1. Kasbiy faoliyat tushunchasi. Tafakkur haqida umumiy tushuncha, turlari va shakllari


Download 73.79 Kb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi73.79 Kb.
#1020361
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
психология


Reja:
1.Kasbiy faoliyat tushunchasi.
2.Tafakkur haqida umumiy tushuncha, turlari va shakllari.
3.Tafakkurning individual xususiyatlari va rivojlanishi.
4.Kasbiy faoliyatda tafakkurning o’rni.

Faoliyat-sub'ektning (oqilona mavjudotning) ob'ekt bilan (atrofdagi voqelik) ongli ravishda faol o'zaro ta'siri, uning davomida sub'ekt ob'ektga maqsadli ta'sir qiladi, uning har qanday ehtiyojlarini qondiradi va maqsadga erishadi. Tashqi sharoitlarning o'ta murakkabligi va doimiy o'zgaruvchanligi tufayli filogenezning dastlabki bosqichlarida tirik mavjudotning atrof-muhit bilan amaliy o'zaro ta'sirini boshqarishning aqliy shakllari paydo bo'ladi. Indikativ tadqiqot faoliyatini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Insonning jismoniy va ma'naviy xususiyatlarining kelib chiqishi va rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynagan asosiy shart bu mehnatdir. Har qanday faoliyatning boshqa ko'plab turlari (o'yin, o'qitish) genetik jihatdan deyarli bog'liq emas. Ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonida mehnat asosida aqliy mehnat maxsus, ijtimoiy zarur nazariy faoliyat sifatida vujudga keladi. Hayvonlar evolyutsiyasi jarayonida ularning atrofdagi voqelik bilan va ular bilan amaliy o'zaro ta'siri.


Mehnat – inson faoliyatining asosiy turlaridan biridir. Deyarli har bir kishi kelajakda o'z sohasining haqiqiy mutaxassisi bo'lish uchun ta'lim olishga harakat qiladi. Biroq, amaliyot shuni ko'rsatadiki, bu ko'rinadigan darajada oson emas. Axir, mashg'ulotdan so'ng siz ish topishingiz kerak. Agar ish beruvchilar faqat mutaxassislarni jalb qilsalar, uni qaerdan olish kerak?
Kasbiy sifatlar tushunchasining mazmuni.
Kasbiy sifatlar insonning butun umrida unga hamroh bo‘ladigan va hayot faoliyati davomida muhim o‘rin tutadigan “Men kimman?” degan ongli savolga asosiy e’tiborni qaratadi. Taraqqiyot esa kasbiy o‘sishga, ishning sifatini ortishiga, izlanishlardagi kashfiyotlarga, qaror qabul qilishdagi egiluvchanlikka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot jarayonida shakllansa, boshqa tomondan –shaxsning mutaxassis sifatida namoyon bo‘lishining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagilarni anglatadi: yangi ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o‘z sha’niga ega bo‘lish uchun, raqobatda sinmaslik uchun, farovon kelajakni ta’minlash uchun mutaxassis doimiy rivojlanishda bo‘lishi, qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida o‘zining mavqeini tahlil qilib borishi lozim. Kasbiy sifatlar muammosiga qiziqishlarning ortishiga qaramasdan, bu fenomenning tabiati, tuzilishi, dinamikasi va funksiyalari haqidagi savollar bir qancha chalkashliklarga egadir. Bunga asosiy sabab bu muammoning, ayniqsa, shaxs umumiy tuzilishida kasbiy sifatlar o‘rnida qo‘llaniluvchi ijtimoiy sifatlarni kam o‘rganilganligi bilan bog‘liqdir. Kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilish uchun eng avvalo bu voqelik shaxs sifatlari tizimida qanday o‘rin egallashini, qolaversa, shaxsning kasbiy va ijtimoiy o‘z-o‘zini anglashida qanday rol o‘ynashini tushunib olish lozim.
Xorij manbalarida kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishga nisbatan ikkita yo‘nalish ko‘rsatib o‘tilgan: birinchisi kasbiy taraqqiyotga, shaxsning o‘z ustida ishlashiga yo‘naltirilgan, ikkinchisi esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy tomonlari va omillariga yo‘naltirilgandir.
M.Argayl 1970 yillarning boshlaridayoq kasbiy sifatlar va individning kasbiy shakllanishi orasidagi bog‘liqlik haqida yozib qoldirgan. Shu bilan bir qatorda o‘zida quyidagilarni mujassamlashtirgan murakkab jarayon sifatida ko‘rib chiqilgan: kasbiy treninglar, faoliyatni amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar va standartlarni o‘zlashtirish, kasbiy guruh doirasida xulq-atvor normalarini tushunish va boshqalar. Aynan mehnat jamoasidagi boshqa shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik individga o‘zi egallab turgan kasbning aniq standartlarini o‘zlashtirish imkonini beradi.
Dj.Sonenfeld kasbiy sifatlar kasbiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelishi va shakllanishini aytib o‘tgan. Kareraning o‘sishi turli kasbiy sifatlarning o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Alohida, xususiy kasbiy sifatlardan biroz umumiyroq konseptual sifatlarga o‘tish sodir bo‘ladi. Aynan konseptual sifatlar lavozimidagi o‘sishni va kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi.
R.Finchman ishlarida asosiy e’tibor kasbni egallash jarayonida kasbiy talablar, axloqiy normalar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarining shakllanish jarayoni insonga kasbiy o‘z-o‘zini boshqarish imkonini beruvchi kasbiy taraqqiyot davomidagi individual xususiyatlar va ijtimoiy ta’sirlarning o‘zaro muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi. S.Djoshli o‘zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va mavqeini tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan: kasbiy sifatlar faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, kasbning rasmiy va norasmiy mavqeining o‘zaro muvofiqligi asosida shakllanadi. Faoliyat haqidagi mavjud tasavvurlar bilan muvofiq kasb nomlari o‘ziga yarasha me’yoriy talablarga egadir va shuning uchun ham o‘z-o‘zidan shaxsga ma’lum ma’noda ta’sir o‘tkazadi. Faoliyat mazmunidan tashqari kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o‘zaro hamkorligi ham ta’sir qiladi. K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg‘uni o‘z tarkibiga kasbiy rollarni amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni qamrab oluvchi ijtimoiy o‘rganish jarayoniga qaratadilar.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g‘oyasi “psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to‘laligicha aks ettirilgan bo‘lib, u kasbiy taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog‘liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‘ng ommalashib ketdi. Faoliyat va o‘zaro hamkorlikni o‘zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar guruhining o‘zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir o‘tkazadi.
Kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishda kasbiy muhit ta’sirida inson o‘zining verbal va noverbal xatti-harakatini qayta qurish vaziyatlari batafsil yoritilgan adabiyotlarga e’tibor qaratish lozim. Shunday qilib, inson xulq-atvorining faoliyat va mehnat jamoasi talablari bilan muvofiqligini tadqiq qilish Dj.Xollandning tipologik nazariyasi, faoliyatga yaroqlilik nazariyalarida o‘z aksini topdi. Bu yondashuvlar doirasida faoliyat va ijtimoiy muhitning mehnat natijasi va mehnattdan qoniqqanlikka, individual salomatlik va boshqalarga ta’sirining turli aspektlari o‘rganilgan.
A.Mishel va S.Vortning bank xodimlarida olib borgan tadqiqotlarida kuzatishimiz mumkin. Bunda mualliflar umumiy faoliyatdagi hamkasblarning qiziqishlari qanday qilib yangi kasbiy sifatlarning yuzaga kelishi, shaxsning individual sifatlari va kognitiv jarayonlari o‘zgarishiga ta’sir qilishini ko‘rsatib berganlar. Mualliflar “Men”ni tushuntirish uchun kognitiv yoki ijtimoiy madaniy omillarni qo‘llash lozimligini ta’kidlaydilar. Ularning ishlarida kasbiy sifatlar guruh madaniyatining tashkiliy darajasiga o‘zaro ta’sir qiluvchi u yoki bu omillarning ta’siri ostida shakllanadi.
Kasbiy sifatlar boshqa insonlar bilan suhbat jarayonida namoyon bo‘ladi va sub’ektlarning muloqotchanlik harakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqa nuqtai nazarga ko‘ra kasbiy sifatlar – bu dinamik, shu bilan bir qatorda muvozanatlilik jarayonidir. Har bir davrda ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlar ta’sirida inson o‘ziga nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda inson ba’zida tarixdagi voqeliklarni inkor eta olmaydi. Amerikalik sotsiologlar P.Berger va T.Lukmanlarning ta’kidlashicha, kelajakda barcha ijtimoiylashgan insonlar “o‘zlariga hiyonat” qiladilar. Shaxsiy xoinlik aynan “Men”ni u yoki bu vaziyatda qanday bo‘lganligiga bog‘liq.
O‘zining yangi sifatlarini qabul qilish va kasbiy sifatlarini qayta qurish uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. P.Vaynrich o‘zining tadqiqotlarida Dj.Kellining shaxs tuzilishi testining zamonaviy interpretatsiyasini qo‘llab, repertuarlar yacheykasi texnikasi yordamida kasbiy sifatlar tuzilishini tahlil qilib beradi. Kasbiy sifatlar tuzilishi o‘zida asosiy uchta blokni mujassamlashtiradi: elementlar tizimi, o‘zaro ta’sir holatlari tizimi va mavjud faoliyatlar tizimi; birinchi va uchinchi tizimlar kasbiy sifatlar tuzilishining asosiy komponenti hisoblanadi. Shaxs tuzilishi normativ madaniy ahamiyatlilik darajasidan kelib chiqqan holda sodir bo‘lib, u individual biografiya bilan shartlangan muhim xususiyatga egadir. Shuning uchun ham shaxs konsepsiyasi va faoliyatida ijtimoiy va predmetlar olamini eksperimental tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy ustanovkalar namoyon bo‘ladi.
Shaxsiy taraqqiyot va kasbiy shakllanishning ijtimoiy kontekstini muvofiqligi muammosi kasbiy sifatlarni tadqiq qiluvchi jahon olimlarining ishlarida ham o‘z aksini topgan.
L.B.Shneyder asos solgan kasbiy sifatlarni tadbiq qilishning zamonaviy yo‘nalishida ushbu fenomen kasbiy o‘z-o‘zini anglash sifatida ko‘rib chiqiladi, bunda shaxs o‘zini muayyan bir kasb va mehnat jamoasining vakili sifatida anglaydi, o‘z menining kognitiv emotsional hulq – atvor jihatidan tavsiflashda o‘zini ishini boshqalardan farqli ekanligini aniqlaydi.

Download 73.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling