1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!


Таълим тамойилларига нималар киради?


Download 379.84 Kb.
bet92/127
Sana27.01.2023
Hajmi379.84 Kb.
#1132860
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127
Bog'liq
Билетга жавоблар

3. Таълим тамойилларига нималар киради? Ta’lim tamoyillari o‘quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar
asosida belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liq holda
bir tizimni tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir
nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy
maqsadlarni hal etishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Ta’lim tamoyillari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va
vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish
jaraѐnlarining yo‘nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning
o‘zlashtirilishi, bilim va malaka hosil qilishning asosiy qonun va
qoidalarining yig‘indisiga aytiladi.
“Kasbiy pedagogika” fanining asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
-Politexnik tamoyil
-Ta’lim oluvchilarda amaliѐt va nazariyani o‘zaro bog‘lash tamoyili
-Modellashtirish tamoyili
-Mobillik tamoyili
-Tartibli ketma-ketlik tamoyili
-Atrof-muhitni tashkil etish tamoyili
-Kompyuterlashtirilgan pedagogik jaraѐn tamoyili

Politexnik tamoyil – bu tamoyil zamonaviy ishlab chiqarishning


ilmiy asoslari tizimini egallashni nazarda tutib, shu bilimlar asosida
umumkasbiy politexnik va maxsus bilimlarni shakllantiradi.
Politexnik tamoyillarni o‘qitishda quyidagi shartlarga amal qilish
lozim:
-asosiy yo‘nalishdagi rivojlangan texnika va ilmiy o‘qitish;
-o‘zaro bir-birlari bilan bog‘langan o‘quv materiali tizimini tashkil
qilish;
-o‘qitilaѐtgan fanni kelajakda amaliѐtda qo‘llash;
-ta’lim oluvchilarning ѐshlariga mo‘ljallab o‘qitish;
-umumta’lim bilimlariga tayanish;
-ta’lim oluvchilarning qiziqishlarini qoniqtirish;
-o‘quv materialining ketma-ketligi va turg‘unligiga rioya qilish.
Ta’lim oluvchilarda amaliѐt va nazariyani o‘zaro bog‘lash tamoyili
O‘quv jaraѐnida nazariy va amaliy bilim berish o‘zaro aloqadorlik va
o‘quv predmetining asosiy maqsadi amaliѐtda qo‘llashga qaratilgan bo‘lib, bu
maqsad quyidagi shartlarga amal qilishga bog‘liq:
-nazariy bilimlarning amaliѐtda sinalishi;
-ish jaraѐnida sohaviy bilimlar va ularning fanda qo‘llanilishi;
-mutaxassis-xodimlarni samarali o‘qitish uchun kasbiy ishlab chiqarishga
qarab kasbiy bilim berish.
Mutaxasis faoliyatini uquv jarayonida modellashtirish:
Modellashtirish orqali mazmun va maqsadlarni isbotlash uchun
engilliklarni oldin o‘zlashtirish, o‘qitish metodlarini o‘quv rejasi va o‘quv
dasturini olish mumkin.
Mobillik tamoyili
Bu tamoyil shaxsning texnik bilimlarini tez o‘zlashtirish
qobiliyatiga qaratilgan.

Download 379.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling