1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish


Yog’larning klassifikatsiyasi


Download 274.67 Kb.
bet19/28
Sana12.11.2023
Hajmi274.67 Kb.
#1768821
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish-fayllar.org

35. Yog’larning klassifikatsiyasi.
Oddiy triglitseridlar molekulalarida faqat bir xil yog’ kislotalarining qoldiqlarini tutadi (triolein, trilinolen, tristearin va h.k.). Murakkab triglitseridlar deb tarkibida har xil yog’ kislotalarini tutgan triglitseridlarga aytiladi F o s f o l i p i d l a r. Tabiatda ko’proq tarqalgan fosfolipidlar – glitserin, ba'zi bir boshqa spirtlar, yog’ kislotalari va fosfor kislotalarining murakkab efiri bo’ladi. Glipolipidlarning 3 ta sinfchalari mavjud: s e r e b r o z i d l a r, g a n g l i o z i d l a r va s u l f a t i d l a r. Bularning barchasi molekulalarida uch atomli spirt - glitserinni o’rniga to’yinmagan aminospirt –sfingozinniyoki uning hosilasi (digidrosfingozin) ni tutadi.S e r e b r o z i d l a r – molekulalarida fosfor kislotasi qoldig’ini ham, xolinni ham o’z tarkibida tutmaydi. Ularning tarkibiga geksoza (odatda bu D-galaktoza), qaysiki sfingozinning gidroksil gurug’i bilan efir bog’i bilan bog’langan, Hamda yuqori molekulali yog’ kislotasi kiradi (uning molekulasi ko’pincha 24 uglerod atomidan tuzilgan). Serebrozidlarning struktura tuzilishi quyidagi sxema bilan ifodalanishi mumkin. S u l f a t i d l a r – molekulalarida geksozaning uchinchi uglerod atomi bilan birikkan sulfat kislota qoldig’i bo’lishi bilan serebrozidlardan farq qiladi. Sutemizuvchilarning miyasida sulfatidlar oq moddasida bo’ladi. Lekin ularning miyadagi miqdori serebrozidlarnikiga nisbatan ancha kam. Sulfatidlar sut emizuvchilar miyasining oq moddasida bo’ladi. Lekin ularning miyadagi miqdori serebrozidlarnikiga nisbatan ancha kam.G a n g l i o z i d l a r – molekulalarining struktura tuzilishlari bo’yicha serebrozidlarga juda o’xshash, faqat shunday farqi borki, ular galaktozaning bitta qoldig’ini o’rniga D-glyukoza, D-galaktoza, N-atsetilglyuzamin va N-atsetilneyroamin kislotalaridan tuzilgan murakkab oligosaxaridni tutadi. Gangliozidlar miyaning kulrang moddasida membran lipidlarning 60 % ini tashkil qiladi.
36. Yog’ tarkibiga kiradigan to’yingan va to’yinmagan yog’kislotalari.
Yog’ kislotalari lipidlarning ko’pchilik asosiy sinflarining muhim struktura komponentlari hisoblanib, ular murakkab efirlar yoki amidlar ko’rinishida bo’ladi. hujayrada erkin xolda juda kam miqdorda uchraydi. Tabiiy lipidlarning tarkibida o’zaro uglevodorod zanjirining uzunligi bilan farq qiladigan 200 dan ortiq har xil yog’ kislotalari topilgan. Odatda hamma yog’ kislotalari juft sonli uglerod atomlaridan tuzilgan shoxlanmagan uglevodorod zanjiridan tashkil topgan. Yog’ kislotalari – 4 dan to 24 gacha karbon atomini tutgan uzun zanjirli organik kislotalardir; ular bitta karboksil (-SOON) guruhini va uzun nopolyar uglevodorod “dumini” tutadi. Bundan tashqari yog’ kislotalarining molekulalari bir - birlaridan qo’sh bog’larning soni va joylashish holati, har xil funksional guruhlar – oksi, - keto va h. k.ni bo’lishi bilan farq qiladi. Lipidlarning tarkibiga ham t o’ y i n g a n ham t o’ y i n m a g a n (tarkibida qo’sh bog’ tutgan) yog’ kislotalari kiradi. Har ikkalalari ham juft uglerod atomlaridan tuzilgan. Eng muhim va ko’proq uchraydigan kislotalari quyidagilar: To’yingan yog’ kislotalardan:Moy kislotasi – S3N7SOON Laurin kislotasi – S11N23SOON Miristin kislotasi – S13N27SOON Palmitin kislotasi – S15N31SOON Stearin kislotasi – S17N35SOON
To’yinmagan yog’ kislotalardan:1. Olein kislotasi – S17N33SOON (1-qo’shbog’)2. Linol kislotasi – S17N31SOON (2- qo’shbog’)3. Linolen kislotasi – S17N29SOON (3- qo’shbog’)4. Araxidon kislotasi – S19N19SOON (4- qo’shbog’)
Yuqori yog’ kislotalarining natriyli va kaliliy yoki natriy tuzlari s o v u n l a rdeb ataladi, oddiy sovun – palmitin, stearin va olein kislotalarining natriy tuzlarining aralashmasidir. Yuqori yog’ kislotalarining kaliyli tuzlari – suyuq sovun, natriyli tuzlari esa – qattiq sovun deyiladi.

Download 274.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling