1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Anionlarning almashinib yutilishi
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimingizni sinab ko’ring.
Anionlarning almashinib yutilishi. O'ta nordon chimli-podzol va qizil tuproqlarda anionlarning ham almashinib yutilishi kuzatiladi. Bunday yutilish musbat zaryadlangan zarrachalarda yoki manfiy zaryadlangan kolloidlarning musbat zaryadlangan qismlarida kuzatiladi. Har ikki holda ham anionlarning singdirilishi kolloid zarrachalar yuzasida joylashgan molekulalarning bo'linishi natijasida hosil bo'ladigan OH-ionlariga almashinishi yo'li bilan sodir bo'ladi. Kuchsiz, nordon, mo'tadil va ishqoriy muhitli tuproqlarda anionlarning almashinib singdirilishi juda kam, aytish mumkinki, deyarli kuzatilmaydi. Kolloid zarrachalarning yuzasiga almashinib singdirilgan fosfat kislota anionlarini boshqa minerai va organik kislotalarning anionlari (H2CO3, gumin kislota va boshqalar) eritmaga siqib chiqaradi va ulardan o'simliklar baxramand bo'ladi.
Bilimingizni sinab ko’ring. 1. Agrokimyoning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 2. O‘simliklarni oziqlanishiga oid ilk taxminlar kimlar tomonidan yaratilgan? 3. Agrokimyo fanining asoschisi kim va uning xizmati nimada? 4. Agrokimyoning agronomiyaga oid fanlar o‘rtasida o’rni va ular bilan aloqasi? 5. Ovropada agrokimyo qachon rivojlandi? 6. Mineral o‘g‘itlardan foydalanish qachon boshlandi? 7. O‘zbekistonda nechta o‘g‘it zavodi bor va qayerda joylashgan? 8. Tuproqka o‘g‘it qo‘llash bo‘yicha qaysi davlat birinchi o‘rinda turadi? 9. Tuproq o‘simlik va o‘g‘it o‘rtasidagi munosabatni kim kashf etdi? 10. O‘zbekistonda qaysi agrokimyogar, olimlar ish olib borganlar? 11. Lipidlar jumlasiga qanday moddalar kiradi? 12. Organogen elementlarga qaysi elementlar kiradi? 13. Dukkakli ekinlarda hosil sifati nima bilan belgilanadi? 14. Oqsillar tuzilishiga ko‘ra necha guruhga bo‘ladi? 15. Uglevodlar qayerda hosil bo‘ladi? 16. O‘simliklarning havodan oziqlanishi deganda nimani tushunasiz? 17. O‘simliklarning ildizdan oziqlanishi deganda nimani tushunasiz? 18. Ildizning normal rivojlanishi uchun tuzlar eritmasining roli? 19. Ionlar antoponizli va sinergizmi nima? 20. Tuproqning kislotaligiga nima sabab bo‘ladi va u o‘simlikka qanday ta’sir qiladi? 21. Tuproqning asoslar bilan to‘yinish darajasi nima? 22. Gumus nima va uning tuproq unumdorligida qanday ahamiyati bor? 23. Tuproqning buferlik xususiyati nima va o‘simliklar uchun qanday ahamiyatga ega? 24. Singdirish turlarini sanang? 25. Tuproq tabiiy holda doimo qanaqa singdirilgan kationlar saqlaydi? 26. Ekvivalentni tushuntiring? 27. Biologik va fizik kimyoviy singdirishni tushuntiring? 28. Tuproqning singdirish kompleksi nima? 29. Singdirish qobiliyatini ahamiyati qanaqa? 30. Singdirish qobiliyatida mikroorganizmlar roli? Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling