1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet24/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

Silvinit (KCl NaCI) — maydalangan silvinitli jins, kristallarning kattaligi 1—4 mm va namligi 20% dan oshiq bo'lmagan holatda havorang kristallar mavjudligida rangi qizg'ish-qo'ng'ir bo'lib, tarkibida 12—15% K20 va 75—80% NaCl bo'ladi. Kam miqdorda ishlatiladi, idishsiz tashiladi, yopishqoq, natriyni sevuvchi ekinlar (qand lavlagisi, ildizmevalilar) uchun ishlatiladi. Silvinitdagi kaliyning miqdori kam bo'lganligi uchun uni konidan uzoq asofalarga tashib ishlatish samarali bo'lmaydi.
Karnailit (NaCl chiqindili KCl-MgCI2-6H,0) — maydalangan ruda tarkibida 12—13 % K20 bo'ladi, gigroskopik, kuchli yopishqoq, hozirgi kunda tashish qivin bo'lganligi uchun o'g'it sifatida deyarli ishlatilmaydi. Leagnit ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida xizmat qiladi. Uning chiqindisi—elektrolit (KC1)—qimmatli o'g'it hisoblanadi. Kaliyli o’g’itlar tarkibidagi xlor qator qishloq xo’jalik ekinlariga salbiy ta’sir ko'rsatganligi sababli uning qaysi kaliyli o'g‘itlar tarkibida qancha borligini bilisli lozim:
AICI3 + 3H20 = Al(OH)3 + 3HC1
Bu reaksiyadan ko’rinib turibdiki, tuproqni nordonlashuvida faqat H gina qatnashib qolmay balki Al+3 ham qatnashadi. Kaliy kationlari tuproq tomonidan almashinuvli yutilib, qatlamdan bir yo’la TSK dagi ionlarning o'rnini oluvchi (kompensatsiyalovchi) miqdorga ekvivalent boshqa kationlar (vodorod, aluminiy, kalsiy, magniy, marganes va boshqalar) ni siqib chiqaradi, bu narsa tuproq eritmasi reaksiyasida o‘z aksini topadi va demak o'simlikning o’sish sharoitiga ta’sir etadi. o’z ta’siriga ko’ra hamma kaliyli o’g’itlar fiziologik nordon hisoblanib: ularning suvli eritmalaridan o’simliklar kaliy kationlarini boshqa u bilan birga uchraydigan CI- yoki SO42- anionlariga nisbatan jadal ravishda so'rib oladi.
Tuproqning singdirish kompieksi bilan ta’sirlanish kaliyli o’g’itlarning tuproq eritmasiga nordonlashtiruvchi ta’sirini ham namoyon qiladi, bu narsa ayniqsa (ohaklanmagan) nordon tuproqlarda jadal ravishda bo'ladi. Masalan, rudalardagi 1 kg K20 ga to‘g‘ri keladigan xlorning miqdori (kg hisobida) silvinitda 4,0—5,2, karnallitda 3,0—3,3, kaliyli tuzda 1,4—1,9, kaliy xloridda 0,9—1,0, kaliy sulfatda va kaliyli magnezial o’g'itlarda 0,02—0,1 ni tashkil qiladi. Kaliyli o’g’itlarni tuproq bilan o’zaro ta’siri Kaliyli o'g'itlar suvda yaxshi eriydi. Lekin ularni tuproqqa solinganda kaliy ioni tuproqning kolloid zarrachalari bilan fizik-kimyoviy (almashinuvli) va almashinuvsiz yutilishida uchraydi. Kaliyning tuproq bilan almashinuvsiz t a’sirlanishi (fiksatsiyasi) tuproqqa o’g’it solingandan keyin bir kecha-kunduzda nihoyasiga yetadi va demak uning samarasi vaqtga ya’ni, o'simlikni ekishdan oldinmi yoki keyinmi ekanligiga bog'liq bo’lmaydi. Tuproq tomonidan kaliy ionlarini almashinuvli yutilishi umumiy yutilishning ancha (1/4 dan kam bo'lrnagan) qismini tashkil qiladi. K+ kationining tuproq tomonidan fizik-kimyoviy (almashinuvli) yutilishi qaytar jarayon hisoblanadi: Tuproq eritmasidagi almashinuvli reaksiyalar natijasida qo’llaniladigan o‘g‘itlarning xiliga qarab (xlorid yoki sulfat) xlorid yoki sulfat kislota hosil bo'ladi.
Bundan tashqari, tuproq eritmasining qo‘shimcha tarzda nordonlashuvi aluminiy xloridi tufayli hosil bo'ladigan xlorid kislota evaziga sodir bo‘ladi. Shuning uchun nordon chim—podzol tuproqlarda kaliyli o‘g‘itlarning samaradorligi pasayadi. Lekin tuproq eritmasiga kaliyli o‘g‘itlarning ko'rsatadigan nordonlashtiruvchi ta’siri ammoniy — nitratli va ammoniyli o‘g‘itlarning shu xildagi ta’siridan ancha past bo‘ladi. Yengil tuproqlarda kaliyli o‘g‘itlarning nordonlashtiruvchi ta’siri ancha kuchli namoyon bo‘ladi. Har xil tuproqlarda o ‘g‘itdagi kaliyning almashinuvsiz yutilishi (fiksatsiya) solingan miqdordan ancha yirik ko‘rsatkichlarga (80% gacha) yetishi mumkin. V.U. Pchyolkin ma’lumotlariga ko‘ra mineral tarkibiga va kaliyli o‘g‘itlarning solinishi me’yoriga qarab tuproqlarda kaliyning fiksatsiyasi 14% dan 82% gacha ko‘rsatgichga ega bo‘lishi mumkin. 40K izotopini qo‘llash yo‘li bilan qumoq va og'ir qumoq chim-podzol tuproqlarda olib borilgan tajribalardan ma’lum bo‘ldiki, o ‘simliklar tomonidan vegetatsiyasining oxirida o'g'it sifatida solingan kaliyning o‘zaro mos holda 63 va 70% o‘zlashtirilmay qolar ekan, ulardan 1/6 va 1/8 qismi harakatchan shakldagi miqdorni tashkil qiladi.
Fiksatsiyalangan kaliy kationlari o ‘simliklar tomonidan kamroq o'zlashtiriladi, ba’zi hollarda fiksatsiya o'simliklar oziqlanishida salbiy ahamiyatga ega bo'ladi. Kaliyning almashinmovchi yutilishi uch qatlamli shishuvchan panjarali montmorillonit guruhi va gidrosludalar guruhi jinslariga xos bo'ladi. Ayniqsa kaliy kationlarini vermukulit kuchli ravishda yutadi. Ikki qatlamli panjarali koalinit guruhi minerallari, odatda, fiksatsiyalash qobiliyatiga ega bo'lmaydi. Shuning uchun kaliyning tuproqlar tomonidan ko'lami ularning mineral tarkibiga bog'liq. Tuproqda montmorillonit va gidrosludalar guruhi minerallari qancha ko‘p bo‘lsa, ularda kaliyning fiksatsiyalanishi shuncha kuchli namoyon bo'ladi. Yengil tuproqlarda (qum va qumoq) o‘rta va ayniqsa og‘ir qunioq tuproqlarga nisbatan, odatda, kaliy kam fiksatsiyalanadi. Fiksatsiyalanish mexanizmini quyidagicha tushintirish mumkin: kationlar paket oraliq makoniga o'tib oladi, bunda ular eng yirik kattalikda (shishgan holatda) bo'ladi va tetraedrik qatlamlarning kislorod atomlari to‘rida geksoganal bo'shliqlarni egallaydi hamda har ikkala manfiy zaryadlangan kislorod qatlamini o‘ziga tortadi, natijada berk makonga kirib qoladi.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling