1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diammofos (NH 4 ) 2 HP0 4 .
Murakkab o‘g‘itlar
Murakkab o'g'itlar jumlasiga tarkibida 2 ta element saqlovchi (ammoniy polifosfat, ammofos, diammofos, nitrofos, karboammofos, siydikchil fosfatlar, fosfor-kaliyli) va 3 ta saqlovchi (nitrofoska, nitroammofoska, karboammofoska) o 'g 'itla r kiradi. Ammofos NH4H2P04 — bir almashingan ammoniy fosfat. Bu tuzni tashkil qiluvchi ionlar (ammoniy va fosfat) barcha o'simliklar u ch u n zarur va ular tomonidan hamma tuproqlarda o‘zlashtiriladi. Ammofosning tarkibi 11 — 12% N, 46—60% P205 dan tashkil topgan. Uni tarkibida ortiqcha modda bolmaydi. Ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi juda oddiy: ammiak fosfat kislota bilan neytrallanadi: NH3 + H3P04 = NH4H2P04 Ammofosning kamchiligi azot va fosfor o'rtasidagi nisbat farqining katta (1:4 yoki hatto 1:5) bolishidir. Bu narsa undan foydalanish imkoniyatini chegaralab qo‘yadi, chunki o ‘g‘itdagi azot va fosfor o'rtasidagi nisbat taxminan birga bir bo’lishi lozim, binobarin ko‘p o'simliklar hatto fosforga nisbatan azotni ko‘proq talab qiladi. Diammofos (NH4)2HP04. Ammofos ishlab chiqarish erkin fosfat kislotani ammiak bilan to'yintirishga asoslangan. Agar bu jarayonni davom ettirilsa, unda diammofos hosil boiadi. Diammofosda azot va fosforning o‘zaro nisbati 1:2,5 ga yaqinlashadi: 2NH3 + H3P04 = (NH4)2HP04 Diammofosda azotning miqdori 18% va undan ko ‘proqqa va P205 ning miqdori 50% ga teng. Azot va fosforning diammofosdagi yig‘indi miqdori 70% dan oshadi. Bu hamma murakkab o‘g‘itlar ichida eng konsentrlangan xili hisoblanadi. Konsentrlangan o ‘g‘itlarga xos boigan iqtisodiy ustunligi ammoniy fosfatlar hamma ekinlarni ekish va ko‘chat qilishda urug‘ materialiga yaqin qilib joy-joyiga, uyaga solish uchun qulaydir. Ular uncha-muncha ortiqcha qo'shimchaga ega emas (agar termik kislotadan tayyorlangan bo’lsa), eritmaning yuqori konsentratsiyada bo’lishiga, (joy-joyiga solganda, oziqa moddalarining kam dozasi solinadi) va bunda tuproq eritmasining osmotik bosimini oshishiga olib kelmaydi. Shu bilan birgalikda har ikkala ion (ammoniy va fosfat) o'simlik tomonidan oson o ‘zlashtiriladi. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling