1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet19/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

3. Ammoniy silitra-NH4NO3 tarkibida 34,6% azot bo‘ladi. Nitrat kisldotani ammiak bilan nitrallash orqali:
NH3+ HNO3 = NH4NO3
Selitra oq yoki sargish kiristal holida va kattaligi 1-3 mm keladigan turli shakldagi donachalar holida ishlab chiqiladi. Donador silitrada gigroskopik kamroq, u ham mushtlashib qoladi, yaxshi sochiluvchanligini saqlaydi, suvda yaxshi eriydi. Bu o‘g‘itni barcha ekinlarga va har qanday tuproqda ishlatish mumkin.
Namligi kamroq hududlarda azotning yuvilib ketishi xavfidan qurqmay uni kuzda solish mumkin.
Tuproqda NH4NO3 tuproqning singdirish kompleksi bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Kation NH4+ tuproq kolloidlariga yutiladi, NO3- anion tuproq eritmasida qolib, yuqori harakatchanligini saqlaydi.
Asoslarga to‘yingan tuproqlarda (buz tuproq, ko’ra tuproqda) eritmada nitral tuzlar-kalsiy (yoki magniy) nitrat hosil bo‘ladi va katta dozalarda o‘g‘it sistemali ravishda solib turilganda ham tuproq eritmasi kislotali bo‘lmaydi.
4. Mochevina (karbo’lid)-CO(NH2)2 tarkibida 46 % azot bo‘ladi.
Ammiak va karbonat angidridni yuqori bosim va temperaturada sintezlash yo‘li bilan olinadi:
2NH3 + CO2=CO(NH2)2 + H2O
Suvda yaxshi eriydi donadorashtirilgan mochevina yaxshi fizik xossalarga ega, deyarli mushtlashib qolmaydi va sochiluvchanligini saqlaydi.
Mochevina tuproqqa solingandan keyin dastlabki kunlarda ammoniyfikatsiyalanadi, bunda ammoniy karbonat (NH4)2CO3 oqsil bo‘lishi tufayli tuproq vaqtincha ishqoriylashadi va ammoniy karbonat nitrifikatsiyalangan sari tuproqning ishqoriylashuvi kamayib, tuproq ma’lum darajalda kislotali bo‘lib qoladi. Mochevina sabzavot va mevali ekinlarga ildizdan tashqari oziqlantirish uchun, shuningdek bugdoyga dondagi oqsil miqdorini oshirish maksadida uning yetilishi vaqtida kechki oziqlantirishi uchun ishlatish mumkin.
1. O‘simliklarning oziqlanishida azotdan keyingi urinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hisoblanadi. O‘simliklar fosforni, asosan, ortofosfar kislotaning (H3PO4) anionlari holida o‘zlashtiradi, ular fosforni metofosfor (H3PO4) prifosfat kislotalarning fosforini ham o‘zlashtirish, shuningdek ba’zi organik fosfatlar-fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning ham o‘zlashtirish mumkin. Uch asosli kislota bo‘lgan ortofosfat kislota pH 7-8 dan va undan pastda dissotsiyalanib, bitta yoki ikkita H+ ion ajratib chiqaradi va H2PO4- ionlarini hosil qiladi, ana shu ionlarni o‘simliklar yutadi.
O‘simliklarda fosforning organik birikmalardan nuklein kislotalar, azotli asoslar, uglevodlarning molekulalari (riboza yoki dizokairiboza) va fosfat kislotalardan tarkib topgan yuqori molekulyar murakkab moddalar eng muhim rol o‘ynaydi, ular organizmlar hayot faoliyatining eng muhim jarayonlarida oksillar sentizida usish va ko‘payishida, irsiy-xususiyatlarning nasldan-naslga utishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oksillar bilan birgalikda xujayralarning sitoplazmasi va yadrosini kurishda ishtirok etadigan nukleotidlarni hosil qiladi, o‘simliklardan fosforning anchagina miqdori fitin-urug‘larning zaxira moddasi tarkibiga kiradi, bu modda o‘simlikning usish vaqtida fosfor elementining manbai sifatida foydalaniladi. Fosfor vitaminlar va ko‘pgina fermentlar tarkibiga ham kiradi.
O‘simliklarning xujayralarida fosfor energiya almashinuvida turli xil moddalar almashinishi jarayonlarida nixoyatda muhim rol o‘ynaydi. U uglevod va azot almashinishida, fotosintez, nafas olish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun energiyaga boy fosforli birikmalar ayniqsa katta ahamiyatga ega, ular orasida adenozintrifosfat kislota (ATF) asosiy rol o‘ynaydi. O‘simliklarda fosfor yetishmasligi bo‘larning yosh nixollik paytida, yaxshi rivojlanmagan ildiz sistemasining o‘zlashtirish xususiyati past bo‘lgan davrda ayniqsa yaqqol seziladi. Bu davrda fosfor yetishmasligining salbiy ta’sirini keyinchalik fosfor bilan ko‘p oziqlantirish orqali ham tuzatib bo‘lmaydi: O‘simlik fosforni vegetativ organlari intensiv o’sayotgan davrda eng ko‘p o‘zlashtiradi, shunga ko‘ra o’sishning boshlangich davrlari fosforli oziqlanishga nisbatan olinganda kritik davr hisoblanadi. Shu sababli o‘simliklarni vegetatsiya boshlanishida oson eriydigan fosfor bilan ta’minlash nixoyatda muhim ahamiyatga ega.
Har xil tuproqlar fosfor (P2O5) ning miqdori 0,03 dan 0,2 % gacha bo‘ladi, haydalma qatlamda esa uning umumiy zaxirasi 1 ga maydonga 100 dan 6000 kg gacha tug’ri keladi.
Tuproqda o‘simlik o‘zlashtira oladigan fosfor birikmalari juda kam. O‘simliklarni mineral moddalarni o‘zlashtirishi tuproqda hamma mineral birikmalarining bo‘lishiga bog‘liq. Shuning uchun o‘simliklarni yaxshi o‘sishi va rivojlanishi hamda azotni o‘zlashtirishi uchun tuproqda yetarli miqdorda o‘simlik o‘zlashtira oladigan fosfor birikmalarining bo‘lishi zarurdir.
Tabiatda inson ishtirokisiz o‘simliklar o‘zlashtira oladigan fosfor birikmalari tuproq mineral qismini nurashi, o‘simlik koldiklarinng chirishi, zamburug‘larining faoliyati, shuningdek erimaydigan fosfor birikmalarining eriydigan fosfor birikmalariga aylantiradigan fosfor bakteriyalarini faoliyati natijasida hosil bo‘ladi.
Fosfor birikmalari dalada hosil bilan chiqib ketsa, u tuproqqa qaytmasa u butunlay yuqotilgan hisoblanadi.
Tuproqda eriydigan fosfor birikmalarini hosil bo‘lish jarayoni juda sekin hosil bo‘ladi. Shuning uchun ekinlarda yuqori hosil olish maqsadida ular fosforli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlanishi zarur.
Fosforli o‘g‘itlar azotli va kaliyli o‘g‘itlar bilan tug’ri nisbatda solinsa ularning samaradorligini ancha yuqori bo‘ladi.
Bir tonna makkajuxori doni va shuncha miqdorda ko’k maysa hosil qilish uchun tuproqdan 7 kg fosfor (P2O5) chiqib ketadi.
O‘simliklar shuncha miqdordagi fosforni o‘zlashtirish uchun yerga bunga nisbatan 5-6 baravar ko‘proq fosforli o‘g‘itlar solishga tug’ri keladi.
Solingan fosforli o‘g‘itlar tarkibidagi fosforni atigi 15-20 % o‘simliklar o‘zlashtiradi.
Fosforli o‘g‘itlar tarkibida fosfor bo‘lgan apatit va fosforit rudalaridan ishlab chiqiladi.
Mamlakatimiz mustaqil bo‘lgandan keyin hamdustlik mamlakatlaridan olinadigan Qorotov appatit va fosforit rudalarini mamlakatimizga olib kelib fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqish jarayonlari ancha murakkablashdi, o‘g‘it ishlab chiqarish korxonalarida bir muncha tanqisliklar sodir bo‘ldi.
Respublikamizda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida fosforitlarga boy konlar topildi. Markaziy Qizilqumda harakat konida qidiruv ishlari olib borilmoqda. 100 mln. konlari zaxiraga seroyjardara fosforit koni ochildi. Markaziy Qizilqum fosforit kombinati qurilib ishga tushirildi. Unda 2,7 mln. t. fosforit konsentrati olinadi.
2. O‘simliklar vegitatsiya davri mobaynida 1 ga yerdagi tuproqdan o‘rtacha 20 dan 60 kg gacha miqdorda, ya’ni azot va kaliyga nisbatan ancha kam P2O5 istemol qiladi. Tuproqdagi fosforning urnini go‘ng hamda ildiz va poya qoldiqlari bilan to’ldirib bo‘lmaydi. Tuproqdagi fosfor zaxirasini to’ldirish uchun fosforli o‘g‘itlardan boshqa manba yo‘q.
Fosforli o‘g‘itlar eruvchanligiga va o‘simliklar o‘zlashtira olishiga qarab uch guruhga bo‘linadi.
1. Suvda yaxshi eriydigan-oddiy superfosfat va kushsuperfosfat.
2. Suvda kam eriydigan lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan o‘g‘itlar-pretsipitat, tomasshlak termofosfat, fitorsizlantirilgan fosfat.
3. Suvda erimaydigan, faqat kuchli kislotalarda to‘liq eriydigan o‘g‘itlar-fosforit uni, suyak uni.
Superfosfat. Oddiy superfosfat maydalangan appatit yoki fosforitga sulfat kislota bilan ishlov berish yo‘li bilan olinadi. Bunda kiyin eruvchan fosfotlar parchalanib, suvda eriydigan mona kalsiy fosfat Ca(H2PO4) va suvda erimaydigan gips CaSO4 hosil bo‘ladi.
Apatitdan olinadigan oddiy superfosfat tarkibida 19-20% fosforitlardan olinadiganda esa 14-16% fosfor bo‘ladi (P2O5 ga hisobidan olinganda).
Oddiy superfosfat asosan, donador holda donachalarining ulchami 2-4 ml. keladigan qilib chiqariladi.
Qo’sh superfosfat oddiy superfosfatdan farq qilib, tarkibida gips bo‘lmaydi, shu sababli unda P2O5 ning miqdori ko‘p 42-49 % bo‘ladi. Undagi fosfor suvda eriydigan kalsiy morofosfat Ca(H2PO4)2H2O va ozroq miqdori (4,5-5,7%) erkinfosfat kislota holida bo‘ladi. Qo’sh superfosfat donador holda tayyorlanadi. Uning kimyoviy va fizik xossalari, ishlatilishi hamda samaradorligi oddiy superfosfat kabidir.
Asosiy o‘g‘it sifatida superfosfat solishda uni plug bilan qumib ketish lozim, bunda o‘g‘it tuprogining cho’qur va nam bo‘lib turadigan tuproqdagi o‘simlik ildizlarining asosiy qismi joylashgan qatlamida turishi kerak.
Superfosfat kimyoviy yutilishi natijasida solingan joyida deyarli to‘liq urnashib qoladi va tuproqda juda sekin siljiydi.
Birinchi yili o‘simliklar undan foydalanmaydi, tuproqda qolgan superfosfat fosfori keyingi yillarda qisman o‘zlashtiriladi.
4. Pretsipitat kalsiy difosfat (CaHPO42H2O) tarkibida 27 dan 31 % gacha P2O5 bo‘ladi. Pretsipitat fosforli suvda erimaydi, lekmn ammoniy nitratda eriydi va uni o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradi. O‘g‘it yaxshi fizik xossalarga ega pretsipitatni barcha tuproqlarda turli xil ekinlarga asosiy o‘g‘it sifatida ishlatsa bo‘ladi.
Tomasshlak-fosforga boy chuyanlarni Tomasning ishkoriy usulida kayta ishlab, temir va pulatga aylantirishga hosil bo‘ladigan qo‘shimcha maxsulot.Tomasshlak tuk rangli og‘ir mayin kukun. Tarkibida 14 dan 20 % gacha P2O5 bo‘ladi. Bu o‘g‘itni barcha tuproqlarda asosiy o‘g‘it sifatida ishlatish mumkin.
5. Frsforit uni fosforitniun xoliga kelguncha maydalash yo‘li bilan olinadi. Bu o‘g‘it gigroskopik emas, mushtlashib qolmaydi. Uning tarkibidagi P2O5 ning miqdori 19-30 % atrofida bo‘ladi. Fosforit uni eng arzon fosforli o‘g‘it. Bu o‘g‘it barcha kuzgi ekinlarga shuningdek, chopik talab ekinlarga-qand lavlagi, kartoshka, makkajuxori va boshqalarga solinganda eng ko‘p samara beradi. Fosforit uni qancha ko‘p solingan bo‘lsa, uning ta’sir etish davomiyligi shuncha uzoq bo‘ladi.
Tabiatda kaliyning uch , 39K, 40K va 4IK izotoplari bor, ulardan 40K radiaktiv bo'lib, uning yarim parchalanish davri 1,3-109 yildir. Radioaktiv 4UK tabiiy kaliyning 0,001% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, sun’iy ravishda kaliyning qisqa umrli 42K izotopi (yarim parchalanish davri) olingan. Kaliy o‘simliklarda ion shaklida bo'ladi va hujayraning organik birikmalari tarkibiga kirmaydi. U asosan sitoplazma va vakuolada bo’ladi, yadroda esa bo’lmaydi, 20% ga yaqin kaliy o ‘simliklar hujayrasining sitoplazmasini kolloidlarida almashinuvli yutilgan holatda bo‘ladi, uning 1% gayaqini mitoxondriyalar tomonidan alniashinuvsiz yutiladi, asosiy qismi (taxminan 80%) esa hujayra shirasida va suv bilan oson ajraladigan shaklda bo’ladi. Shuning uchun kaliy o'simliklardan, ayniqsa qarigan barglardan yuvilib chiqib ketadi. Xloroplast va mitoxondriyalarda to‘planadigan kaliy ularni tuzilmaviy jihatdan mustahkamlaydi va fotosintetik hamda oksidlovchi fosforlanish jarayonlarida energiyaga boy bo'lgan ATF ning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Yorug’likda kaliy ionining hujayra sitoplazmasi kolloidlari bilan bog‘lanish mustahkamligi kuchayadi, qorong‘ilikda esa u susayadi va qisman kaliyning o'simlik ildizi orqali tuproqqa chiqishi sodir bo‘ladi.
Kaliy eng avvalo sitoplazma kolloidlarining gidrotatsiyasini kuchayishiga ta’sir etadi, bunda ularning dispersligini kuchaytiradi. Bu esa o ‘simlik tomonidan namlikni ushlab turilishini va vaqtincha qurg‘oqchilikka chidamliligini oshiradi. Kaliy ta’sirida kartoshka tuganagida kraxmalning va qand lavlagisida saxarozaning va qator mevali va sabzavot ekinlarda monosaxaridlarning to‘planishini kuchaytiradi. Kaliy o‘simliklarning sovuqqa va qishga (hujayra shirasini osmotik bosimini kuchaytirish tufayli), o'simliklarni zamburug’ va bakterial kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Kaliy yuqori molekular ugievodlar (selluloza, gomiselluloza, shuningdek pektin moddalari ksilinlar va boshqalar) ning sintezini kuchaytiradi, natijada g'allasimon o‘simliklar somonini hujayra devorlari qalinlashadi va donli ekinlarni yotib qolishga chidamliligini oshiradi, zig'ir va nashada esa tola sifati yaxshilanadi; ba’zi fermentlarning ishini katalizlaydi, shuningdek o'simliklarda qator vitaminlar (masalan, tiamin va riboflavin) ning sintezlanishi va to‘planishini kuchaytiradi, bu narsa esa hujayra og'izchalari bilan chegaradosh hujayralar faoliyatini kuchayishida katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Kaliy (kalsiy va magniy bilan birqatorda) qishloq xo'jalik ekinlarining animoniyli oziqlanishida ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Kaliyli oziqlanishga putur yetishi o‘simliklardagi metabolizmning izdan chiqib ketishiga olib keladi. Kaliyning tanqisligi qator fermentlar faoliyatining susayishiga, o'simliklardagi uglevod va oqsil almashinuvining izdan chiqishiga, bunda shakarlarning nafas olish uchun o‘ta ko‘p sarflanishi tufayli donning puch bo'lib qolishi urug'ning unib chiqishi va yashovchanlik qobiliyatini pasayishiga olib keladi va umuman olganda oqibat natijada hosilning sifatiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. 0 ‘simlikning kaliy bilan oziqlanishi to‘liq bo'lmaganda har xil kasalliklarga tezroq chalinadi, hosil yig‘ib-terib olingandan so'ng esa shu sababga ko‘ra hosilning saqlanish ko‘rsatkichi pasayadi.
O‘simliklarning kaliyli oziqlanishini taqchilligi: qari barglarning chekkasidan boshlab muddatdan oldin sarg‘ayishi keyinchalik esa ularning chekkasi va tepa qismining jigar rang (ba’zan qizil, zangsimon dog’li) tusga kirishi, bundan so'ng esa barglar o'ladi va yemiriladi, natijada kuyganday bo'lib qoladi. Ayniqsa kaliy tanqisligidan kaliyni sevuvchi o'simliklar ko‘p talofatga uchraydi. Kaliy tanqisligi amaliy jihatdan modda almashinuvini hamma tomonlarini qamrab olgan ko‘pdan-ko‘p biokimyoviy jarayonlarni sustlashuviga olib keladi. Bu narsa bunday holatning yuz berishining asosiy sababi kaliy yetishmasligining oqibati deb qarashga asos bo‘la oladi. Kaliy o'simliklar tomonidan kation sifatida yutiladi, u hujayrada zaryadlangan ion sifatida qoladi, u hujayra moddalari bilan kuchsiz bog'lar orqali birikadi. Hujayrada ancha miqdorda to'planib, anorganik anionlar, hamma hujayraning polielektrolitlarini manfiy zaryadlarini neytrallash uchun asosiy qarshi ion hisoblanadi, shuningdek hujayra va muhit o'rtasida ion assimetriya va elektrik kuchlanishlar farqini yuzaga chiqaradi. Kaliyning hujayradagi maxsus funksiyasi ehtimol shunday namoyon bo'lib o'simliklar oziqlanishida uning o'rnini bosadigan element bo'lmasligini sababi ham shudir.
Kaliyning bu xususiyati D.A. Sabinin tomonidan qayd qilingan bo’lib, u — kaliy, natriy va qisman kalsiylarning ahamiyati sitoplazmatik tuzilmalarni hosil qilinishi va protoplastning chegaraviy moddalarini elektrik xossalarini tutib turilishini ta’minlashdir — deb yozgan edi. Hujayrani membrana kuchlanishini ancha ko‘payishi va uning metabolitik jarayonlarga bog’liqligi, hamda kaliy uchun hujayra membranalarining selektiv o'tkazuvchanligini oshishi kaliy tanqisligining dastlabki samarasi hisoblanadi. Kaliyning hujayradagi miqdori undagi boshqa kationlardan hamda tashqi muhir eritmasidagi kaliy miqdoridan ancha ko‘p bo‘lishi ma’lum. Masalan, yuksak o'simlikiarda kaliyning hujayra ichidagi konsentratsiyasi uning tashqi muhitdagi konsentratsiyasidan 100— 1000 marta ziyod bo’ladi.
Qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kaliyning hujayradagi miqdori bilan o‘sish jarayonlarining jadalligi o'rtasida korelyativ bog’lanish bor. Binobarin, kaliyning tanqisligi hujayraning bo’linishi, o'sishi va cho‘zilishini susaytiradi, degan xulosaga kelish mumkin. Hozirgi kunda o‘simliklardagi oqsil sintezi jarayonini jadalligi va ulardagi kaliyni miqdori o'rtasida yaqin bog’lanish borligi haqida ma’lumotlar bor. Kaliy tanqisligida fotosintez mahsuldorligi kamayadi. Kaliy tanqisligida barglardagi fotosintez mahsulotlarining oqishini sekinlashishi haqidagi ma’lumotlar olingan.
0‘simliklar tomonidan kaliyning o ‘zlashtirilishidagi eng past bo’lgan davri ularning ilk (unib chiqqandan keyingi 15 kun) o‘sa boshlashiga to‘g‘ri keladi. Odatda, o‘simlik kaliyni eng ko‘p miqdorda, biologik massaning jadal o‘sishi davrida o'zlashtiradi. G‘allasimonlar va g‘allasimon dukkaklilarda kaliyning o'zlashtirilishi gullashdan—sutli pishiqlik davrigacha, zig’rda ≪to’liq≫ gullash fazasidan, kartoshka, qand lavlagisi va karamda ancha cho'zilgan niuddatlarda bo’lib, amaliy jihatdan butun vegetatsion davrni o‘z ichiga oladi. Kartoshka kaliyni eng ko'p miqdorda gullash davrida jadal ravishda tuganak hosil bo’lish jarayonida, qand lavlagisida ildizmeva hosil bo’lish davrida, karamda uning barg mevasining shakllanishida o'zlashtiradi.
Kaliy fosfatni organik birikmalar tarkibiga kiritish hamda fosfat guruhlarni ko'chirish reaksiyalarini amalga oshishi uchun kerak bo'ladi. Kaliy orqali faollanuvchi fermentlar xilma-xil turdagi reaksiyalarni nazorat qiladi, bunda muayyan jarayonlarda muhim ahamiyatga ega bo’ladi, fosfofruktolipaza glikoliz jarayonini boshqaradi. Shuningdek, kaliy atsetil koenzim A hosil bo'lishda qatnashuvchi fermentlarni ham faollashtiradi. Ferrnentlaming faollashuvida kaliyning ahamiyatini o'rganish, bu kation ferment bilan o‘zaro ta’sirlashib, uning konformatsiyasini o'zgartirish mumkinligini ko‘rsatdi, bunda ferment — K — substrat kompleksi hosil bo'ladi.
Kaliy ion-effektor vazifasini faqat fermentativ oqsillar uchungina bajarib qolmay boshqa oqsillar uchun liam bajarishi mumkin. Aniqlanganki, hujayra membranalarining o'tkazuvchanligi faqat HT ionidan mustasno holatda kaliy ioni uchun boshqa ionlarga nisbatan juda yuqori bo’ladi. Hujayrada kaliyning miqdori kamayganda doimo undagi natriy, magniy va kalsiylarning miqdori ko‘tarilib ketadi. Kaliy tanqisligida hujayrada erkin ammiakning vodorod ionlari, mineral fosfatlarning miqdori oshadi. Shunday ma’lumotlar borki, bunda sulfat va nitratlarning miqdori kamayib ketadi. Kaliyning miqdori hamisha o‘simliklarning yosh o‘suvchi organlarida hamda meristema va kambiyda ko‘p bo'ladi. Eski barglardan kaliy yoshroq barglarga ko‘chadi, ya’ni u o‘simliklar tomonidan takrortakror ishlatiladi (reutilizatsiya).
Ko'p hollarda reutilizatsiya oziq muhitida yetarli bo’lmagan joylarda namoyon bo'ladi natijada pastki barglarning sarg'ayib qolishi me’yor kaliyli oziqlanganlarga nisbatan oldinroq sodir bo‘ladi. Eski barglardan yangi barglarga kaliyning ko'chishiga natriy yordam beradi, qaysikim o'zining o‘sishini to'xtatgan to'qima va barglarda uning o’rnini oladi.
Demak, o'simlikda kaliyning taqsimlanishi bazesetal konsentratsiya gradiyenti deb nomlangan xususiyat bilan ta’siflanadi, bunda burglar va novda qismlaridagi uning miqdori quruq modda hisobida pastdan yuqoriga qarab oqadi. Kaliyning o'simliklar, tuproq va o‘g‘itlar tarkibidagi miqdorini hisoblashda uni oksid K20 shaklida sarhisob qilish odatlanilgan.
G‘allasimonlar va dukkaklilarga qaraganda qand lavlagisi, kartoshkalarning asosiy va qo'shimcha hosil mahsulotlarining quruq vazni hisobiga ancha ko'proq miqdorda kaliy to’g’ri keladi. Ayniqsa kaliyning yuqori konsentratsiyasi sabzavot ekinlarining mahsulotlarida yuqori bo’ladi. Sabzavot ekinlari, kartoshka, qand lavlagisi va boshqa ildizmevalar azotga nisbatan 1,5 marta ko'proq kaliy o‘zlashtirsa, fosforga nisbatan bu miqdor 3—4,5 marta ziyod miqdorni tashkil qiladi. Har xil o ‘simliklar 10 s asosiy hosil mahsuloti (unga mos holda vegetativ hosil) s/ga nisbatan K20 ni har xil miqdorda o'zlashtiradi.
G‘allasimon ekinlar taxminan 25—37 kg, g'allasimon dukkaklilar 16—20, kartoshka 7,0—9,0, oziqa va qand lavlagisi 6,7—7,5, sabzavot ekinlari 4,0—5,0, beda 20—24 kg. Oziq elementlarining asosiy mahsulot birligiga va unga mos boigan qo'shimcha mahsulot hisobiga (masalan, 10 s hisobiga) tuproqdan oiingan miqdori hamma vaqt qiyoslanadigan kattalikka ega bo'lmaydi, chunki har xil elementlarning hosilini asosiy mahsulotini quruq qismi bir xil bo'lmaydi. Shuning u chun har xil ekinlar tomonidan har xil oziqa elementlarini tuproqdan olinishini obyektiv baholash uchun asosiy hosilni quruq modda hisobida ekvivalent miqdor bo'yicha sarhisob qilish lozim. Masalan, har gektar yerdan 50 s asosiy mahsulot hosilini olish uchun hisoblanganda har xil ekinlar bo'yicha quyidagi raqamlarga ega bo‘lamiz. Odatda, kartoshka, qand lavlagisi va yem-oziqa lavlagisi, shuningdek qator sabzavot ekinlari har gektar yerdan quruq modda hisobida masalan, g'allasimon ekinlar, o'tlarga nisbatan ko'proq mahsulot olish imkonini beradi va shuning natijasida kaliyni ko‘p miqdorda o'zlashtiradi. Kungaboqar alohida o'rin tutadi, u qolgan hamma ekinlarga nisbatan kaliyni ko'proq o'zlashtiradi.
Hosilning asosiy mahsuloti birligi hisobiga ozuqa moddalarining o'zlashtirilishi ko'p jihatdan olinadigan tovar va qo'shimcha mahsulot o'rtasidagi nisbat mutanosibligiga bog'liq. G‘allasimonlarda hosilning tovar mahsulotida qo‘shimcha mahsulotga nisbatan kaliyning miqdori kam, ildizmevalilar, ko‘p yillik o ‘tlar, silos va sabzavot ekinlarida kaliyning ko‘p miqdori hosilning xo'jalik jihatdan qimmatli qismiga to‘g‘ri keladi. Masalan, donda o'simlikning yer usti qismidagi jami kaliyni 15% gina bo'ladi, qolgan 85% esa somonida bo'ladi. Aksincha kartoshkaning tuganaklarida 95% dan kam bo’lmagan miqdorda kaliy boisa, poya qismida bor-yo‘g‘i 5% bo'ladi. Tovar, ya’ni tashiluvchi mahsulotda qancha kam miqdorda va tovar bo'lmagan dalada qoladigan va yem-xashak bo'ladigan mahsulot qismida ko‘p miqdorda kaliy uchrasa, kaliy biologik aylanma almashinuvida kam chiqariladi va natijada xo'jalik tuproqlarida bu elementning yaxshi balansi yuzaga keladi. O'simlikda qisman yuz beradigan xazon kuydirish, qari barglardagi kaliyning yomg‘ir yordamida yuvilib turishi hamda vegetatsiyaning oxirida uning o'simlik ildizlari orqali tuproqqa chiqib turishi tufayli K20 ning hosil tarkibidagi miqdori o‘simlik jadal rivojlanayotgan paytdagi maksimal miqdordan ancha kamroq bo'ladi.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling