1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
2. Ammoniy sulfat (HN4)2SO4 tarkibida 20,5-21 % azot bo‘ladi. Konsentralladigan sulfat kislotali gazsimon ammiak bilan to‘yintirish orqali olinadi.
H2SO4 + 2NH3 = (NH4)2SO4 Kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, gigroskopligi yuqori emas, shu sababli normal sharoitlarda saqlangan kam mushtlashadi va yaxshi sochiluvchanligini saqlaydi. O‘g‘it tarkibida 24% atrofida oltingugurt bo‘ladi va o‘simliklarning shu element bilan oziqlanishi uchun manba hisoblanadi. Ammoniy sulfat bilan bir qatorda ozgina miqdorda ammoniy natriysulfat (NH4)2SO4, Na2SO4 ishlatiladi, bu birikma kaprolaktam ishlab chiqarishning chiqindisi bo‘lib tarkibida (16%) azot bo‘ladi. Ammoniy xlorid-NH4CI-24-25% azot bo‘ladi. Soda ishlab chiqarishda qo‘shimcha mahsulot sifatida ozroq miqdorda olinadi. Oq rangli kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, tarkibida 67% Cl- bo‘ladi. Shuning uchun xlorga sezgir ekinlarga (tamaki, tok, kanop, grechixa va boshqalar)ga uncha tug’ri kelmaydi. Ammoniy sulfat va ammoniy xlorid fiziologik kislotali o‘g‘itlar, chunki o‘simliklar SO4- - (yoki Cl-) anionlarga nisbatan NH4+ kationlarni tezroq o‘zlashtiradi, natijada anionlar tuproqda to‘planib, uning kislotaligiga sabab bo‘ladi. Tuproqqa solinganda keyin ammoniyli o‘g‘itlar tuproq namida tez erib ketadi va tuproqning singdirish kompleksidagi, birikmalar bilan almashinish reaksiyalariga kirishadi: NH4+ kationlar tuproqqa yutiladi va singdirish kompleksidagi birikmalarning ekvivalent miqdoriga almashinadi. Yutilgan ammoniyni o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradi. Shu bilan birga uning tuproqdagi harakatchanligi va ko‘p namlanish sharoitida yuvilib ketish xavfi kamayadi. Ammoniyli o‘g‘itlarni kuzgi shudgorlash paytida solish mumkin. ular asosan, ekishgacha asosiy o‘g‘it sifatida solinadi. Qatorlarga yoki uyalarga ammoniyli o‘g‘itlar solishning unchalik yaxshi emasligi sababli shuki, yosh navdalarga ammoniyli azotning ko‘plab kelishi ortiqcha ammiakning zaharli ta’siri tufayli salbiy natija berishi mumkin, bundan tashqari ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmaganligi uchun ammoniyli azotdan foydalanish qiyinroq bo‘ladi, chunki u tuproqda sekin siljiydi. Qatorlarga va uyalarga solingan nitratli o‘g‘itlar yaxshi samara beradi. Vaqt utishi bilan nitratli va ammoniyli o‘g‘itlarning harakatchanligi orasidagi farq yo‘qolib boradi, chunki ammoniy azoti asta-sekin nitrafikatsiyaga uchraydi va nitrat shaklga o’tadi. Sug’orish paytida, ayniqsa bostirib sug’oriladigan sharoitda ustiriladigan sholiga ammoniy sulfat solish juda samaralidir, chunki bunda kislorod kam bo‘ladi, nitrifikatsiya jarayoni sekinlashadi. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling