10-KEYS
Nasos va ventilyatorlarni tanlash.
Kimyo sanoatida gazlarni trubalar orqali uzatish va siyraklantirish uchun ular siqiladi. Bu siqilgan gazlar suyuqliklarni aralashtirish, sochib berish uchun ishlatiladi. Gazlarni siqish va uzatish uchun kompressorlar ishlatiladi.
Siqilgan gaz bosimi R2 ning siqilmagan gaz bosimi R1 ga nisbati siqish darajasi deyiladi.
Savol: Siqish darajasi kattaligiga qarab kompressor mashinalar qanday turlarga bo‘linadi:
VENTILYATORLAR
Gazni past bosimda uzatish uchun mo‘ljallangan mashinalar ventilyatorlar deyiladi. Ular ishlash prinsipiga ko‘ra markazdan qochma va o‘qli bo‘ladi. Markazdan qochma ventilyatorlar gazni nisbatan yuqori bosimlarda uzatib borish uchun, o‘qli ventilyatorlar esa kichik bosimlarda lekin ko‘p miqdordagi gazni uzatish uchun mo‘ljallangan. Sanoatda o‘qli ventilyatorlar kam ishlatiladi, ulardan faqat binolarni sovitishda foydalaniladi. Markazdan qochma ventilyatorlar bosimining kattaligiga qarab uch guruxga bo‘linadi:
1. Past bosimli ( r < 103 n/m2)
2. O‘rta bosimli (R = 10 - 3 103 n/m2)
3. YUqori bosimli (R=3 103 – 104 n/m2)
10.1-rasm. Markazdan qochma ventilyator. 10.2 –rasm. O‘qli ventilyator.
Savol: Markazdan qochma va o‘qli ventilyatorlarning farqi hamda ish prinsipini tushuntiring.
11-KEYS
Issiqlik almashinish jarayonlari. Issiqlik o‘tkazuvchanlik usulida issiqlikni o’tishini hisoblash.
Har xil haroratga ega bo‘lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga o‘tishi issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi. “Issiq” va “sovuq” jismlarning harorati o‘rtasidagi farq issiqlik almashinishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Haroratlar farqi bo‘lganda termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko‘ra issiqlik energiyasi harorati yuqori bo‘lgan jismdan harorati past bo‘lgan jismga o‘z-o‘zidan o‘tadi. Jismlar o‘rtasidagi issiqlik almashinishi hisobiga sodir bo‘ladi. Issiqlik almashinishida katnashadigan jismlar issiqlik tashuvchilar deb ataladi. Issiqlik o‘tkazish jarayonlari (isitish, sovitish, bug‘larni kondensatsiyalash, bug‘latish) kimyo sanoatida keng tarqalgan. Issiqlik tarqalishning uchta prinsipial turi bor: issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya va issiqlikning nurlanishi.
Savol: Issiqlik tarqalishning prinsipial turlarini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |