20-KEYS
Suyuqliklarni haydash
1. Ikki yoki bir necha komponentlardan tashkil topgan bir jinsli suyuqlik aralashmalarini ajratishda haydash usuli keng ishlatiladi.
Agar boshlang‘ich aralashma uchuvchan va uchmaydigan komponentlardan iborat bo‘lsa, bunda bug‘latish orqali suyuqlikni tashkil etuvchi komponentlarga ajratish mumkin. Haydash yo‘li bilan esa komponentlar turli uchuvchanlikka ega bo‘lgan holda ham suyuq aralashmalarni ajratish mumkin. Haydash yo‘li bilan suyuqliklarni ajratish bir xil haroratda aralashma komponentlarining turlicha uchuvchanlikka ega bo‘lishiga asoslangan.
Haydash jarayonidan ajralib chiqqan bug‘ kondensatsiya jarayoniga uchraydi, hosil bo‘lgan kondensat distillyat yoki rektifikat deb ataladi. Bug‘lanmay qolgan va qiyin uchuvchan komponentdan tashkil topgan suyuqlik esa qoldiq deb yuritiladi.
Bug‘ fazasining engil uchuvchan komponent bilan boyish darajasi asosan haydash usuliga bog‘liq. Suyuqliklarni haydashning ikkita prinsipial usuli bor: 1) oddiy haydash (distilyasiya); 2) murakkab haydash (rektifikatsiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |