1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Kimyoviy singdirish qobilyati
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
Kimyoviy singdirish qobilyati. Kimyoviy singdirish deganda, tuproqning ayrim ionlarini suvda qiyin eridigan yoki umuman erimaydigan birikmalar hosil qilish yo'li bilan tutib qolishi tushiniladi. Masalan, suvda oson eriydigan ammoniy fosfatni kalsiy bikarbonat bilan reaksiyasi natijasida kam eriydigan kalsiy difosfat hosil bo'ladi (fosfat kislota anionlari tuproqning qattiq fazasi tarkibiga o'tadi): U yoki bu ionning kimyoviy singdirilishi ularning tuproq tarkibidagi ionlar bilan kam eriydigan yoki suvda uinuman erimaydigan tuzlar hosil qila olishiga bog'liq. Nitrat va xlorid kislotalarning anionlari (NO3,- va CI-) tuproqdagi mavjud bironta kation bilan ham (Ca2+, Mg2+, K+, Fe3+, NH4+) erimaydigan birikmalar hosil qilmaydi, demak, ular kimyoviy yo'l bilan singdirilmaydi. Bu xlorid va nitratlarning o ‘ta harakatchanligiga bog’liq.
Karbonat va sulfat kislota anionlari (CO2-3- va SO2-4 ) bir valentli kationlar bilan eruvchan, tuproqda ko'p uchraydigan ikki valentli kationlar bilan (Ca2+va Mg2+) qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Shuning uchun mazkur anionlarning asosiy qismi kalsiy va magniy kationlari toinonidan ushlab qolinadi. Fosfat kislota anionlari (H2P04-, HPO24, PO3-4) bir valentli kationlar bilan suvda yaxshi eriydigan tuzlar (KH2P04, Na2HP04, NH4H2P04 va boshqalar), kalsiy va magniy kationlari bilan esa bitta, ikkita va uchta vodorodga almashgan tuzlarni hosil qiladi. Fosfat kislotadagi bitta vodorod o‘rnini kation egallashidan hosil bo‘ladigan tuzlar (masalan, Ca(H2P04)2) suvda yaxshi eriydi, ikkita yoki uchta vodorod 0 ‘rnini kation egallashidan hosil bo’ladigan tu z la r esa |(CaHP04, Ca(H2P04)2] kam eriydi. Aluminiy va temirning uch valentli kationlari bilan ham fosfat kislota suvda qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Fosfat kislotaning Ca, Mg, Al va Fe bilan qiyin eriydigan va erimaydigan birikmalar hosil qilishi suvda eruvchan fosforli o ‘g ‘itlarni tuproqda o'zgarishga uchrashida muhim roi o‘ynaydi. uproq eritmasida almashinib yutilgan kalsiy tutgan, mo 'tad i l yoki kuchsiz ishqoriy muhitga ega tuproqlarda (bo‘z va qora tuproqlar) fosfat kislota va birikmalarining singdirilishi kalsiy va magniyning suvda kam eriydigan fosfatlarining hosil bo’lishi bilan boradi. Masalan, bo'z tuproqlarga superfosfat kiritilganda, quyidagi reaksiya sodir bo'ladi: Ca (H2P04)2 + Ca(HC03)2 = 2CaHP04 + 2H2C03 Ca (H2P04), + 2Ca(HC03)2 = Ca(P04)2 + 4H2C03 Fosfat kislotaning suvda eriydigan tuzlari tuproqda almashinib yutilgan kalsiy bilan ta’sirlashishi natijasida ham singdirilishi mumkin: (Tuproq) Ca+2 + Ca(H2P04)2 = (Tuproq) 2H+ + 2CaHP04; Ca+2 2H+ (Tuproq) + Ca(H2P04)2 = Tuproq + Ca3(P04)2 Ca+2 2H+ Tuproqdagi almashinib yutilgan kalsiy miqdoriga bog‘liq ravishda CaHP04 yoki Ca, (P04) hosil bo‘ladi. CaHP04 — kuchsiz kislotalarda oson eriydi, shu bois o'simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Ca3(P04)2 nisbatan kam eriydi: bu tuz hosil bo'lganda, o'simliklar tomonidan fosfat kislotaning o'zlashtirilishi qiyinlashadi. Tuproq eritmasining muhiti nordonlashib borgani sari qiyin eriydigan fosfatlarning eruvchanligio rtadi. Chunonchi , Ca3(P04)2 ning tuproqdagi nitrifikatsiya jarayonida hosil boiadigan nitrat kislota bilan ta’sirlashishi natijasida oson eriydigan Ca (H2P04)2 hosil bo‘ladi: Ca3(P04)2 + 4HN03 = 2Ca(N03)2 + Ca(H2P04)2 Tarkibida ko‘p miqdorda erkin biryarim oksidlarni tutgan, nordon muhitli chimli podzol va qizil tuproqlarda aluminiy hamda ternir fosfatlar hosil bo'ladi: AI(OH)3 + H3P04 = A1P04 + 3H20 Fe(OH)3, + H3P04 = FeP04 + 3H2O Yangi hosil bo’lgan aluminiy va ternir fosfatlar o'simliklar tomonidan qisnian o‘zlashtirilishi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan ularda kristallanish sodir bo'ladi, qiyin eriydigan holatga o‘tadi va o‘simliklar tomonidan juda kam o‘zlashtiriladi. Shu sababli ham chimli podzol va qizil tuproqlarda fosfat kislota bo‘z tuproqlardagiga nisbatan ancha barqaror birikmalar hosil qiladi. Kuchli kimyoviy singdirilish fosfat kislotaning harakatchanligini cheklaydi va o‘simliklar tomo n id an o'zlashtirilishini qiyinlashtiradi. Ko‘rib o‘tilgan tuproq tiplarini fosfat kislota bilan barqaror birikmalar hosil qilish kuchiga ko‘ra quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: Qora tuproqlar< bo‘z tuproqlar< chimli-podzol tuproqlar Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling