1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fosfoammofos magneziya
- Nitrofosfatlar
Kaliyli selitra KN03 ham murakkab o ‘g‘itlar jumlasiga kiradi. Tarkibida 13% azot va 45% gacha K20 bo’ladi, uning 1 s miqdori kaliyli tuzning 1 s va ammiakli selitraning deyarli 0,4s o‘rnini bosadi. KN03 tarkibida kerak bo’lmagan oshiqcha modda umuman bo’lmaydi va fizik xossalarining yaxshiligi bilan ajralib turadi. Xlor ioniga nisbatan sezgirlikni namoyon qiladigan ekinlar uchun kaliy manbayi sifatidagi qimmati juda baland boiadi. Uning kamchiligi azot va kaliyning o‘zaro nisbatidagi farq katta (1:3,5) bo’lishidir. Shuning uchun undan foydalanilganda, tuproqqa yana qo‘shimcha ravishda azotli va fosforli o ‘gitlarni ham solish lozim bo’iadi.
Fosfoammofos magneziya yoki magniy -ammoniy -fosfat MgNH4P04KH20 — tarkibida 8% azot va 40% P205 tutuvchi suvda kam eruvchi murakkab o‘g‘itdir. Tuproq sharoitida bu o‘g‘itning ammoniysining nitrifikatsiyasi, ammoniy sulfat yoki ammoniy nitrat kabi tez bo'lib o‘tadi. Katta me’yorlarda qollanganda ham asosiy o'g'it sifatida solishga yaroqli o'g'it hisoblanadi. Tuzning tarkibiga marganes, mis, ruh mikroelementlarini ham kiritsa bo'ladi. Bunda azotli-fosforligina emas balki tegishli mikroo'g'it ham bo'lib qoladi. Issiqxonalar uchun (gidroponika) muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Nitrofosfatlar 1908-yildayoq D.I. Pryanishnikov o 'g 'it olish maqsadida fosforitga sulfat kislota emas, balki nitrat kislota bilan ta ’sir etish maqsadga muvofiq degan tavsiyani bergan edi, chunki bunda bir yo'la ikki xil: azotli va fosforli o'g'it olish imkoniyati yaratiladi Nitrat kislota bilan fosforli xomashyoga ta ’sir etishdan kalsiyli selitra va prisipitat (kalsiy difosfat chiqindili) bir almashingan kalsiy fosfat olinadi. Lekin bu aralashmani xali to ia qimmatli o ‘g‘it deb bo’lmaydi, chunki kalsiyli selitra tomonidan suv bu g iarin in g yutilishi tufayli aralashmaning namligi yuqoriligi uchun yomon sochiluvchan boiadi. Shuning uchun kalsiyli selitraning azotini boshqa birikma holatiga o‘tkazish lozim. Bunday ishlov berishning bir qancha uslublari bor. 1. Hosil qilingan aralashma-pulpaga, hali issiq va bo’tqasimon bo’lgan (ta’sirlanishni tezlashtiradi) paytda ammoniy sulfat qo'shiladi. Uning kalsiyli selitra bilan ta’sirlanishi natijasida ammiakli selitra va suvsiz kalsiy sulfat hosil boiadi: Ca(NO3)2 + (NH4)2S04 = 2NH4N03 + CaS04 Jarayonning shu bosqichda, agar uchlamchi o'g'it olish lozim bo’lsa, pulnaga kaliy xloriddan zarur bo’lgan proporsiyada qo'shiladi. U qisman ammiakli selitra bilan ta ’sirlanib, ammoniy xlorid va kaliyli selitra hosil qiladi: KCl + NH4N03 = NH4C1 + KN03 Keyinchalik olingan mahsulot quritiladi va donador qilinadi. Har bir granulada CaHP04- 2H20, Ca(H2P04)2- H20 , NH4N03, NH4C1, KCl, KNO3, CaS04 va fosfatli xomashyoda mavjud boigan chiqindi uchraydi. Bu o'g'it sulfidli nitrofoska deyiladi, u yaxshi fizik xossaga ega bo’ladi va har xil tuproqlarga xilma-xil uslublarda solish uchun yaroqli hisoblanadi. 2. Pulpaga ammiak va sulfat kislotasi qo'shganda, ammoniy sulfat qo‘shgandagiday samaraga erishiladi. Lekin ammiak mahalliy ishqorlantirishni yuzaga chiqarib, fosfat kislotaning o'zlashtiriladigan tuzlarining qisman retrogradatsiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Buning oldini olish uchun bir yo’la kam miqdorda magniyning eriydigan tuzi ham qo‘shiladi. Kaliy xloridning ta ’siri sulfatli nitrofoskaga tarkib va xossalari bilan o ‘xshash o'g‘it olish imkonini yaratadi, lekin uni ajralib turishi uchun sulfatli nitrofoska deb yuritiladi. Sulfat kislotadan foydalanish nitrofoska ishlab chiqarishni qimmatlashtiradi. Fosfat xomashyosining nitrat kislota ta ’sirida parchalashning ustunligi sulfat kislotadan foydalanishga b o ig an talabni kamaytiradi yoki umuman yo‘qotadi. Nitrat kislota atmosfera azotini sintezi yoli bilan olingan ammiakni oksidlantirish yo’li bilan olinadi. 3. Eng istiqbolli uslub pulpaga (rudaga) ammiak va fosfat kislotani qo'shish bo’lib, bunda kalsiy nitrat bir hamda ikki almashingan kalsiy fosfat va ammiakli selitraga aylanadi, bundan tashqari ammofos hosil boiadi: Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling