1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet5/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

TUPROQNING TARKIBI
Tuproqlarda o'zaro chambarchas bog’langan qattiq, suyuq va gazsimon fazalar farqlanadi. Tuproq havosi. Tuproq mikroorganizmlari tomonidan kislorodning o‘zlashtirilishi, organik moddalarning parchalanishi va ildiz tizimining nafas olishi natijasida karbonat angidrid (C02) hosil bo‘ladi. Shu sababdan atmosfera havosida karbonat angidrid miqdori 0,03% bo’lgani holda tuproq havosida bir foiz atrofida, ba’zan 2—3% ga yetadi. Tuproqdagi karbonat angidrid miqdori atmosfera va tuproqdagi havo almashinuvi (aeratsiya) jadalligiga monand o‘zgaradi. Hosil bo'ladigan karbonat angidridning bir qismi atmosferaga tarqaladi, bir qismi esa tuproqdagi namlik ta’sirida erib, karbonat kislotaga aylanadi. Atmosferaga uchib chiqadigan karbonat angidrid o'simliklar tomonidan o'zlashtirilib, hosil miqdorini oshirishga xizmat qilsa, karbonat kislota tuproq eritmasining nordonligini oshiradi:
C02 + H20 = H2CO3 -> H + HC03
Atmosferadagi C02 miqdori oshganda, tuproq eritmasidagi karbonat angidrid miqdori ham ko‘payadi. Aksincha, ayni gazning havodagi miqdorini kamayishi tuproq eritmasi tarkibidagi C02 ning bir qismini atmosferaga uchib chiqishiga sabab bo'ladi. Tuproqda karbonat angidrid miqdorining ko'pavishi ham ijobiy ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yaxshi tomoni shundaki, hosil bo'ladigan karbonat kislota tuproqdagi mineral birikmalar (fosfatlar, kalsiy karbonat va boshqalar) ning eruvсhanligini oshiradi va ularni o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan shaklga o'tkazadi. Ikkinchi tomodan, tuproqda namlik ko‘p, aeratsiya sust bo'lsa, karbonat angidrid miqdorining ortishi va kislorodning yetishmasligi oqibatida o‘simlik va mikroorganizmlarning me’yorida rivojlanishi buziladi. Kislorod tanqisligida ildizning o'sishi va nafas olishi susayadi, o‘simlik tomonidan oziq moddalarning o'zlashtirilishi sekinlashadi. Bunda, ya’ni aeratsiya susayganda, tuproqda anaerob-qaytarilish jarayoni kuchayadi.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling