Savol: Bu jarayonlarga ta’rif bering.
Kimyoviy texnologiyada ishlatiladigan qurilmalar qator talablarga javob berishi kerak. Avvalo, qurilmada ma’lum bir jarayonni amalga oshirish uchun kulay shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi zarur. Bu sharoitlar jarayonning turiga, qatnashayotgan moddalarning agregat holatlariga bog‘liq.
Qurilmaning muhim parametrlaridan biri uning ish unumidir. Ish unumi - vaqt birligi ichida qurilmada hosil bo‘lgan tayyor mahsulotning miqdoridir. Qurilmaning samaradorligi uning ish unumini qurilmani harakterlaydigan birorta kattalikka nisbatidir. Qurilmalarning ish unumini oshirish uchun qurilmalar ishini tezlashtirish zarur.
Savol: Tezlashtirishning qanday usullarini bilasiz?
Kimyo sanoatidagi texnologik jarayonlar davriy va uzluksiz ravishda o‘tkaziladi. Jarayonlar vaqt davomida parametrlarning o‘zgarishiga qarab turg‘un va noturg‘un bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |