4-KEYS
Mavxum qaynash qatlamining gidrodinamikasi
Hozirgi vaqtda kimyo sanoatini barcha texnologik jarayonlarida mavhum qaynash usuli keng qo‘llanilmokda. Issiqlik almashinish, quritish, absorbsiyalash kabi jarayonlarda mavhum qaynash usulining ishlatilishi katta natijalar bermoqda. Mavhum qaynash jarayonida fazalar o‘rtasidagi kontakt yuza katta bo‘lishi tufayli jarayon bir necha marta tezlashadi, natijada qurilmaning unumdorligi oshadi. Donasimon zarrachalar qatlamini hosil qilish uchun ixtiyoriy shakldagi vertikal idishga donasimon qattiq material solinadi. Idishningpastki qismidan siqilgan havo beriladi va mavhum qaynash holati kuzatiladi (4.1-rasm).
4.1- rasm. Mavhum qaynash qatlaminiig holatlari:
a) qo‘zg‘almas qatlam (filtrlash rejimi);
b) bir jinsli mavhum qaynash qatlami;
v) turli jinsli mavhum qaynash qatlami;
g) qattiq donachalarning oqim bilan chiqib ketishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |