1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!


Меҳнат фаолиятининг ҳаракатларини кўрсатиш методига нималар киради?


Download 379.84 Kb.
bet97/127
Sana27.01.2023
Hajmi379.84 Kb.
#1132860
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127
Bog'liq
Билетга жавоблар

1. Меҳнат фаолиятининг ҳаракатларини кўрсатиш методига нималар киради? Bu metod yordamida ta’lim oluvchilar mehnat faoliyatini aniq va ravshan kо‘rishadi hamda ish jarayonida mashqlar о‘tkazish bilan о‘zlarining mehnat faoliyatlari bilan taqqoslay oladilar. Ta’lim oluvchilarda mehnat faoliyati tо‘g‘risidagi tо‘liq tushuncha bir lahzada paydo bо‘ladi, avvval umumiy holda saqlanib qoladi, keyin sekinlik bilan detallar aniqlanadi. Ta’lim oluvchilar tomonidan kо‘rsatilayotgan narsalarni о‘rgani olish, ularni tо‘liq tushunish, detallar va mexanizmlarni о‘rganish uchun yetarli vaqt ajratilishi kerak. Shuning uchun usta mehnat faoliyatini sekinlik bilan kо‘rsatib, detallarni bо‘laklarga bо‘lib, har biri haqida alohida ma’lumot berishi, kо‘rsatishi kerak. Ta’lim oluvchining diqqati harakatning yakuniy qismiga emas, balki oraliqdagi xarakatlarga ham jalb qilish zarur. Ta’lim oluvchilar nafaqat tushunishlari, balki shu bilan birga detallarni esda olib qolishlari lozim. Buning uchun xarakat turlarini takrorlab turib, uni qayta-qayta kо‘rsatish kerak. Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda eng avvalo, mehnatga ongli munosabatni shakllantirish tushuniladi. Shu o‘rinda buyuk allomalarning hadislariyu, ilm, mehnat va hunar haqidagi fikrlaridan foydalanamiz: 1. Ey o‘g‘il! Qaysi fan bo‘lmasin, to uni mukammal egallamaguningcha harakatni to‘xtatma, bir ilm ikkinchi ilmni egallashga yordam beradi. Bir ilmni egallashga aqling yo‘l berdimi, uni oxirigacha egallamay turib, chala tashlab qo‘yma! A. Sheroziy. 2. Hunarni asrabon ketgumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur oxir. Alisher Navoiy. 8 3. Aziz do‘stlar oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir. Abdulla Avloniy. 4. Mehnat inson hayotini farovon qiluvchi davlatdir. Abu Rayxon Beruniy. 5. Mehnat qilmoq insonga xosdur. Agar sen inson bo‘lsang, o‘z xulqingni mehnat tumori bilan beza. Alisher Navoiy
Mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonidagi mashqlar. Mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan mashqlar faqat vaqtga ko‘ra taqsimlanganda hamda ma’lum mavzu asosida o‘tkazilgandagina ijobiy natija beradi. Mashqlar mavzusi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi: 1. Mashqlarning materiali qiyinlikning ortib borishini nazarda tutgan holda joylashtirilishi lozim. 2. Keyingi materialning hammasi to‘liq tarzda oldingi materialga asoslanishi lozim. 3. Mustaqillik darajasi ortib borishi kerak.
Mashqlar. Kо‘nikma va malaka mashqlar orqali hosil qilinadi. Mashq - bu xarakatlarning kо‘p marotaba takrorlanishidir.
Mashq tizimi. Ishlab chiqarish ta’limi mashqlar bir tizimda olib borilishi zarur. Mashqlar tizimida aloqadorlik mavjud masalan, о‘rganilayotgan mehnat faoliyatini tо‘g‘ri bajarishuning aniqligi, ishda aniq bir tezlikka ega bо‘lish, kasbiy mustaqillikni shakllantirish, mehnatga badiiy yondashish. Mashqlar tizimiga ikki tomonlama yondashish mumkin.



Download 379.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling