1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet22/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

Kaliy xlorid (KCI) umumiy ishlab chiqariladigan kaliyli o‘g‘itlarning 80—90% ini tashkil qiladi. Uning tarkibida 53,7—60,0% K20 bo'ladi, namligi 1% dan oshmaydi. U sochiluvchan, qizg‘ish yoki oqish rangli kulrang mavjli kristall inodda. Kaliy xlorid ikki xil uslubda: flotatsion va galurgin usuli bilan ishlab chiqariladi. Flotatsion uslubda olganda silvinitli rudalardan olinadi. Uning mohiyati loyqa shlak hosil bo'lib, undan KCI va NaCl larni birbiridan ajratib olishdan iborat. Minerallarni flotatsion ajratish (silvinit KCI va NaCl) ularning yuzasini suv bilan ho‘llanish qobiliyatini har xilligiga asoslangan. Oldindan maydalangan rudani solib yoki suvli eritmaga yog‘li aminlarni qo'shib aralashtiriladi va pulpa orqali mayda pufakchalar tarzida purkab havo o'tkaziladi.
Bunda silvinit mineralining gidrofob zarrachalari havo pufakchalariga yopishib oladi va pulpaning vuzasiga ko‘pik tarzida chiqadi. Ko‘pikli mahsulot KCI ning konsentrati hisoblanadi, u sentrifugada suvsizlantiriladi va quritish uchun yo‘naltiriladi. Galit mineralining gidrofil zarrachalari flotatsion mashinaning tubida yig‘iladi va chiqarish teshigi orqali chiqariladi. Kaliy xloridning silvinitdan galurgik uslubda ishlab chiqarilishi HCI va NaCl ning suvda eruvchanligini farqlanadigan ekanligiga asoslangan. Erish 90—100°C da amalga oshirilib, keyinchalik eritmani 20—25°C gacha sovitiladi. Har ikkala tuzlarning to'yingan eritmalari haroratni 20—25°C dan 90— 100°C gacha oshirilganda KC1 ning miqdori ikki marta oshadi, NaCl niki esa kamayadi. Bunday eritmani sovitilganda KC1 kristall holga keladi, NaCl esa eritmada qoladi. Tuzlar eritmasining bu xossalari muayyan uslubda kaliy xlorid ishlab chiqarishning uzluksiz jarayonini ta’minlashda asos sifatida foydalaniladi. Mayda kristall kaliy xlorid mayda donali flotatsid va galurgik uslubda saqlash jarayonida yopishadi, ayniqsa uning zarrachasini kattaligi 0,15 min bo’lganda shunday bo'ladi. Bu kamchilikning oldini olish uchun uning zarrachalari (granulalari) ni katta yangi 1mm dan 3mm yetkazilib granullanadi. Kaliy xloridning yopishqoqliligi unga aminlarni qo‘shganda ancha kamayadi.
Kaliy sulfat (K2S04) — oq rangli mayda kristall kukun (sarg'ish jiloli bo'lishiga ham yo'l qo'yiladi), namligi 1,2% bo'ladi. Tarkibida 46—50% K20 bo'ladi, yopishish xususiyati kuchsiz, zavoddan xaltalarga solib yoki to'g'ridan-to'g'ri transport vositasiga solib tashiladi. Shenitni langbcynitga konversiyalab bunda KC1 qo'shish yo'li bilan olinadi, u magniy sulfat bilan ta’sirlashadi, bu esa MgCl2 ajralib chiqishiga va o’g’it tarkibida qo'shimcha kaliy sulfat hosil
bo'lishiga olib keladi.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling