1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Ammoniy fosfat asosidagi o‘g‘itlar


Download 257.52 Kb.
bet28/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

Ammoniy fosfat asosidagi o‘g‘itlar
Ammoniy fosfat asosidagi murakkab o‘g‘itlarni fosfat va nitrat kislotalarni ammiak bilan neytarllash asosida olinadi. Bunday o ‘g‘itlar oziq moddalar miqdorining yuqoriligi (50—70%) va suvda eriydigan fosfor miqdorining ham yuqoriligi (90—100%) bilan tavsiflanadi. Monoammoniy fosfat asosida, kaliy qo'shib olinadigan murakkab o‘g‘it nitroammofoska deb nomlanadi. Bunga mos holda diammoniyfosfatdan d iammonitrofos va diammonitrofoska olinadi. Bunda azot, fosfor va kaliyning har xil nisbatlardagi murakkab o‘g‘itlarini olish mumkin
Karboammofos—suvda eriydigan shaklda bo‘lgan amid va ammiak ko‘rinishidagi azot, fosfor va tarkibida kaliy ham bo‘lgan o ‘g‘it hisoblanadi. Karboammofoska mochevina, fosfat kislota, ammiak va kaliy tuzlaridan ishlab chiqariladi. U 60% gacha oziq moddalari (N, P205 va K20) ga ega. Karboammofoska azotning fosfor va kaliyga nisbatini 1:1:1 ; 1,5:1:1 ; 2:1:1; 1:1,5:1 holatlarida ishlab chiqarilishi mumkin.
Kaliy qo'shmasdan 60% gacha oziqa moddalari (N va P205 30% dan) tutuvchi karboammofos olinadi. Bunda azot va fosforning o ‘zaro nisbati karboammofoskadagidek bo‘lishi mumkin. Nitroammofosfatlar ammofos asosida olinadigan murakkab o‘g‘it, bu o‘g‘itlar va karboammofosfatlar granullangan tarzda (granulalarning kattaligi 1—3 mm) chiqariladi
Mochevina fosfatlari. Mochevina fosfat (issiq) termik fosfat kislotani sintetik mochevina bilan ta’sirlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Uni ishlab chiqarish mochevinani fosfat kislota bilan kompleks birikma hosil qilishiga asoslangan. Qo'shimcha ravishda ammiak kiritish va kaliy xlorid qo‘shish mumkin. 0‘g‘it tarkibida 36% gacha N, 48% gacha P20 5 yoki 24% gacha N va P205 bo’lishi mumkin.
Fosfor amidlari — yuqori darajada konsentratlangan o‘g‘itlarda azot va fosforning umumiy miqdori 120—147% gacha yetib boradi, bu miqdor ammofoska va diammofoskalarga qaraganda deyarli ikki marta ziyod miqdorni tashkil qiladi. Fosfat angidriddan fosfat kislotalarning amidlarini ishlab chiqarish hamda ammoniy fosfatning degidratlangan shakllarini ishlab chiqarish istiqbolli hisoblanadi, ular ishqorlanmaydi va tuproqqa birikib ketmaydi. P205 ni NH3 bilan ta ’sirlanishi azotli fosforll har xil tarkibli birikmalarni, jumladan diamidopirofosfat kislotani P2O5(NH4)2(OH)2, monoamidopirofosfat kislotaning ikki almashingan ammoniyli tuzini P203(NH4)2(NH2)0H , yoki xuddi shunday polifosfat kislotaning ammoniyli tuzini hosil bo'lishiga olib keladi, bular fosfor orqaligina emas, balki amidoguruhlar (NH) orqali ham amalga oshadi.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling