Savol: Nasoslar ish prinsipiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi va turlariga izoh bering.
Markazdan qochma nasoslarda spiralsimon qobiq ichida parrakli ish g‘ildirak joylashgan. Ish g‘ildirakning aylanishida markazdan qochma kuch hosil bo‘ladi. Bu kuch ta’sirida suyuqlikning so‘rilishi va uni haydash bir me’yorda uzluksiz boradi. Nasos ishga tushirilishdan oldin so‘rish trubasi, ish g‘ildiragi va qobiq suyuqlikka to‘ldiriladi. So‘ngra dvigatel tok manbaiga ulanadi: ish g‘ildiragi harakatga keltiriladi. Suyuqlik g‘ildirak bilan birga aylanib, markazdan qochma kuch ta’sirida parraklar vositasida g‘ildirakning markazidan chekkasiga otilib, spiralsimon qo‘zg‘almas kamerani to‘ldiradi va haydash trubasi orqali balandlikka ko‘tariladi. Bunda ish g‘ildiragining kirish oldida siyraklanish vujudga keladi. Suyuqlik so‘rish trubasidan nasosga kirib, ish g‘ildirakning markaziy qismini to‘ldiradi hamda g‘ildirakning chekkalariga chiqarib tashlanadi va hokazo.
9.2 –rasm. Markazdan qochma nasos:
1-so‘rish patrubkasi; 2-salnik; 3-qobiq;
4-ish g‘ildiragi; 5-ish g‘ildiragining kuraklari; 6-haydash patrubkasi
|
Suyuqlik ish g‘ildiragi orqali oqib o‘tishida dvigatelning mexanik energiyasi suyuqlik oqimi energiyasiga aylanadi. Markazdan qochma nasoslarning unumdorligini oshirish uchun ikki yoqlama so‘radigan nasoslar ham ishladi. Nasosning ishlashini tekshirish uchun so‘rish yo‘liga vakuummetr va haydash trubasiga esa manometr o‘rnatiladi (9.2 - rasm).
Nasosda suyuqlikning miqdorini rostlash uchun haydash trubasiga kran-ventil yoki zadvijka o‘rnatiladi. G‘ildiraklar soniga qarab markazdan qochma nasoslar bir va ko‘p bosqichli bo‘ladi. Ko‘p bosqichli nasoslarda g‘ildiraklar soni 5 tagacha bo‘ladi.
Savol: Markazdan qochma nasoslarning afzalligi va kamchiliklarini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |