1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!
Ko`nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil etaolish qobiliyati. Malaka
Download 379.84 Kb.
|
Билетга жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ўзбек халқининг миллий педагогикасини пайдо бўлишини таҳлил қилиб ўтинг.
Ko`nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil etaolish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o`zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko`nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o`sishida namoyon bo`ladigan miqdor va sifat o`zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. 2. Ўзбек халқининг миллий педагогикасини пайдо бўлишини таҳлил қилиб ўтинг. Amir Temur davrida O‘rta Osiyoda islom dini va shu bilan birga ta’limtarbiya jadallik bilan rivojlandi. Ko‘p madrasa va masjidlar qurildi va ularda yosh avlod o‘qib, bir necha dunѐviy fanlarni o‘zlashtirishga muvoffaq bo‘ldi. Bu davrlarda Sharq mamlakatlari Eron, Ozarbayjon, Turkiya, Afg‘oniston, Hindiston bilan bo‘lgan iqtisodiy va madaniy aloqalar ham yangi kasb-hunarlarni rivojlantirdi. Uzoq va yaqin joylardan bilimli va uddabron bolalarni yangi hunarlarga o‘rgatish uchun mahoratli muallim va ustalar taklif qilindi. XVIII asrda Markaziy Osiyoda uchta Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklar hukum surdi. Ular davrida ichki haѐt, iqtisod, savdo, hunarmandchilik, me’morchilik, madaniyat va musiqa va she’riyat san’ati ancha rivojlanib bordi. Bu barcha ishlarga yosh mutaxassislar kerakligini bilgan hukumron doiralar ѐshlarni oldin madrasa va masjidlarda keyin har bir bolani xohishi va intilishi bo‘yicha u tanlangan ustoz qo‘liga o‘qitish va hunarga o‘rgatish uchun yubordi. Ustoz oilasida esa shu kasb-hunar avloddan avlodga o‘tib turish an’anasi davom ettirildi. Xonliklarda Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Afg‘oniston bilan savdo-sotiq ishlari yo‘lga qo‘yildi. Buyuk Ipak yo‘li o‘n asrdan ortiq davr mobaynida Xitoydan Evropaga va Evropadan Xitoyga borayotgan karvonlarni o‘tishini ta’minladi. Karvonlar nafaqat mol keltirar, balki yangi axborot, yangi sanoat va madaniyat bilan tanishtirardi. Aqliy salohiyati kuchli bo‘lgan xalqimiz tez orada porx, qog‘oz, ipak va boshqa matolar, dehqonchilik va harbiy qurol, shisha, chinni-farfor, paxta mahsulotlari, yangi taomlar ishlab chiqarish, etishtirish va tayѐrlashini o‘zlashtirib oldi va bu albatta yangi sanoatlarni tashkillash va ѐsh avlodning ta’lim-tarbiyasiga oid yangi hunarlar o‘rgatishiga turtki bo‘ldi. SHu bilan birga hokim va boy fuqarolarning farzandlari chet elga tahsil olish, yangi kasb va xorijiy tillarni o‘rganish uchun yuborardi. Har bir shunaqa o‘qishga borib kelgan ѐsh yigit o‘zi bilan siѐsat, iqtisodiѐt, ma’rifat va madaniyatga oid yangi tasavvur, progressiv demokratik fikr va g‘oyalarni o‘zlashtirib o‘zbek xalqining turmush tarzini engillashtirish va rivojlantirishni o‘ziga maqsad qilib qo‘yar edi va zo‘ravonliksiz bajarishga harakat qilar edi. XVIII asrda Rossiya chor qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Markaziy Osiѐda tarixiy-siѐsiy vaziyat yuzaga keldi, milliy zulm kuchaydi, Evropa turmush tarzi o‘zbek xalqi haѐtiga kelib kira boshladi. Ilm-fan, sanoat, madaniyat va ta’lim-tarbiya g‘arbcha rivojlana boshlandi. O‘lkamizda mustamlakachilar zavod, fabrika, ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalar, temir va avtomobil yo‘llar qurilishini va shu jumlada shaharlarda maktab va gimnaziyalarni tashkil qildi. Maktablarda evropacha o‘qitish o‘z rivojini topdi YA.A.Komenskiy va F.Gerbart metodikasi, ya’ni ―sinf-dars‖ tizimi paydo bo‘la boshladi. Bu rus-tuzem maktab va gimnaziyalarda o‘qigan xalqimiz ko‘pchiligi ta’lim-tarbiya sohasidagi ilg‘or g‘oya, usullar va tajribalarni o‘zlashtirib, yangi o‘zbek intelligensiya vakillariga aylandi. Bular uzoq va yaqin hududlarga ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va san’at olib kirishga harakat qildi. Bu ilg‘or ma’rifatparvarlar o‘zlarini jadidlar deb nomlab o‘zbek xalq pedagogikasiga ilm-fan sohasidagi yangi umuminsoniy o‘zgarishlarni kiritish, ta’lim-tarbiyani qayta isloh qilish, mamlakatimizda bironta savodsiz odam qoldirmaslik, erkak va aѐlga teng huquq berish va milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab qolishni nazarda tutadigan buyuk vatanparvar kishilar edi. Jadidchilar harakatini Markaziy Osiѐda rivojlanishni Rossiya davlatining o‘lkamizda mavqei oshishi bilan belgilandi. Download 379.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling