24. Quyidagi so‘zlardan har so‘zi bilan qo‘llana oladiganini belgilang.
A) marta B) karra C) topqir D) gal
25. Quyidagi so‘zlardan faqat insonga nisbatan qo‘llanadiganini belgilang.
A) ovqat B) taom C) oziq D) xo‘rak .
26. Ushbu gaplardan qaysi birida so‘z qo‘llashda uslubiy xatolik bor?
A) - Afting qursin, - deb qarg‘adi kampir. B) O‘zi xomush, yuzlari so‘lg‘in edi. C) Xabarni eshitib, qizning chehrasi yorishdi. D) Go‘zal qiz Oysuluvning basharasida ter ko‘rindi.
27. Oyim ham «juvonmarg pashist»ning (u fashistlarni negadir bir odam deb o‘ylardi) tezroq go‘rga kirishini tilardi-yu, bir narsadan qo‘rqardi. Mazkur gapdagi «juvonmarg pashist», «tezroq go‘rga kirishini tilardi» birikmalari qanday birikmalar?
A) noadabiy qatlamga xos birikmalar B) eskirgan va tarixiy birikmalar
C) shevaga xos birikmalar D) kinoyali birikmalar
28. Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo‘l ochar edi gapidagi noo‘rin qo‘llangan so‘zni toping.
A) bir chekkaga B) buldozer C) yiqilay D) surib
29. Quyidagi birliklarning qaysi biridan nutqda har gal tayyor material sifatida foydalanamiz? 1) so‘z; 2) qo‘shma so‘z; 3) so‘z birikmasi; 4) ibora (frazeologik birlik).
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 4
30. Qaysi qatordagi gapda paronimlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Shu kecha unga boshpana berib, qurut ayron bilan mehmon qildilar. B) Hamma jim, o‘z ishi bilan band, hech kimdan sazo chiqmadi. C) To‘rt devor asiri bo‘lib o‘tirishdan cho‘lga borib ishlashni afzal ko‘rdi. D) Ot chopsa gumburlar tog‘ning darrasi, Botirni ingratar nayza yarasi.
5-VARIANT (USLUBIYAT)
Do'stlaringiz bilan baham: |