urug' xaltasini hosil qiladi.
Urg'ochilarning chap tuxumdoni yaxshi taraqqiy etgan bo'lib, chap tuxum yo'li ham yo'g'on va yaxshi taraqqiy etgan. Tuxum yo'lining uchki qismi, fallopiev nayi deyiladi va uning ichki qismida ko'plab oqsil bezlar bo'ladi. Tuxum yo'lining kengaygan joyi bachadon, undan keyin qin va kloaka joylashgan.
Erkaklik jinsiy "organlari sistemasi bir juft urug'don, urug' olib ketuvchi naylar, prostata bezi, urug' saqlovchi xalta va tashqi jinsiy organdan iborat.
Urug'don. Urug'don yoki moyak ovalsimon tanachadan iborat bo'lib, ikkita xususiy parda bilan qoplangan: 1. Seroz parda mezotehy hujayralaridan tuzilgan bo'lib, urug'donning asosiy qismini qoplab turadi. 2. Zich biriktrruvchi to'qimadan iborat bo'lgan oqsil pardada qon tomirlar ko'p bo'lib, u tomirli parda ham deb ataladi. Oqsil parda urug'donning bir tomonida qalinlashadi va urug'don oralig'i deb nomlanadi. Uning ichida kapillyar qon tomirlar va urug'don to'ri joylashgan. Shu oraliqdan tomirU pardaga qarab biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lgan radial to'siqlar tarqaladi. Bu to'siqlar urug'donni bo'laklarga ajratadi. Bo'laklar soni odamda 100-250 tagacha bo'ladi. To'siqlar clastik tolalardan iborat bo'hb, ulardan urug'donni oziqlantiruvchi yirik qon tomirlar o'tadi (25-rasm).
Urug'don ortig'i. Urug'don ortig'i nayining bo'shlig'i, suyuqlik bilan to'la bo'lib, unda spermatozoidlar yig'iladi. Bu suyuqlik urug' chiqaruvehi yo'llar epiteliysining va egri-bugri naylarning suyuqlik va sekresiyasidan iborat. Bu suyuqlik spermatozoidni suyultiradi va harakatlanishini osonlashtiradi. Demak, urug'don ortig'i spermatozoidni to'plovchi rezervuar hisoblanadi. Suyultirilgan spermatozoid, sperma deb ataladi.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling