1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


TUPROQNING SINGDIRISH QOBILIYATI


Download 257.52 Kb.
bet9/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

TUPROQNING SINGDIRISH QOBILIYATI
Tuproqning singdirish qobiliyati deganda, uni eritnnadan turli moddalarning ion va molekulaiarini yutish liamda ushlab qolish xususiyati tushiniladi. Tuproq tomonidan turli tuzlarning yutilishini ma ’lum izchillikda o'rganish D.Uey (1850—1854) ishlarida o‘z ifodasini topdi. Bu masalani o'rganishga ayniqsa K.K.Gedroys, Vigner, S.Matson va boshqa tadqiqotchilar salmoqli hissa qo‘shdilar. K.K.Gedroys o‘z tadqiqotlari asosida 1922-yilda nashr qilingan
“Tuproqning singdirish qobiliyati haqida ta’limot” nomli asarida tuproqning singdirish qobiliyatini batafsil bayon qildi. U tuproqning singdirish qobiliyati, o‘g‘it qo'llash muammolari, o‘simlikning oziqlanishi va tuproqlarni kimyoviy melioratsiyasi o'rtasida chambarchas bog‘liqliq borligini isbotladi va tuproqning singdirish qobiliyatini 5 ta turga boldi:
— biologik;
— mexanik;
— fizik;
kimyoviy;
— fizik-kimyoviy.
Biologik singdirish qobiliyati. Singdirishning bu turi o‘simlik va tuproq mikroorganizmlarining hayot faoliyati bilan bogiiq. Ular tuproq eritmasidan oziq moddalarini tanlab singdiradi, o‘z tanalarida organic birikmalarga aylantiradi va shu yo‘l bilan yuvilib ketishdan saqlaydi. o‘simlik va mikroorganiznilar nobud bo’lgach, tanasidagi birikmalar asta-sekin minerallashadi va o'simliklar o‘zlashtiradigan shaklga o‘tadi. Tuproq tarkibida mikroorganizmlarning miqdori 1 ga maydonning haydalma qatlamida bir necha o‘n tonnaga yetadi. Ular tuproq tarkibidagi organik moddalarni oziq va energiya manbayi sifatida parchalab, o‘s imliklar o‘zlashtiradigan shaklga o'tkazish bilan bir qatorda tuproqdan ancha miqdorda azot, fosfor, oltingugurt va boshqa moddalarni olib, o'simliklarga nisbatan raqib rolini ham bajaradi. Mikroorganizmlar tomonidan oziq moddalarning biologik singdirilishi jadal kechsa, bu jarayon o‘simliklarning oziqlanishiga va o‘z navbatida hosiliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 1 ga madaniylashtirilgan chimli-podzol tuproq mikroorganizmlari plazmasida taxminan 125 kg azot, 40 kg fosfor va 25kg kaliy bolishi E.N.Mishustin tomonidan hisoblab topilgan. Tuproqqa kiritiladigan o‘g ‘itning ham ma’lum bir qismi tezda mikroorganizmlar tanasiga o‘tadi. Azotning barqaror 15N izotopi yordamida olib borilgan kuzatishlar asosida tuproqning biologik singdirishi natijasida o'g‘it tarkibidagi nitrat shaklidagi azotning 10—20, aimmiak shakldagi azotning 20—40% i mikroorganizmlar tanasida organik holatda muqimlanib qolishi aniqlangan. Nitrat shaklidagi azot mikroorganizmlar tomonidan ammiak shakldagi azotga nisbatan 1,5— 2,0 marta kam singdirilsada, juda katta amaliy ahamiyatga ega, chunki nitratlar boshqa bironta singdirish yo'li bilan tuproqda saqlab qolinmaydi. O'simliklar va mikroorganizmlar tomonidan nitratlar tez fursatda yuvilib ketadi. Nitratlarning biologik yo‘l bilan yutilishi ayniqsa sug'oriladigan dehqonchilik mintaqasining yengil granulometrik tarkibli tuproqlarida muhim ahamiyatga ega. Biologik singdirish jadalligi tuproq aeratsiyasi, namligi va boshqa xossalariga hamda geterotrof mikroorganizmlar uchun oziq va energiya manbayi hisoblanadigan organik moddalarning miqdori va tarkibiga bogiiq. Tuproqqa sellulozaga boy, lekin tarkibida azot kam bo'lgan organik moddalarni kiritish (masalan, somon yoki serto‘shama go'ng) mikroorganizmlar sonining keskin oshib ketishiga olib keladi. Ular tuproqdagi minerai holatdagi azot va fosforning bir qismini o'zlashtirib oladi, natijada o‘simliklarning oziqlanish sharoiti yomonlashadi va liosil miqdori kamayadi. Shu kabi jarayonlar fosfor, oltingugurt va o‘simlik uchun zamr bo'lgan boshqa oziq elementlarida ham kuzatiladi. Demak, ma’lum shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda tuproqlarning biologik singdirish qobiliyati o'simliklar oziqlanishida ijobiy yoki salbiy rol o'ynashi mumkin.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling