1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqda kationlarning almashinmasdan singdirilishi.
Bir valentli kationlar : 7Li+, 23Na+, 18NH4+, 39K+;
Ikki valentli kationlar: 24Mg2+, 40Ca2+; Uch valentli kationlar: 27A1+3, 56Fe3+. Bir valentli kationlardan massasi bo'yicha ikkinchi va singdirilish qobiliyati bo‘yicha uchinchi o'rinda turadigan NH4+ va eng kichik atom massasiga ega H+ alohida o‘rin tutib, o‘zlashtirilgan boshqa kationlarni siqib chiqarish xususiyatiga ega. Tuproqda kationlarning almashinmasdan singdirilishi. Ayrim kationlar tuproqda almashinmasdan ham yutilishi mumkin. Bunday kationlar jumlasiga kaliy, ammoniy, rubidiv va seziylar misol bo‘la oladi. Ularni almashinmasdan, ya’ni tuproqning singdirish kompleksiga kirmasdan, ushlab turilishini bevosita ayrim minerallarning kristall panjarasiga kirishi bilan izohlash mumkin. Yutilishning bu turi kengayuvchan uch qavatli kristall panjaraga ega bo'lgan muskovit, vermikitlit, illit va montmorillonit kabi loyli minerallarda kuchli namoyon boiadi. Kristall panjaralar oralig‘idagi bo'shliqqa kirib qolgan kationlar qavatlar qisqarganda ikkita kremniv-kislorodli tetraedr qatlamda kislorod atomlari hosil qiladigan yopiq geksagonal makonning “iskanjasiga” tushadi. Kaliy va ammoniy kationlarining almashinmasdan yutilishi tuproqning granulometrik hamda mineral tarkibiga bog‘liq ravishda keng ko’lamda o‘zgarib turadi. Kationlarning almashinmasdan yutilishi tuproqning chuqur qatlamlariga qarab ortib boradi. Ayniqsa, tuproq goh qurib, gohida namlanib turadigan sharoitlarda yutilishning bu turi kuchli namoyon bo’ladi. Kaliy va ammoniy kationlarining almashinmasdan yutilishida faqat loyli minerallar emas , balki gumus h am faol ishtirok e tadi. Almashinmasdan yutilgan kationlar almashinib yutilgan kationlarga nisbatan o‘simliklar o'zlashtiriladigan shaklga ancha qiyin o'tadi. Shu sababdan ham almashinmasdan yutilish kuchli ketadigan tuproqlarda qo'llanilgan azotli va kaliyli o'g'itlar tarkibidagi azot va kaliyni o'simliklar ancha sust o‘zlashtiradi. Muntazam ravishda azotli, kaliyli va mahalliy o'g‘itlar kiritilgan tuproqlarda kaliy va ammoniy kationlarining almashinmasidan yutilishi sezilarli darajada kamayadi. Azotli va kaliyli o'g'itlarni goh quriq, gohida namlanadigan tuproqlarga kiritishda ular tarkibidagi kationlarning almashinmasdan vutilishga alohida e’tibor berish lozim. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling