1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet17/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

1. Natriyli selitra. NaNO3 tarkibida 15-16 % azot bo‘ladi. Ammiak olishning sintetik usuli ishlab chikilguncha antriyli selitra Chilidagi guanoning tabiiy qatlamlaridan qazib olishar va asosiy azotli o‘g‘it hisoblanar edi. Natriyli selitra ammiakdan nitrat kislota olishdagi qo‘shimcha mahsulot xisoblanadi, u oq yoki sargish qo’ng’ir rangli mayda kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, birmuncha gigroskopik, noqulay sharoitlarda mushtlashib, qotib qolishi mumkin. Tug’ri saqlanganda mushtlashmaydi va yaxshi sochiluvchanligini saqlab oladi.
Kalsiyli selitra – Ca(NO3) tarkibida 13-15 % azot bo‘ladi, u nitrat kislotali bur yoki ohak bilan nitrallash orqali olinadi.
2HNO3 + CaCO3 = Ca(NO3)2+ CO2 + H2O
bioo‘g‘it rangli oq Kristal tuz, suvda yaxshi eriydi, nixoyatda gigroskopik, xatto normal sharoitda saqlanganda ham juda tez namiqadi, suyuqlanadi va mushtlashib qoladi.
NaNO3 va Ca(NO3)2 fiziologik jihatdan ishqoriy o‘g‘itlardir. O‘simliklar Na+ yoki Ca2+ kationlariga qaraganda NO3- anionlarini ko‘proq o‘zlashtiradi va bu kationlar tuproqda qolib uning muhitini ishqoriylashtiradi.
Kislotali tuproqda asoslar kam bo‘lsa kalsiyli selitra yaxshi natija beradi. Bu o‘g‘it solinganda kislotalilik kamayibgina qolmay, balki tuproqning fizik xossalari ham yaxshilanadi, chunki Ca2+ tuproq kolloidlarini kaogulyatsiyaga uchratadi.
Tuproqda selitralar tez eriydi va tuproqning singdiruvchi kompleksdagi (TSK) birikmalar bilan almashinish reaksiyalariga kirishadi.
Na+ va Ca2+ kationlar tuproqqa yutiladi. NO3- anionlar tuproq eritmasida qoladi. Bu selitralarni kuzda solish tavsiya etilmaydi. Kuzgi va chopiq talab etadigan ekinlarni selitra bilan oziqlantirish juda yaxshi natija beradi. Natriyli selitra shurlangan tuproqlarda va shurxok tuproqlarda uncha yaroqli emas.
Kislotali tuproqlarda Ca(NO3)2 ishlatish birinchi o’rinlarda turadi, chunki tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi. NaNO2 qand lavlagi eng yaxshi o‘g‘it hisoblanadi, chunki qand lavlagi Na+ga talabchan bo‘ladi.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling