1. Kirish Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi va uni uzatish shakllari


Bibliografik faoliyatni hamma jarayonlari o’zaro bog’liq va bir birini to’ldiradi


Download 366.6 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi366.6 Kb.
#1389506
1   2   3   4
Bog'liq
bibliografik ma\'lumotlar bazasi

Bibliografik faoliyatni hamma jarayonlari o’zaro bog’liq va bir birini to’ldiradi.
Bibliografik aniqlash –bu belgilangan mezonlarga ko’ra hujjatlarni bibliografiyalash obyekti sifatida aniqlash jarayonidir.
Bibliografik tanlash – tanlangan materiallar orasida keyingi bibliografik ishlovga mos holda hujjatlarni ajratib olish.
Bibliografik qidirish – bibliografik axborotlarga asoslangan qidiruvi.
Bibliografik ishlov – bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida, kartotekalarda, bibliografik ko’rsatgichlarda, qo’llanmalarda va zamonaviy elektron katalogda aks ettirish uchun bajariladigan jarayonlar yig’indisi.
Annatatsiyalash – annatatsiyadagi elementlar to’plami bibliografik tavsifning to’laligiga , bibliografik axborotning bir qancha sonlarda e’lon qilingan bo;lsa , manbaning nashr yili va tartib raqami nuqta va vergul bilan ajratiladi.
Kutubxonalar faoliyatining katta qismini bibliografiya ishi tashkil etadi. Ishning hajmi, ko‘lami, uning tashkil etilishi, bibliografik xizmat shakllariga ko‘ra ular bir-biridan farq qiladi. Bu kutubxonalarda kitob fondi mazmunini ochib berish, undan kitobxonlarning faol foydalanishini ta’minlash uchun turli xil bibliografik vositalar yordamida ma’lumot bibliografiya xizmatini tashkil etishdan iborat. Bu ma’lumot-bibliografiya apparatini tashkil etish va ma’lumot-bibliografiya xizmatini uyushtirish bilan amalga oshiriladi. Ma’lumot-bibliografiya xizmati— har xil kitobxonlik so‘roqlarini bajarish, ularga imkon qadar keng ma’lumotlar berish.
Bibliografik axborot berish — kitobxonlarning doimiy so‘roqlari va kundalik talablarini bajarish uchun muntazam ish olib borish, tavsiyaviy-bibliografik xizmat ko‘rsatish, axborot va kompyuter madaniyatini tarbiyalash, bibliografik bilimlarni targ‘ib qilishdan iborat.
Bibliografik ishni tashkil etishning asosi kutubxona fondi va ma’lumot-bibliografiya apparatidir. Bibliografiya ishi vazifalari — kitobxonlarning mustaqil o‘qishiga ta’sir etish. Bu vazifani amalga oshirishda kartotekalar, bibliografik qo‘llanmalar, tavsiya xarakteridagi ko‘rsatkichlar yordamida kitobxonlar o‘qishini boshqarish, tashkil etish bilan amalga oshiriladi, kitobxonlarni axborot olamiga olib kiradi, mustaqil ravishda undan foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalaydi, eng yaxshi va zarur hujjatlarni tanlab olishga yordam beradi, undagi bilimni to‘g‘ri va aniq qabul qilishga yo‘llaydi, kitobxonda axborot madaniyatini tarbiyalaydi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi (har doim jamiyat fan va texnikaning rivoji tufayli taraqqiy topgan, bu esa ana shu fan va texnikani boshqaruvchi, ishlab chiquvchi mutaxassis kadrlarning bilimini oshirishga bog‘liq, bunda bibliografiya yordamga keladi). Bibliografiya yordamida mutaxassis zarur adabiyotlarni qidirib topadi, tanlaydi, u bilan ishlaydi, eng asosiysi, adabiyot tanlashda murakkabliklarga uchramaydi.

Download 366.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling