1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
Kaliyli xomashyo konlari
Kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish va ularning xossalari MDH davlatlari hududida joylashgan kaliy xomashyosi zaxiralarini hisobga olinsa, u bu qiymat bo'yicha jahonda birinchi o'rinda turadi. Agar 1978-yilda dunyoda ishlab chiqarilgan kaliyli o'g'itlar, ularni K20 hisobida olinganda 25,7 mln tonnani tashkil qilgan bo'lsa, o'sha paytda MDH inamlakatlari hisobiga 8,4 mln tonna to'g'ri kelgan. O'sha yili har bir gektar haydalanadigan verga solish bo'yicha (K20 kg hisobida) jahonda — 15,9 bo'lsa, MDH da — 23,2 kg ga to'g'ri kelgan. Hozirgi paytda kaliyli tuzlarni sanoatda ishlab chiqarish 50 mln tonna K20 ni tashkil qilsa, MDH inamlakatlari hisobiga 48% to’g'ri keladi. Kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida kaliyli tuzlar xizmat qiladi, ularning sanoat miqyosida ishlatish uchun yetadigan zaxiralari Rossiyaning yevropa qismida, Qozog'istonda, O'rta Osiyoda joylashgan. Yuqori Kama konlari ancha yirik konlardan bo'lib (12 mlrd tonnadan ziyod), Solikamsk atrofida joylashgan. Ikkinchi kaliyli tuzlarning eng yirik konlari Belorusiyaning Starobinsk va Petrolovsk, Ukrainaning Karpat tog'lari atrofida Kalush-Galinsk, Stebnikovsk konlarida joylashgan. Turkmanistonda Tyubogantan va Karlyuk konlari joylashgan. MDH mamlakatlarida uchraydigan kaliyli tuzlarning konlari xlorid xiliga jami zaxiraning 92% va 8% sulfat xiliga bo'linadi. O'z navbatida ishlab chiqilgan kaliyli o'g'itlar ham xlorid (kaliy xlorid va aralash tuzlar) va sulfat (kaliy sulfat, kaliy magneziy, kaliyli-magniyli konsentrat) xillariga bo'linadi. Xloridli kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo sifatida silvinit xizmat qiladi, u silvin (KCI) va galit (NaCl) aralashtnasi (aglomerati) hisoblanib tarkibida 12—15% K20 bo‘ladi. Kaliyli o‘g‘itlarning sulfat kislota qoldig‘ili xillari kainit, langbeynit va aralash langbeynit — kaliyli jinslardan, shuningdek kalunitlardan olinadi. Ta rkibida kaliy bo’lgan mine rallar quyidagilar: Karnallit KCI-MgCl-6H20 , kainit KCl-MgS04-3H20 , shenit K2S04 MgS04 6H20 , langbeynit K2S04-2MgS04, poligalit K2S04- 2MgS04 CaS04- 2H20 aulinit (K, Na)2S04- AI2(S04)3 • 4Al(OH)3 nefelinli konsentrat (K,Na)20 Al203-2Si02. Nefelinli konsentratdan uni kompleks qayta ishlash asosida aluminiy oksidi, sement, soda va potash olinadi. Karnalitli rudalardan ularning tarkibidagi magniyni ajratib olgandan keyin magniy ishlab chiqarish sanoatining chiqindisi bo‘lgan kaliy xloridli elektrod — o‘g‘it olinadi. Kaliyli o‘g‘itlar konsentrlangan (kaliy xlorid, kaliy sulfat, kaliy — xloridli — elektrolit, kaliy magneziya, kaliy — magniyli konsentratlar) va xomashyo tuzlari (silvinit, kainit)ga bo’linadi. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling