4. Касбий педагогика фанининг объекти ва мақсади , вазифаларини изоҳланг! Kasbiy ta’lim uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo‘nalgan bo’lsada, ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy mahoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirilgan. Bu holat kasbiy mahorat va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘z bilimini takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas cdi. Mustaqillikka erishgandan keyin Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor bcrilmoqda.
Kasbiy pedagogika fanining mazmuni va predmeti, kasb-hunar
sirlarini o‘rgatish, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni,
usullari, vositalari bilan, yosh mutaxassislarni qurollantiruvchi fan
bo‘lganligi, uning metodologik asoslari, maqsad va vazifalari, davlatning
zamonaviy siyosatidan kelib chiqib ―Ustoz-shogird an’analariga amal qilib yoshlarni o‘qitishdan iborat.
Kasb-hunarga oid tarbiya berish jamiyatning asosiy vazifasi bo‘lib, u
faqat ishlab chiqarish munosabatlari ta’sirida emas, balki turli tarixiy
davrlarda ilgari suriladigan u yoki bu tarbiya nazariyasining g‘oyalari
ta’sirida aniq shakllangan mazmunga ega bo‘ladi, shuning uchun ham ko‘p
jihatdan kasb-hunar egasi bo‘lgan ma’rifatchi va pedagoglar ish
faoliyatining natijasini ifodalaydi.
Kasbiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari:
-Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun xolatdagi
muammolarini hal qilish;
-Ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari
darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;
-Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga
olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish
imkonini yaratish;
-Pedagogika-tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilg‘or tajribalar
asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar
belgilash;
-Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini hal
qilish;
-Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |