1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
TUPROQNING ORGANIK QISMI
Organik moddalar tuproqning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Organik moddalar, shu jumladan gumus miqdori har xil tuproq tiplarining haydalma qatlamida turlichadir tuproqla r tarkibidagi gumus miqdori ayrim tuproq tiplarida 10% va undan ham ko'proqni tashkil etgani holda, ayrim tuproqlarda 1—2% atrofida bolishi ko‘rinib turibdi. Tuproqning organik qismi turli-tuman organik moddalar majmuidan iborat. Ular ikkita guruhga ajratiladi: — o'simlik va hayvon qoldiqlaridan hosil bo'lgan, lekin gumusga aylanmagan organik moddalar; — gumus! Gumusga aylanmagan organik moddalar deganda, tuproqda chirib! ulgurmagan yoki chala chirigan o'simlik qoldiqlari hamda unda hayot kechiradigan hayvon (chuvalchang va hasharotlar) va mikroorganizm, ularning qoldiqlari tushuniladi. I.V.Tyurinning aniqlashicha, birga maydondagi tuproqqa yil davomida 5—8 t o'simlik qoldiqlari tushib, shundan 1 — 10% i tuproq haydalma qatlamining organik moddasiga aylanadi. Tuproqning 0—20 sm li qatlamida mavjud bo’lgan 0,7—2,7 t/ga (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 5—8 t/ga) bakteriyalarning atigi 1—2% i organik moddaga aylanadi. Tuproqdagi kimyoviy va o'ziga xos organik birikmalar asosan uglevodlar (selluloza, kraxmal, gemiselluloza) organik kislotalar, oqsillar, aminokislotalar, amidlar, yog'lar, qatronlar, aldegidlar, poliuron kislotalar, oshlovchi moddalar va lignin ko'rinishlarida uchraydi. Gumusga aylanmagan moddalar umumiy organik moddalar miqdorining 10—15% ini tashkil qilsada, tuproq unumdorligini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu moddalar tuproqda ancha tez parchalanadi, tarkibidagi azot, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar osonlik bilan minerallashadi va o'simiklarning oziqlanish manbayiga aylanadi. Ularning bir qismi tuproqda parchalanib, o'ziga xos tabiatli organik moddalarga aylanishi va gumus hosil bo'lishi uchun manba bo’lib xizmat qilishini alohida ta ’kidlash joiz. Gumus moddalari tuproq organik qismining 85—90% ini tashkil I qiladi. Ular gumin va fulvo kislotalar hamda guminlardan tarkib topgan. Mazkur moddalar ichida gumin kislotalar yaxshi o'rganilgan. Gumin kislotalar o'z ichiga tarkibi va xossalari jihatidan o'xshash bir qator moddalarni oladi. Gumin kislotalarning eng sodda tarkibi quyidagicha: uglevodlar — 52—62, kislorod — 31—39, vodorod — 2,8—6,6, azot - 3,3 -5,1%. Gumin kislotalar tabiatan aromatik, yuqori molekular moddalardan hisoblanadi. Ularni yon tarmoqlari to'g'ri chiziqli polimerlangan uglerod zanjirini tutgan siklik uglerodning yassi to'ridan iborat deb qarash mumkin. Uglerod zanjirlari o'zida gidroqsil, karboqsil, metoqsil kabi turli funksional guruhlarni tutadi. Gumin kislotalar molekulalari tarkibiga azotsiz va azot tutgan olti hamda besh a’zoli halqalar kirib, odatda, ular o‘zaro —N—, —NH, —CH2— ko'priklar orqali tutashadi. Aytilganlardan tashqari gumin kislotalar tarkibida uglevod qoldiqlari (geksoza, pentoza va boshqalar) va azotli organik birikmalar (peptidlar, aminokislotalar) ham uchraydi. Bu bevosita chekka yon zanjirlar shaklida xushbo‘y yadrolarning mavjudligi bilan bog'liqdir. Gumin kislotalar tarkibida 3—6 ta fenol gidroqsillari — (OH), 3—4 ta karboqsil (—COOH ), metoqsil (—OCH3) va karbonil ( = C - 0 ) guruhlarning bo‘lishi ularning xususiyatlari hamda tuproq bilan o ‘zaro ta’sir xarakterini belgilaydi. Gumin kislotalar tarkibidagi karboqsil guruhlar tuproqqa nordonlik bag‘ishlaydi va ationlarni almashinib yutilishi jarayonida ishtirok etishini ta’minlaydi. Karboqsil guruh tarkibidagi vodorod turli kationlar tomonidan siqib chiqariladi va bunda gumatlar deb nomlanadigan tuzlar hosil bo'ladi: RCOOH + NaHC03 -> RCOONa + H20 + C02 2RCOOH + CaC03 -≫ (RCOO)2Ca + H20 + C02 Bir valentli kationlar (Na, K, NH4) ning gumatlari suvda oson eriydi, ikki (Ca va Mg) va uch valentli (Fe va AI) kationlarining gumatlari esa suvda erimaydi. Gumus moddalarning ikkinchi guruhi fulvo kislotalar bo'lib, ular azotli yuqori molekular oksikarbon kislotalardir. Fulvo kislota gumin kislotadan o'zining och tusi (fulvo so'zining lug'aviy ma’nosi sariq, sarg‘ish demakdir), suv va mineral kislotalarda eruvchanligi hamda kislotali gidrolizga oson berilishi bilan farqlanadi. Fulvo kislotalarning eng sodda kimyoviy tarkibi quyidagicha: uglerod — 45—48, vodorod —5—6, kislorod —43—48,5 va azot — 1,5—3,0%. Fulvo kislota tuzilishida chiziqli polimerlangan uglerod yon zanjirining ustunligi va aromatik uglerod to ‘rining kam ishtiroki ularni gumin kislotalardan asosiy farqlanish belgilaridan biridir. Gumin kislotalar kabi fulvo kislotalar harn fenol gidroqsili, metoqsil va karboqsil guruhlarini tutadi. Fulvo kislotalarning kalsiyli va magniyli tuzlari suvda eriydi, ularning aluminiy hamda ternir bilan hosil qiladigan kompleks birikmalari ham ancha harakatchan bo'lib, faqat pH ning tor intervalida cho'kmaga tushadi. Fulvo kislota molekulalar tarkibidagi azotli moddalar nisbatan kuchsizroq bog‘langan, gumin kislotalarning azotli birikmalariga nisbatan kislotali gidrolizga oson beriladi. Fulvo kislotalar tarkibidagi azot tuproq yalpi azotning 20—40% ini tashkil qiladi. Tuproq gumusi tarkibidagi guminlar (ishqorda erimaydigan guinus moddalari) tabiatan gumin kislotalarga o'xshash bo'lsada, tuproqning mineral qismi bilan kuchli bog'langanligi bilan ajralib turadi va shu bois ular kislota va ishqorlarning ta’siriga ancha chidamlidir. Gumusning mazkur fraksiyasi tarkibidagi azot tuproq umumiy azotining 20—30% ini tashkil qiladi, kuchli bog'langanligi sababli mikroorganizmlar ta ’siriga bardoshli. Turli tuproq tiplari o'zaro faqat gumus miqdori bilan emas, gumin kislotalarning fulvo kislotalarga nisbati (Gk:Fk) bilan ham farqlanadi. Masalan, chimli podzol tuproqlarda bu nisbat 0,4—0,6 ga teng bo'lsa, qora tuproqlarda 1,0—1,5 ni tashkil qiladi. Markaziy Osiyoning bo’z tuproqlarida bu nisbat ancha o'zgaruvchan bo'lib, turli tuproq ayirmalarida turlichadir. Cho’l mintaqa tuproqlarining gumusi tarkibida fulvo kislota nisbatan ko'proqdir. Tuproqdagi gumus moddalarining juda kam qismi erkin holatda bo'ladi. Odatda, gumin va fulvo kislotalar tuproqning mineral qismi bilan kimyoviy va kolloid-kimyoviy ta’sirlashib, turli-tuman organomineral birikalarni hosil qiladi (Ca, Mg, Na larning gumatlari; gumatlar bilan aluminiy, ternir, fosfor va kremniy bilan hosil qiladigan kompleks orgono-mineral birikmalar). Bundan tashqari, ular loyli minerallar tomonidan kuchli yutiladi va mikroorganizmlarning ta’siriga yana ham bardoshli bo'lib qoladi. Umuman olganda, gumus moddalari mikrobiologik parchalanishga unchalik berilmasligi, qiyin minerallashishi bilan ajralib tursada, baribir asta-sekin parchalanishi sodir bo'ladi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ekinlar o'g'itlanmasdan yetishtirilganda, tuproqda gumus va azot zaxirasining keskin kamayishi kuzatiladi. Bu jarayon ayniqsa toza shudgor qilib tashlab qo‘yilgan maydonlarda ancha jadal ketadi. Agrokimyoviy tadbirlar tuproqdagi gumus miqdoriga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Sug'oriladigan bo'z tuproqlarda qo'riq tuproqlardan farqli o‘laroq gumusning hosil bo'lishi va minerallashishi o'ziga xos tarzda kechadi. Tuproqni haydash natijasida haydalma qatlamda gumus miqdori kamayib borayotganga o‘xshab ko'rinadi. Aslida esa aval 4—5 sm li yuza qatlamda mavjud bo'lgan gumus haydalma qatlam ostida to'plana boradi. Agar gumusning tuproqdagi yalpi miqdorini hisobga olsak, u sug'oriladigan bo'z tuproqlarda qo'riq tuproqdagidan 1,2—1,4 marta ko'pdir. Tuproqda faqat gumusning parchalanishi emas, balki to‘planishi ham sodir boiadi. Mazkur ikki jarayonga bog’liq ravishda tuproqlarda, gumusning miqdori ortishi yoki kamayishi mumkin. Organik moddalar miqdori ancha kam bolsada, tuproqlar unumdorligini belgilash va o'simliklar oziqlanishida muhim ahamiyatga ega. Gumin, fulvo va boshqa organik kislotalar, shuningdek, karbonat kisiota ta’sirida silikatlar, alumosilikatlar, kalsiy va magniy karbonatlari hamda boshqa qiyin eriydigan birikmalar parchalanadi va kalsiy, magniy, kaliy, fosfor kabi oziq elementlar o'simliklar o’zlashtiradigan shaklga o'tadi. Organik moddalar o‘simliklar oziqlanishida asosiy manba hisoblanadi. Tuproqdagi azot zaxirasi to’laligicha, fosfor va oltingugurt qisman, kaliy, kalsiy, magniy va boshqa elementlar kamroq miqdorda organik moddalarning tarkibida jamlangan bo’ladi. Organik moddalar adsorbsiya jarayonida faol ishtirok etadi, tuproqning nam sig'imi, suv va havo o‘tkazuvchanligi, issiqlik rejimi va strukturasiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Tuproq tiplari tarkibidagi oziq moddalarning miqdori va tarkibi jihatidan o‘zaro sezilarli darajada farq qiladi Tuproqdagi yalpi azot miqdori bevosita gumus va fosfor miqdoriga bogiiq: organik moddalarga boy tuproqlarda azot ancha ko‘p boiadi, lekin kaliyning granulometrik tarkibi va ona jinsga bog'liq ravishda o ‘zgaradi. Tuproqda rejalashtirilgan hosil uchun zarur b o ia d ig a n id a n bir necha baravar ko‘p oziq moddalar mavjud, lekin ularning asosiy qismi o‘simliklar bevosita o'zlashtira olmaydigan birikmalar shaklidadir. Masalan, azot gumus moddalarning, fosfor qiyin eriydigan mineral tuzlarning, kaliy alumosilikatli minerallar tarkibiga kiradi. Shunga ko'ra, oziq moddalarning yalpi zaxirasi tuproqning faqat potensial unumdorligini xarakterlaydi. Tuproqning samarali (effektiv) unumdorligini aniqlashda ular tarkibidagi o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladigan oziq moddalar miqdorini bilish lozim. 0‘simliklar tomonidan faqat suvda va kuchsiz kislotalarda eriydigan hamda almashinib singdiriladigan shakldagi moddalar oson o'zlashtiriladi. Tuproqdagi oziq moddalarning o‘simlik o'zlashtira oladigan holatga o‘tishi unda echadigan biologik, fizik-kimyoviy jarayonlarning tabiati va jadalligiga bog'liq. Oziq moddalarni o‘simliklar o'zlashtira oladigan shaklga o'tishi, shuningdek tuproqning mineralogik tarkibi, iqlim sharoitlari, qo'llaniladigan agrotexnikaviy tadbirlarning darajasi va bosh q a bir qator omillarga bog'liq bo'lib, hamma yerda bir xil jadallikda ketmaydi. Odatda, bu jarayon juda sekin sodir bo'ladi va o'zlashtirilish uchun layoqatli moddalarning miqdori o'simliklarni butun vegetatsiya davrida ta’minlay olmaydi. Shuning uchun deyarli barcha tuproq tiplarida qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini oshirish uchun albatta o'g'itlardan foydalanishga to'g'ri keladi. O'simliklar o'zlashtira oladigan oziq modda la r miqdori tuproqning tipi, madaniylashganlik darajasi, yetishtiriladigan ekin turi va kiritiladigan o'g'it miqdori bilan uzviy bog'liqdir. Oziq moddalar miqdori bitta xo'jalikning turli paykallarida ham turlicha bo'lishi mumkin. Tuproq unumdorligini oshirish va o'g'itlardan oqilona foydalanishda harakatchan azot, fosfor va kaliy miqdorini aniqlash uchun o'tkaziladigan agrokimyoviv tekshirishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqdagi harakatchan oziq moddalar miqdori agrokimyo laboratoriyalarida aniqlanadi. Kimyoviy tahlil natijalari agrokimyoviy xaritanoma tarzida rasmiylashtiriladi. O'ta serharakat bo'lganligi va agrokimyoviy tahlil etishning mukammal usuli yo'qligi sababli azot uchun xaritanoma kam tuziladi. Muayyan tuproq tipi uchun tavsiya etilgan usul bo'yicha harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdori aniqlangach, ta’minlanganligiga ko'ra 5 ta guruhga bo'linadi: juda past, past, o'rtacha , yuqori va juda yuqori. Har bir guruh uchun alohida rang yoki shartli belgi tanlangan bo’lib, ulardan agrokimyoviy xaritanomalarni tayyorlashda keng foydalaniladi. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling