1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Tuproqning singdirish sig‘imi va singdirilgan kationlar tarkibi
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
Tuproqning singdirish sig‘imi va singdirilgan kationlar tarkibi
Tuproqda yutilgan, almashinish xususiyatiga ega bo‘lgan barcha kationlarning yig'indisiga tuproqning singdirish sig’imi deyiladi. U 100gr tuproqda mg/ekv birlik bilan ifodalanadi. Masalan, 100gr tuproqda 200mg kalsiy, 36mg magniy va 9mg ammoniy singdirilgan bo‘lsin. U holda tuproqning singdirish sig'imi : =13,5mg/ekv ni tashkil etadi. Bu yerda 20, 12 va 18 sonlari Ca, Mg va NH4 larning ekvivalent og'irliklarini ifodalaydi. Singdirish sig‘imi, odatda, tuproqning almashinuvchan singdirish qobiliyatini ko'rsatadi. Kationlarning singdirilish sig‘imi tuproqning granulometrik tarkibi va undagi mayda dispers fraksiyaning miqdori hamda tarkibiga bog'liq. O'lchami 1 mkm dan yirik zarrachalarda kationlarning singdirilish sig‘inii juda kichik bo'lib, mayda zarrachalarda keskin oshadi. Tuproqda mineral kolloid va ilsimon zarrachalar (0,001 mm dan kichik) ko‘p bo‘lsa, kationlarning singdirilish sig‘imi ham katta bo‘ladi. Tarkibida loyli va qumoq mayda dispers zarrachalarni ko‘plab tutadigan og‘ir granulometrik tarkibli tuproqlar ancha katta singdirish sig'imiga egadir. Shu bilan bir qatorda tuproqning singdirish sig’imida mayda dispers zarrachalarning mineralogik tarkibi ham muhim o‘rin tutadi. Tuproqning mineral qismida montmorillonit guruhi yoki gidrosludalar ko‘p boisa, singdirish s igimi katta, aksincha kaolinit, temir yoki aluminiyning amo r f holatdagi gidrooksidlari ko‘p boisa, singdirish sigimi kichik boladi. Tuproq tarkibidagi gumus miqdori ham kationlarning singdirilishiga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Tadqiqotlar asosida gumusning ilsimon zarrachalarga nisbatan katta singdirish sig‘imiga ega ekanligi aniqlangan. Masalan, mo'tadil sharoitda ajratib olingan gumin kislotaning singdirish sig'imi 350—500 mg/ekv ni tashkil qiladi, vaholanki, bu ko‘rsatkich montmorillonitda 80—120, kaolinitda esa 3— 15 mg/ekv ga tengdir Tuproqning mayda dispers qismida mineral kolloidlar ko‘p, gumus miqdori ancha kam bo’lishiga qaramasdan, kationlarning singdirilishida tuproqning organik qismi muhim ahamiyatga ega. Tuproqning yuza qatlami gumusga boy boigani bois singdirish sig'imi ham quyi qatlamlarga nisbatan kattadir. Singdirish sig‘imi shuningdek tuproq muhiti va undagi manfiy zaryadlangan kolloid (asidoid) laming amfoter kolloid (amfolitoid) larga boigan nisbatiga ham bogiiqdir. Shuning uchun tuproq eritmasida vodorod ionlari (H+) ning konsentratsiyasi qancha kichik boisa, kationlar shuncha ko‘p yutiladi. Manfiy zaryadlangan organik va ko‘pchilik mineral kolloidlar buni yanada yaqqol namoyon qiladi. Tuproqlar umumiy singdirish sig‘imi bilangina emas, balki singdirilgan kationlarning tarkibi bo‘yicha ham o‘zaro farqlanadi. Ko‘pchilik tuproq tiplarida singdirilgan kationlar ichida kalsiy ustunlik qilib, ikkinchi o‘rinda magniy turadi, nisbatan kamroq miqdorni kaliy va ammoniy tashkil qiladi. Kalsiy va magniy kationlarining yig’indisi tuproqdagi yalpi almashinib singdirilgan kationlarning 90 % ini tashkil qiladi. Tuproqda almashinib singdiriladigan kationlardan Ca+2, Mg+2, K+ NH4+ lar o'simliklar uchun eng muhim oziq moddalar hisoblanib, tuproq eritmasidan oson siqib chiqariladi va o'simliklar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Singdirilgan kationlar tarkibi tuproq xossalari va o‘simliklarning o‘sib rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Kalsiy va magniy kationlari organik hamda mineral moddalarning koagulatsiyalanishini kuchaytiradi. Singdirilgan kationlar ichida kalsiyning ustunlik qilishi tuproq singdirish sig‘imining oshishiga, strukturasining yaxshilanishiga, fizikaviy xossalari, suv va havo rejimi uchun qulay sharoitlarni yaratishiga olib keladi. Tuproqning natriy bilan to‘yinishi (sho‘rtob tuproqlarda) kolloidlarning peptidlanishiga, bu esa o‘z navbatida tuproqdagi oziq moddalarning yuvilishi, miqdorining kamayishi, tuproq donalarining buzilishi va fizikaviy xossalarining yomonlashishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, tuproqning singdirish kompleksida natriy mavjud bo'lsa, uni boshqa kationlar oson siqib chiqaradi va eritmada soda hosil bo'ladi va o'simliklar uchun zararli bo‘lgan ishqoriy muhitni yuzaga keltiradi: Na+ (Tuproq) + Ca (HC03)2 = (Tuproq) Ca+2 + 2NaHC03 Na+ Tuproqning singdirish kompleksida vodorod va aluminiy ionlari ko'payib ketsa, suvda eriydigan tuzlarning kationlari bilan o'zaro ta’sirlashib, tuproqni nordonlashtiradi. Tuproq eritmasining nordonlashuvi va ayniqsa tarkibida aluminiy kationi miqdorining ko'payib ketishi o'simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Tuproqdagi yutilgan kationlarning nisbati va tarkibini minerai o‘g‘it kiritish orqali boshqarish mumkin. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling