1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet27/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

3H20 + 2Ca(N03)2 + 4H3P04 + 5NH =
= 4NH4N03+ CaHP04 2H20 + Ca(H2P04)2 H20 + NH4H2P04
Bu nitrofosfatda suvda eruvchi fosfat kislotaning eng yuqori ulushi 780% gacha) bo'lgan holda oldingi ikki holatga nisbatan o ‘simlik o‘zlashtiriladigani 55% ga yaqin miqdorni tashkil qiladi. Kaliy xloridni kiritish yana NH4C1 va KN03 ni beradi. Pulpa (ruda) tarkibida bo’lgan emvchi kalsiy fosfatlar va fosfat xomashyosidagi chiqindilar ham olingan o ‘g‘itning tarkibiga kiradi. Bu fosforli nitrofoskadir. Nitrofoskalar 1—4 mm kattalikdagi granulalar shaklida chiqariladi. Granulalar mineral yog'larni qo‘shib kondisionerlanadi, talk yoki maydalangan ohaktosh bilan changlashtiriladi. Ular ancha barqaror bo'lib, tashilish va saqlash jarayonlarida yopishqoq bo‘lib qolmaydi. Nitrofoska hajminining massasi 1,0g ga teng. Odatda, nitrofoskaning ta ’siri NPK larning miqdori bir-birga yaqin bo‘lgan sharoitda o ‘g‘it aralashmasidan kuchli bo'ladi. Chim—podzol tuproqlarda olib borilgan tajribalar orqali isbotlanganki, azot, fosfor va kaliyning nitrofoskadagi o ‘simlik tomonidan o ‘zlashtiruvchanligi superfosfat, ammiakli selitra va kaliy xloridli aralashmalaridagiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Bu narsa anidan kompleks o‘g‘it granulalarining tuproqda tekis tarqalishi tufayli ro'yobga chiqsa kerak.
Tuproqda nitrofoska fosfatlari superfosfatnikiga qaraganda retrogradatsiyaga kamroq duch kelishi qayd etilgan. Shuningdek, nitrofoska ta ’sirida kuzgi bug‘doyning ildiz tizimini yaxshiroq rivojlanishi va uning adsorbsion yuzasining ko‘payishi va natijada bu ekin hosilining oshishi qayd etilgan. Kuzgi bo‘g‘doyning Mironovskaya 808 navi ildiz massasining miqdori xlorsiz nitrofoska ta ’sirida nazorat n a ’munasida 13,7% dan 33% gacha, ildiz va ildiz tugunchalarining uzunligini ham o'zaro mos holda 17,9 va 23,3% ga oshishiga olib kelgan. Nazorat variantidagi kuzgi bug‘doy o ‘simliklarning gullash bosqichida ildiz tizimining ishchi yutish yuzasi 0,30 m2 bo‘lgan holda xlorsiz nitrofoska solingan sharoitda 0,79 m2ga yetadi.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling