1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Fizik-kimyoviy singdirish qobiliyati


Download 257.52 Kb.
bet12/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

Fizik-kimyoviy singdirish qobiliyati. Fizik-kimyoviy singdirish mayda dispers kolloidlar (0,00025mm) va loyqa zarrachalar (0,001mm) ning eritmalardan turli xil kationlarni o‘zlashtirish xususiyatidir. Eritmadan ayrim kationlarni singdirilishi tuproqning qattiq fazasi tomonidan avval o‘zlashtirilgan unga ekvivalent miqdordagi boshqa kationlarning siqib chiqarilishi bilan boradi: K+
(Tuproq) Ca + 2KC1 = (Tuproq) +CaCl,
K+
Tuproqdagi almashinadigan kationlarni singdirishda qatnashadigan organik (gumus tarkibida) va minerai (asosan gilli minerallar tarkibida) holatdagi mayda dispers zarrachalar yig'indisini K.K.Gedroys tuproq - ning singdirish kompleksi — TSK deb nomlagan. Organik va mineral kolloid zarrachalarning kationlarni almashib singdirish xususiyati ularning manfiy zaryadlanganligi bilan izohlanadi. Tuproqda musbat zaryadlangan kolloidlar (pH — 7—8 dan kichik bo’lganda ternir va aluminiy gidrooksidlari) ham bo‘lib, odatda k o ‘pchilik tuproqlarda manfiy zaryadlangan kolloidlar ustunlik qiladi. Tuproqlar tabiiy holda doimo ma ’lurn miqdorda Ca2+, Mg2+, H+, K+, Al2+, NH4+ va boshqa singdirilgan kationlarni tutadi. Bu xildagi kationlar tuproq eritmasidagi boshqa kationlar bilan almashinishi mumkin. Kationlarning almashinish reaksiyasi juda tez sodir bo'ladi. Tuproqga KC1, NH4C1, NH4N03 va shu kabi suvda oson eriydigan o‘g‘itlar kiritilganda, ular tezda tuproqning singdirish kompleksi bilan reaksiyaga kirishadi, tarkibidagi kationlarni tuproq eritmasida ilgaridan mavjud boigan kationlarga almashtiradi. Kationlarni almashinish reaksiyasi qaytar bo'lib, tuproq tomonidan singdirilgan kation yana qaytadan tuproq eritmasiga siqib chiqarilishi mumkin:
NH4+
(Tuproq) Ca+2 + 2NH4N03 <-> (Tuproq) + Ca(N03)2
Tuproq eritmasining konsentratsiyasi, hajmi va almashinadigan kationlarning tabiatiga qarab tuproq eritmasining kationi bilan tu p roqning singdirish kompleksidagi kationlar o ‘rtasida ma’lum darajada harakatchan muvozanat yuzaga keladi. Tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi o‘zgarganda muvozanat ham siljiydi. Tuproqqa KC1 kabi suvda oson eriydigan minerai o‘g‘itlar kiritilganda, tuproq eritmasining konsentratsiyasi oshadi, o'g'it tarkibidagi kationlar tuproqning singdirish kompleksidagi kationlar bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi, bir qismi tuproqqa singadi. 0‘simlik tomonidan bironta kation o'zlashtirilganda. lining tuproq eritmasidagi konsentratsiyasi kamayadi va bu kation tuproqning singdirish kompleksidan boshqa kationga almashgan holda eritmaga o'tadi. Tuproq singdirish kompleksining shu xil kation bilan to'yinish darajasi qancha yuqori bo'lsa, tuproq eritmasidan kationlarni shuncha ko‘p va tez siqib chiqaradi. Tuproqning turli kationlarni singdirish xususiyati bir xilda emas. Kationlarning zaryadi (valentligi) va atom massasi qancha katta bo'lsa, u shuncha ko‘p singdiriladi va boshqa kationlar tomonidan qiyinchilik bilan siqib chiqariladi. Singdirilish xususiyatining ortib borishiga qarab kationlarni quyidagi tartibda joylashtirish mumkin:

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling