14-KEYS
Issiqlik almashinish qurilmalarining hisobi
Issiqlik almashinish qurilmalarini loyixalash uchun turli hisoblash ishlari bajariladi. Hisoblash uch qismdan iborat bo‘ladi: a) issiqlik xisobi; b) konstruktiv hisoblash; v) gidravlik xisobi.
Savol: Bu hisoblarning maqsadi nima va qanday kattaliklar aniqlanadi?
15-KEYS
Bug‘latish
Uchuvchan bo‘lmagan moddalar eritmalarini uning tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo‘li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug‘latish deb yuritiladi. Agar bug‘lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratda suyuqlikning yuzasida ruy bersa, bug‘latish jarayonida esa bug‘ eritmaning hajmida ajralib chiqadi.
Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalarida, ayrim mineral va organik kislotalar, ko‘p atomli spirtlar hamda shu kabi suyuq eritmalar bug‘latiladi. Ba’zan bug‘latish yordamida toza erituvchilar ham olinadi. Ayrim sharoitlarda quyuqlashtirilgan eritma kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun maxsus bug‘latish qurilmalarga yuboriladi.
Bug‘latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimda olib borilishi mumkin. Eritmaning xossalari va ikkilamchi bug‘ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko‘ra har xil bosim ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |