1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet23/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

Xlor kaliyli-elektrolit (chiqindili KC1) sarg'ish jiloli kuchli changga aylanuvchi mayda kristall kukun hisoblanadi K20 miqdori 31,6—45,5% bo'ladi, yopishmaydi (namligi 4% dan ortmaydi), tashishda qog'oz xaltachalarga solinadi yoki shundayicha tashiladi.
Kaliy magneziya (K2S04 MgS04). Kulrang va qizg'ish jiloli kuchli changlanadigan kukun yoki aniq shaklga ega bo'Imagan kulrang-qizg'ish granulalar tarzida ishlab chiqariladi. Tarkibida 29% K20 va 9% MgO bo'ladi; namligi 5% dan ziyod ernas, yopishmaydi, shundayligicha transport vositasiga solib yoki qog'oz xaltalarga solib tashiladi. Kaliy sulfat kabi xlorga nisbatan o’ta sezgir bo'lgan ekinlar uchun qoilaniladi.
Kaliyli magnezial konsentrat kulrang rangli granulalar tarzida ishlab chiqariladi, namligi 1,5—7%. Tarkibida 18,5% K20 va 9% MgO bo'ladi. Tashilganda shundayligicha trasport vositasiga solib tashiladi, chunki yopishmaydi. Xlorga nisbatan sezgirlikni namoyon qiladigan ekinlar uchun ishlatiladi. 40% li kaliyli tuz (KCl+NaCl) — qizg'ish jiloli kristall aralash kulrang kristall kukun hisoblanadi, u kaliy xloridning yanchilgan silvinit (35% gacha NaCl) bilan aralashmasidir, namligi 2% dan oshmaydi. Tarkibida 40% K20 bo'ladi, yopishqoq, idishsiz tashiladi. Natriyga nisbatan talabchan bo'lgan ekinlar (qand lavlagisi va iidiz mevalilar) uchun ishlatiladi. KC1 va kainit aralashmasi 30% li kaliyli tuz hosil qiladi.
Tabiiy kainit (NaCl chiqiudili KCl MgS04 3H20) — qizg'ish— qo'ng'ir rangli yirik granulalar bo‘lib, namligi 5% dan oshmaydi. K20 ning miqdori— 10%, yopishmaydi, transport vositasida to'g'ridan-to'g'ri tashiladi. Sement changi — sement sanoatining chiqindisi xlorsiz kaliyli o'g'it hisoblanadi. K2CO) ning miqdori 10—15%, granullangan shaklda ishlab chiqariladi, qog'oz xaltachalarga solinadi. Kaliy karbonat, bikarbonat, sulfat tuzlari tarzida, kam miqdorda silikatlar tarzida ham bo'ladi. Sement changida gips, kalsiy oksidi, bir yarim oksidlar va mikroelementlar aralashmasi ham bo'ladi. Asosiy o'g'it sifatida ishlatiladi, ayniqsa nordon tuproqlarda xlorofob ekinlar uchun yaxshi samara beradi.
Potash (kaliy karbonat K2C03) — ishqoriy kaliyli o'g'it, nordon tuproqlar uchun juda qimmatli hisoblanadi. Kalsiylashtirilgan potashda K,0 ning miqdori 63—66,7% bo'lishi kerak. Kalsiylashtirish gigroskopiklikni kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Potash va kaliy bikorbanat (KHC03) o'tin va somon yonganda hosil bo'ladigan o'choq kulida ham bo'ladi. Kulda biroz fosfatlar ham uchraydi. Kaliy bikarbonat 47% K20 ga ega bo'ladi.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling