Savol: Kimyo sanoatida aralashtirishning qanday usullaridan foydalaniladi?
Bu usullarni tanlash paytida qanday sharoitlar hisobga olinadi?
6-KEYS
TURLI JINSLI SISTEMALARNI AJRATISH
Har xil fazalardan (masalan, suyuqlik - qattiq modda, suyuqlik - gaz va hokazo) tashkil topgan aralashmalar turli jinsli sistema deb ataladi. Ko‘pchilik turli jinsli sistemalar ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonlarni amalga oshirish paytida hosil bo‘ladi. Har qanday turli jinsli sistema ikki yoki undan ko‘p fazalardan tashkil topadi. Zarrachalari juda maydalangan holatdagi faza dispers yoki ichki faza deyiladi. Dispers faza zarrachalarini o‘rab olgan fazasi esa dispersion yoki tashqi faza deyiladi.
Savol: Fazalarning fizik holatiga ko‘ra turli jinsli sistemalar qanday guruxlarga bo‘linadi? Bu guruxlanga ta’rif bering.
Texnikada turli jinsli sistemalarni tashkil etuvchi fazalar yoki komponentlarga ajratish to‘g‘ri keladi. Ajratish usullarini tanlashda turli jinsli sistemani tashkil etuvchi fazalarning holatiga, qattiq yoki suyuq zarrachalarning o‘lchamiga, fazalar o‘rtasidagi zichliklar farqiga, muhitning qovushqoqligiga ahamiyat berish kerak.
Savol: Kimyoviy texnologiyada turli jinsli sistemalarni ajratish uchun qanday gidromexanik usullardan foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |