1. Kimyoning asosiy nizomlari
f-elementlar. Lantanoid va aktinoidlar
Download 490.5 Kb.
|
10 tema
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktinoidlar.
5. f-elementlar. Lantanoid va aktinoidlar
f-elementlari davriy jadvaldagi atomlari f-orbitalni valent elektronlari orqali yuqori quvvat bilan egallab turuvchi elementlar blokidir. Blok tarkibiga lantanoidlar va aktinoidlar kiradi. Ushbu blokga kiritilgan elementlarning elektron konfiguratsiyasi aslidan farq qilishi mumkin.Bu esa Klechkovskiy qoidasining aniqlash uslubiga toʻgʻri keladi. Ushbu blok ikki guruhga boʻlingan: 4f orbitallarida elektronlari boʻlgan elementlar- lantanoidlardir, 5f orbitalida elektronlari boʻlgan elementlar- aktinoidlardir. Latanoidlar oilasiga 14 ta f element kirib, ular lantandan keyin keladigan elementlardir. Bu elementlar yadro zaryadining ortishi bilan oxirgi elektron tashqaridan uchinchi qavatning f-pog’onachasiga joylashadi, tashqi va tashqaridan ikkinchi qavat o’zgarishsiz qoladi. Ularning tashqi qavatida ikkitadan elektroni bor. Shuning uchun ham latanoidlar kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga o’xshash xossalarga ega. Lantanoidlarning xossalari La va Y ga oxshab ketadi. Ularning oksidlanish darajasi +3. La, Gd va Lu o’zgaruvchan valentlikka ega. Ce bo’lsa uch va to’rt valenlikni namoyon etadi. Ba’zi lantanoidlar ikki valentlikli holatga ham ega. Lanatanoidlarda yadro zaryadi ortgani bilan Ce dan Lu ga qarab ion radiusi kamayib(lantanoidlar siqilishi) borishi kuzatiladi. Fizik xossalari. Ular odatdagi sharoitda oq kumush rang metallardir. Kimyoviy xossalari. Faolligi jihatidan lantanoidlar ishqoriy yer metallariga yaqin turadi. Ular kislotalarda eriydi. Suv bilan ta’sirlashadi. Odatdagi sharoitda oson oksidlar hosil qiladi. Ular yuqori haroratda galogenlar bilan ta’sirlashadi. Lantanoidlarning oksidlari, ftoridlari, sulfidlari suvda qiyin eriydigan va qiyin suyuqlanadigan birikmalardir. Bu metallar xossalari bir-biriga juda yaqin bo’lgani uchun ularni toza holda ajratib olish ancha mushkul. Ishlatilishi. Bu metallar rangli metallar olishda, elektron asboblar yaratishda, po’lat ishlab chiqarish va akkumulyatorlar tayyorlashda qo’llanilishi ma’lum. Alyuminiy va magniyga lantanoidlar qo’shilishi ularni yuqori haroratda chidamli bo’lishiga olib keladi. Aktinoidlar. Bu elementlar aktiniydan keyin keladigan o’n to’rtta f elementlardir. Bu elementlarda ham tashqaridan uchunchi elektron qobiq’ini elektronlarga to’lishi kuzatiladi(5f). Bu elementlar kimyoviy xossalardagi oxshashlik ularning tashqi qavatidagi elektron tuzilish bir xilligidan kelib chiqadi. Aktinoidlar lantanoidlardan oksidlanish darajasi har xilligi bilan farq qiladi. Aktinoidlarning barchalari +3 oksidlanish darajasiga ega. Bu jihatdan ular lantanoidlarga o’xshab ketadi.Th, Pa, U, Np (III) holatda ancha kuchli qaytaruvchilardir. Ular eritmada oson oksidlanadi. Aktonoidlarning(III) gidroksodlari asoslik xossaga ega, lekin suvda kam eriydi. Ular kislotalar bilan oson ta’sir etadi. Aktinoidlar uchun (IY) birikmalar ham k’op uchraydi. Th, Pu, Pa, U, Np, Am va Cm(Kuriy) uchun ana shunday birikmalar ko’p. Bu elementlarning oksidlari qiyin suyuqlanuvchan va suvda erimaydigan moddalardir. Ular hatto kislotalar bilan ham ta’sirlashmaydi. Ishqorlarning suyuqlanmalarida ham erimaydi. Me(OH)4 birikmalari kuchsiz asosli xossalarga ega. Aktinoidlar tuzlari tarkibida 4-12 molekula suv ushlaydi. MeF4 suvda qiyin eriydigan qiyin suyuqlanuvchi birikmalarga kiradi.ThCl4, UCl4, PaCl4, NpCl4 birikmalar olingan. UBr4 va UI4 ham ma’lum. Aktinoidlar ichida +5 birikmalar Pa, Np va Pu da uchraydi. Bu birikmalarda asoslik xossalar kuchli. U, Np, Pu va Am da +6 birikmalar uchrab, bunday birikmalar xrom hosilalariga o’xshab ketadi. UO22+ uranil, NpO22+-neptunil, PaO22+ prataktanil deyiladi. Masalan, UO2(NO2)2*6H2O, uranil nitrat uranning eng k’op tarqalgan birikmasidir. Na2UO4 uranat va Na2U2O7 diuranat tuzlari ma’lum. Bu tuzlardan rangli shisha olishda foydalaniladi. Download 490.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling