23. So‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar qatorini toping.
A) taklif qilish, sohil, dala, doira B) farzand, shodlandi, qabriston, durust C) istiqlol, bezanmoq, afsus, moviy D) metro, tuzuk, yasashmoq, attang
24. Badiiy uslub haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) Sodda, to‘liqsiz va undalmali gaplardan ko‘proq foydalaniladi.
B) Turli tasviriy va ta’siriy vositalar qo‘llanadi. C) Sonlar raqam bilan emas, so‘z bilan yoziladi.D) Tildagi hamma vositalardan erkin foydalaniladi.
25. Quyidagi gap qaysi uslubga tegishli ekanligini aniqlang: Na’matak – atirgullar oilasiga mansub, bo‘yi 1-1,5 metr, guli yirik, pushti, sariq.
A) badiiy B) ilmiy C) ommabop D) rasmiy
26. Qaysi qatordagi gapda qaratqich kelishigi o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llangan?
A) Yormat jahli chiqqanidan otlarni qamchilardi. B) Latifjonni adasi so‘zining ustidan chiqdi. C) Navoiy gulni sevardi.
D) Birlashgan yovni qaytarar.
27. Ko‘plikdagi kishilik olmoshlarining qaysi biri uslubiy talab bilan birlikni ko‘rsatuvchi olmosh o‘rnida kelishi mumkin?
A) ular B) biz, siz, ular C) biz D) biz, siz
28. Ona xalqim, jon-tanim manim, O‘zbekiston Vatanim manim! Ushbu misralarda kishilik olmoshlariga qo‘shilgan qo‘shimcha qaysi kelishik o‘rnida qo‘llangan?
A) jo‘nalish kelishigi B) chiqish kelishigi C) qaratqich kelishigi D) o‘rin-payt kelishigi
29. Qaysi qo`shma gapda ellipsiya (gap bo`laklarining tushirilishi ) uslubiy vazifa bajargan?
A) Tilingda boling bolsa, kulib turar iqboling. (Maqol) B) Til bor, bol keltirar, Til bor, balo keltirar. (Maqol)
C) A,B. D) Obro` kelsa, misqollab kelar, ketsa – qadoqlab. (Maqol)
30. Ko‘tarinkilik, kitobiy uslub bo‘yog‘iga ega bo‘lgan bog‘lovchilarni toping.
A) -ki, zeroki, chunki B) garchi, bamisoli C) zero, zotan D) oqibatda, shu bois
Do'stlaringiz bilan baham: |