1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet7/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

TUPROQNING MINERAL QISMI
Tuproqning minerai qismi turli minerallarning juda mayda zarrachalaridan (kattaligi mm ning mingdan bir ulushidan bir mm gacha va undan ortiq) iborat. Hosil bo'lishiga ko'ra birlamchi va ikkilamchi tuproq minerallari farqlanadi. Birlamchi minerallarga kvars, dalashpatlari, sludalar, shox aldamasi va piroksinlar kiradi. Ular tog‘ jinslarining yemirilishi va nurashi natijasida tuproq hosil qiluvchi ona jins tarkibiga o'tadi. Bu minerallar tuproqlarda asosan qum (0,05 -1,0 mm), chang (0,001-0,5 mm), qisman il (0,001 mm dan kichik) va kolloid (0,25 mkm dan kichik) zarrachalar holida uchraydi. Kimyoviy jarayonlar (gidratlanish, gidroliz, oksidlanish) va turli-tuman organizmlarning hayot faoliyati natijasida birlamchi minerallardan bir yarim oksidlar (R20) va kremnezem gidratlari, turli tuzlar, kaolinit, montmorillonit, gidrosluda kabi ikkilamchi minerallar (boshqacha nomi loyli minerallar) hosil bo'ladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra bu minerallar kremniy-kislorodli birikmalar (silikatlar)ga va aluminiy-kremniy-kislorodli (aluminiy silikatlar) ga bo‘linadi.
Tuproqlarda kremniy-kislorodli birikmalardan kvars (SiO2) keng tarqalgan. U asosan qum va chang holatida qisman gil va kolloidlar holatida uchraydi. Deyarli barcha tuproqlarga kvarsning miqdori 60% dan ko'proq, qumli tuproqlarda esa 90% gacha yetadi. Kvars barqaror va mustahkam birikma bo'lib, kimyoviy jarayonlarda ishtirok etmaydi. Aluminiy-kremniy-kislorodli birikmalar birlamchi va ikkilamchi birikmalar shaklida uchrashi mumkin. Birlamchi aluminiyli silikatlardan dala shpatlari, ortoklaz, anortit, albit keng tarqalgan. Sludalardan biotit va flagotip ko‘proq uchraydi.
Shox aldamalari va piroksinlar uncha keng tarqalmagan. Dala shpatlari va sludalarning asta-sekin parchalanishidan o‘simliklar uchun zarur bo'ladigan K, Ca, Mg, Fe va boshqa oziq elementlar yuzaga keladi. Ikkilamchi minerallar o'zaro o‘xshash xususiyatlariga ko'ra montmorillonit, kaolinit va gidrosludasimon guruhlarga bo'linadi. Mont - morillonit guruhiga montmorillonit, beydellit va boshqa minerallar kiradi. Montmorillonitli loylar yuqori darajada dispersligi, bo'kishi, qovushqoqligi va ilashimligi bilan ajralib turadi. Kaolinit guruhi minerallariga kaolinit va galluzitlar kiradi.
Bu guruh minerallariga disperslanish, bo'kish va ilashimlilikning kamligi kabi xususiyatlar xosdir. N.I.Gorbunovning ta’kidlashicha chimli podzol va qora tuproqlarda yuqori disperslikka ega minerallardan gidrosludalar va montmorillonit keng tarqalgan, kaolinit esa kam uchraydi. Kaolinit guaihiga xos minerallar qizil va sariq tuproqlarda, shuningdek granit asosida yuzaga keladigan chimli podzol tuproqlarda uchraydi.
Gidrosludalar dala shpatlari va sludalardan hosil boiib, deyarli barcha tuproq tiplarida uchraydi va ulardan gidromuskovit h amd a gidrobiotitlar keng tarqalgan. Ikkilamchi aluminiyli-silikatli minerallar kristall panjarasining tuzilishi, disperslik darajasi va shu kabi boshqa belgilari bilan o 'z a ro farqlansada, ayrim umumiy elgilarga ham egadir. Tuproqlarda ular kattaligi bir necha mikrometrdan mikrometrning yuzdan bir ulushigacha bo'lgan zarrachalar holida uchraydi.
Dispersligi yuqori bolgan bu minerallar katta yuza va kuchli singdirish qobiliyatiga ega. Kristall shakldagi va aluminiyli silikatlar bilan bir qatorda tuproq mineral qismi tarkibiga amorf holatdagi moddalar ham kiradi. Tuproqlarda K, Ca, Mg va Na larning karbonat, sulfat, nitrat, xlorit va fosfatlari kam uchraydi. Bu tuzlarning aksariyati (ayniqsa K va Na tuzlari) suvda oson eriydi, shu bois ularning tuproqdagi miqdori juda kam. Qiyin eriydigan tuzlar (Ca va Mg karbonatlari hamda kalsiy sulfat) ning miqdori tuproq qattiq fazasining asosiy qismini tashkil etadi. Tuproq mineral qismining turli mexanikaviy fraksiyalari nafaqat zarrachalarining katta-kichikligi, balki mineralogik va kimyoviy tarkibi bilan ham farqlanadi. Ma’lumki, gumus va uning tarkibidagi azotning asosiy qismi tuproqning yuqori disperslikka ega bo‘lgan yuza qatlamlariga to'planadi. Shu bois tuproqning ilsimon va kolloid funksiyalari o'simliklar oziqlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, ayni fraksiyalar ancha faol bo'lib, tuproqdagi adsorbsiya jarayonlarini va shunga boq'liq ravishda singdirish qobiliyatini ham belgilaydi. Qumli va qumloq tuproqlar kvars hamda dala shpatlaridan, qumoq tuproqlar birlamchi va ikkilamchi minerallar hamda kvars aralashmasidantarkib topadi.Tuproqning mexanikaviy tarkibi bilan muhim flzikaviy, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalari o ‘rtasidauzviy munosabat mavjud. Temir, kalsiy, magniy, kaliy kabi elementlarning miqdori tuproqning mexanikaviy tarkibi bilan bog'liq. Og'ir mexanikaviy tarkibli tuproqlar qumli va qumloq tuproqlarga nisbatan oziq moddalarga ancha boydir.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling