1. Kirish Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi va uni uzatish shakllari


Bibliografiya ishini tashkil etish


Download 366.6 Kb.
bet4/4
Sana23.04.2023
Hajmi366.6 Kb.
#1389506
1   2   3   4
Bog'liq
bibliografik ma\'lumotlar bazasi

Bibliografiya ishini tashkil etish
Bibliografiya tushunchasi axborotlar infratuzilmasini, ya’ni iste’molchilarning axborot resurslariga kirib borishlarini ta’minlaydigan axborot markazlari, ma’lumotlar bazasi, banki, aloqa tizimi tushunchasi bilan bog‘liq. Buni anglash uchun quyidagi tushunchalarni alohida ko‘rib chiqamiz:
Axborot markazi— axborotni yig‘ish, analitik-sintetik tahlil qilish, qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot.
Axborotni tahlil qilish markazi—aniq bir bilim sohasi bo‘yicha axborotni to‘plash, yig‘ish, saqlash, baholash, tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan tashkilot yoki bo‘lim.
Axborot almashuv markazi —tijorat asosida boshqa markazlar uchun zarur axborotni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot markazi.
Bibliografik markaz — bibliografik axborotni ishlab chiqish, to‘plash, qayta ishlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot markazi. Bundan tashqari, axborot agentliklari mavjud, ular u yoki bu yo‘nalishda axborotni qidirish, to‘plash, tanlash va tarqatish bo‘yicha tijorat asosida ish olib boruvchi tashkilot yoki shaxslar.
Jamiyatning axborotlashib borishi bilan kutubxonalar ham axborot-resurs markazlari va axborot-kutubxona markazlari sifatida mas’uliyatini oshirib bormoqdalar. Chunki asosiy axborot manbalari—turli xil hujjatlarning aynan kutubxonalar fondida yig‘ilishi sir emas.
Axborotlashtirish — axborot resurslariga tezkorlik bilan kirib borishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Kutubxonalar tajribasida bu butun kutubxonachilik va bibliografik ish jarayonlarini avtomatlashtirish va yangi zamonaviy texnologiyalar asosida axborot markazlarini tuzishdan iborat.
Alisher Navoiy nomli O‘zbekison Milliy kutubxonasi axborot va bibliografiya markazi sifatida
Mamlakatimizda uzoq tarixga ega bo‘lgan kutubxona Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidir. 1867- yili 16- avgustda Turkiston general-gubernatori K. P. Kaufman Xalq maorifi vazirligiga Turkistonda kutubxona tashkil etish va kitob omborlaridan dublet nusxali kitoblarni ajratish hamda shu asosda kutubxona tashkil etishga yordam so‘rab murojaat qiladi. 1870yil mayida 200 nomdagi 2200 adabiyot to‘planib, Toshkent ommaviy kutubxonasi yadrosi tashkil etiladi va kutubxona ochiladi. O‘lkashunos olim, kuchli bibliofil va kutubxonashunos N. V. Dmitrovskiy shu kutubxonaning birinchi direktori etib tayinlanadi.
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi 2002- yil 20- fevralda e’lon qilingan Respublikamiz Prezidentining «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi bilan birgalikda qo‘shilib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi» deb qayta tashkil etildi. Shu yil 4- iyuldagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Milliy kitob palatasi ham Milliy kutubxona tarkibiga o‘tkazildi. Milliy kutubxona respublikamizning davlat kutubxonasi, axborot va madaniyma’rifiy muassasasi bo‘lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiytadqiqot, ilmiy-uslubiy va axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxonaning asosiy maqsadi — butun insoniyat bilimini aks ettirgan, O‘zbekistonga va uning milliy manfaatlariga taalluqli barcha turdagi hujjatlarning universal fondini yig‘ish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taqdim etishdir.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har bir axborot kutubxona resurs haqida iste’molchilarga talabalarga axborot berish vazifasini bajarayotgan bibliograf har bir bibliografik elementlarni mukammal bilishi ularni o’z o’rnida ishlata bilishi zarur. Bu har bir bosma va elektron hujjat haqida tezkorlik va samaradorlik bilan axborot berish ishini takomillashtiradi va buni bera olish referat yozish ko’nikmasini egallash bibliografning vazifasidir. Foydalanuvchiga kerak bo’lgan barcha ma’lumotlarni topib berish, uni to’g’ri targ’ib etish lozimdir.
Download 366.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling