1. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi


Nutq madaniyati uchun nima muhim?


Download 0.72 Mb.
bet37/135
Sana15.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1199494
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135
Bog'liq
1 Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishon

4. Nutq madaniyati uchun nima muhim?
A) mazmunga mos zarur so‘zni tanlay olish B) bir so‘zni o‘rinsiz takrorlamaslik C) uslub birligini saqlash D) yuqoridagilarning barchasi.
5. Qaysi gapda grammatik me’yor buzilgan?
A) Ko‘zining oq-u qorasi bo‘lgan Otabekning holi nima kechdi? B) To‘lqinning xayolini yana qo‘shnining qizi bo‘ldi. C) Umrini tog‘larda o‘tkazgan odamning tabiat tilini bilmaydi deyish qiyin. D) Institutga yaqinroq bog‘lardan birontasiga borib dars tayyorlamoqchi bo‘ldi.
6. Yozma nutqda quyidagi birliklarning (juftliklarning) qaysi birini o‘zaro almashtirib qo‘llasak, uslubiy xatoga yo‘l qo‘yiladi?
A) sinonimlarni B) paronimlarni C) omonimlarni D) A, B
7. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Mehmonlar, garchi bunday vaqtda kishiga hech qanday so‘z tasalli bera olmasligini bilishsa ham, kampirga tasalli bergan bo‘lib qo‘zg‘alishdi. B) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilishar edi. C) To‘g‘ri odamning hech qayerda qo‘li qaltiramaydi. D) Iliq so‘z dilni eritar.
8. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Kampir bolalarga bir qismdan turshak berib, ularni maqtay ketdi. B) Kunlar shu taqlid o‘taverdi, g‘am-alam ham asta-sekin unutildi. C) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilar edilar.
D) A,B.
9. Umuman, hisob-kitob ishlarimizda monelik bor. Berilgan gapdagi uslubiy noto‘g‘ri ishlatilgan so‘zni almashtiring.
A) jumla to‘g‘ri va ravon B) “hisob-kitob” so‘zi ortiqcha
C) “bor” so‘z noto‘g‘ri ishlatilgan D) “monelik” o‘rnida “chalkashlik” so‘zini ishlatish zarur.
10. Qaratqich o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Paxtani viltga chidamli xillarini yaratish ustida tajriba olib borayotgan olimlarni ko‘rdik. B) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur. C) Ongni eskirgan, g‘arazli maqsadlardan tozalash zarur. D) Otdan tushib, jilovini Ortiqqa berdi-yu, o‘zi direktorni molxonalar tomonga boshlab ketdi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling